Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
“Avesto”davri madaniyati. “Avesto“ O`rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo
madaniyati tarixida muhim voqeadir. “Avesto“ to`g`risida so`z ketganda, albatta, Zardusht shaxsi va u yaratgan ta`limot to`g`risida so`z ketadi. Zardushtgacha ham Avesto ta`limoti bor edi. Lekin Zardushtning say`-xarakati bilan “Avesto” qudratli ta`limotga aylanadi. “Avesto” Zardusht nomi bilan bog`lanar ekan, bu noyob asar bir davrning mahsuli emasligini ham ta`kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o`tgan tajriba bo`lib, “Avesto” ana shu tajribaning ilk mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning noyob namunalari kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllanganda, ana shu yo`lni - asrlar yo`lini bosib o`tgan. Ayni paytda bu jarayon “Avesto”ning asrlar osha ma`lum va mashhur bo`lganini yana bir bor tasdiqlaydi. “Avesto”ning ma`lum va mashhurligi Beruniyning “O`tmish asrlardan qolgan yodgorliklar“ (XI asr), Tabariyning “Tarixi Tabariy” (X asr) kabi asarlarida ham bayon qilingan. Beruniyning yozishicha, “Avesto”ning qo`lyozmasi o`n ikki ming molning terisiga oltin harflar bilan yozilgan ekan. Iskandar Eronga bostirib kelgach, bu asarning Eron podsholari xazinasida saqlanayotgan eng nodir nusxalarini olib, tib va astronomiyaga oid qismlarini xattotlarga ko`chirtirib, qolgan qismini katta gulxan yoqib, yondirib yuborgan. Ko`chirtirgan qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan. Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobak Xirbadan nomli donishmandga “”Avesto”ni 1 Бу афсоналар ҳақида қаранг: Н, Раҳмонов. Руҳиятдаги нур муроди. — Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 2002, 115-бет 84 qayta tiklash vazifasini topshiradi. Xirbadan bir qancha zardshutiylikka e`tiqod qiluvchi ulamolar bilan birga asarni qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. Shopur II davrida Ozarbod Mexrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to`plab, asardagi ko`plab nomlar, atamalarni sharhlab, “Zand Avesto” nomli kitob yaratadi. “Zand Avesto”ni bu ulkan asarning sharhi deb aytish mumkin. “Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlarni Zardushtning o`zi yozgan, deb aytiladi. Gohlar (ovrupocha - gatlar) - diniy qasida, munojot demakdir. Asarning eng qadimiy qatlamiga ko`ra shunday xulosa chiqarish mumkinki, zardushtiylik urug`chilik jamiyatida - hukmron tabaqa paydo bo`lgan davrda shakllana boshlagan. Jamiyatning keyingi bosqichlarida yana ham rivoj topdi. Ayniqsa, Sosoniylar (mil. III–VI asrlar) sulolasi davrida yangicha ko`rinishda paydo bo`ldi. Lekin qanday bo`lmasin, Zardushtning ta`limoti o`z mohiyatini saqlab, yanada mukammallashdi. Yana shuni ta`kidlash kerakki, “Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlar va Yashtlar notiqlik san`ati bosqichining ilk davrida yuzaga kelgan. Notiqlik san`ati, ayniqsa, g`oyaviy kurashlar mahsuli sifatida yuqori cho`qqiga ko`tarilganini e`tirof etsak, Zardusht o`z davridagi kohinlar harakatiga va eski kul`tlarga qarshi chiqqani, shu asosda o`z ta`limotini yaratgani yanada oydinlashadi. Zotan, g`oyaviy kurash jamiyatdagi ikki qarama–qarshi kuchlar o`rtasidagi kurashning natijasi sifatida yuzaga chiqadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling