Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Zardushtiylik ta`limoti. Zardusht shaxsi to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ba`zi ovrupolik 
olimlarning aytishlaricha, Zardusht o`z davrida ta`qibga uchragan. Lekin u buyuk payg`ambar, 
insoniyat najotkori deb e`tirof etilgan. Miloddan oldingi VII–VI asrlardagi siyosiy vaziyatda 
Zardushtning muhim rol o`ynagan faoliyati uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo`lgan. 
Kohinlar xalqqa qarashli yaylovlarni tortib olib, xalq jamoa bo`lib sig`inadigan ibodatxonalarni 
vayron qilib, o`zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga eski kul`tlarga sig`inish oqibati 
ham kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht 
keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o`troq chorvador qabilalarning vakili sifatida 
maydonga chiqdi va payg`ambar deb e`tirof etildi. 
Sosoniylardan besh - olti asr avval o`tgan Axmoniylar davriga oid matnlarda, garchi 
Zardushtning nomi eslanmasa–da, uning g`oyalari, jumladan, Xurmuzdni sharaflash g`oyasi bosh 
o`rin tutadi. Aksariyat manbalarda Zardusht miloddan oldingi XIII - VII asrlar oralig`ida yashagan 
deb e`tirof etiladi. Zardusht ta`qibga uchragani uchun ham, ongli ravishda unutilgan bo`lishi 
mumkin. Yangilik va yangi g`oyalarning taqdiri har doim ham oson kechavermagan. 
Xo`sh, Zardusht yaratgan ta`limot nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta`limot 
edi? Uning ta`limoti - ezgulik yovuzlik, nur va zulmat ruhiy kuchlari o`rtasidagi kurashdan iborat 
edi. Zardushtiylik jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosiblikka qarshi kurash edi. 
Zardushtiylik ta`limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki ijtimoiy–siyosiy qarashlarning 
maajmui sifatida yuzaga kelgan. Zardusht o`z ta`limotini yaratgan paytda ezgulik va yovuzlikni 
ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki axloqiy qarashlarini fazo bilan, xususan, 
olamning yaratilishi va tuzilishi bilan bog`ladi. Oqibatda bu qarash asta–sekin ilohiy tus oldi. Uning 
ta`limoti faqat davrlar sinovidan o`tish bilan birga, jug`rofiy jihatdan ham kengaya bordi. Bizning 
zaminimizdan tortib Midiya, Fors, Armaniston, Kichik Osiyo, Hindiston (xususan, Panjob) kabi 
qator mamlakatlarga yoyildi. Barcha diniy oqimlarning vazifasi ma`lum bir hududda madaniy va 
ma`naviy yuksalishni yuzaga keltirganiday, zardushtiylik ham bu mamlakatlarda madaniyat 
o`choqlarini barpo qildi. 
Zardusht shaxsi asrlar osha shunchalik mashhur bo`lganki, u afsonaviy qahramon kabi dong 
taratgan. Miloddan oldingi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey Trog “Filippin tarixi” asarida 
Zardushtni Baqtriya podshohi deb yozgan.  
Zardusht Xo`rmuzddan muhim qonun so`rar ekan: “er yuzida eng yaxshi joy qaerda?” deydi. 
Xo`rmuzdning Zardushtga bergan javobi shu bo`ldi: “Qaerda solih - Xo`rmuzdning muxlisi erga 
yaxshi ishlov bersa, chorva tuyoqlarini ko`paytirsa, yaxshi joy o`sha erdir.” Zotan, mehnatning bu 
turlari insonning farovon yashashi uchun kafolat. Ayni paytda Xo`rmuzdning bu javobidan 
agrotexnika qoidalarining ilk ildizlari to`g`risida xabardor bo`lamiz. Darvoqe, Zardusht 
Xo`rmuzddan qonun so`ragan edi, Xo`rmuzd qonunning ijrosi sifatida mehnatni berdi. Garchi 
qonun tushunchasi bugungi kunda o`z mazmuni va mohiyatini o`zgartirgan bo`lsa–da, “Avesto” 
qonuni va hozirgi qonun tushunchalari o`rtasida faoliyat jihatidan uyg`unlikni ko`ramiz. Hamma 
davrda ham qonun inson manfaatlariga xizmat qilib, insoniyatni ezgulikka da`vat qilishini, 


85 
yovuzlikning har qanday ko`rinishiga zarba berishini xalqlar umid qilganiga e`tiborga olsak, 
Zardushtning savoliga Xo`rmuzdning bergan javobi ham o`z davrida muhim qonun ekaniga amin 
bo`lamiz. Xo`rmuzdning quyidagi javobi bu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi: “Kimki chap qo`li va 
o`ng qo`li bilan, o`ng qo`li va chap qo`li bilan erga ishlov bersa, foyda kelitiradi. Shunda er 
solihga aytadi: “Ey inson! Sen menga chap qo`ling va o`ng qo`ling bilan, o`ng qo`ling va chap 
qo`ling bilan ishlov beryapsan. Darhaqiqat, men toliqmasdan tug`aman. Har turli egulikni, mo`l 
hosilni etishtiraman.” Kimki chap qo`li va o`ng qo`li bilan, o`ng qo`li va chap qo`li bilan erga 
ishlov bermasa, unga er aytadi: “Ey inson! Sen menga ishlov bermayapsan, sen shubhasiz 
tilanchilar orasida bo`lasan, begona eshiklar oldida mung`ayib turasan.” Uzoq vaqt ishlov 
berilmasdan, ekuvsiz qolib ketgan er - turmushga chiqolmay, befarzand o`tgan qariqiz bilan 
baravardir, degan hikmatli fikr «Avesto» zamonidan bizgacha etib kelgan. Bu esa turli davrlar 
madaniyatning vorisiyligini va uzluksizligini ko`rsatdi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling