Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:
1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy xususiyatlarga bog`liq bo`lmagan ommaviy iste`molchilarga ega bo`ladi; 2. Bu madaniyat namunalarini yaratish jarayonining o`zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko`rinishini o`zida namoyon qiladi, ya`ni unda yuz minglab kishilar band 78 bo`lib, ularning «matbuot qiroli», - shou tomoshabinlari, kino, TV, estrada yulduzlari bo`ladi. Ommaviy madaniyat kishilarni xayotni befarq kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi, o`zlari ham mavjud xayotni go`yo sarob kabi tasavvur qiladilar. Ortega Gasset ommaviy madaniyatning ta`sir doirasini taxlil etib, omma o`ziga, shaxsga o`xshamay qolishi, kimki boshqalarga o`xshamasa, shulardek fikrlamasa taxlikada qolishini aytib, «Omma bu yo`riq-yo`nalishsiz oqim bilan suzayotgan odamlar. Shuning uchun ular qobiliyat imkoniyatlari katta bo`lishiga qaramay, xech narsa yaratmaydi. Ommaviy odam axloqdan maxrum, chunki uning moxiyati, ongi burchiga itoat qiladi», degan edi. Ommaviy madaniyat umumiy iste`molchilik extiyoji bilan bog`liq. Buning asosida iste`mol talab, tovar sifatida xaridorgir bo`lish extiyoji yotadi. Oqibatda xozirgi zamon madaniyatidagi ma`naviy qadriyatlar tor doiradagi extiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma`no-moxiyati, xotira cheksizligi “kundalik”, “hammabop” himmatlar bilan ijod avvaldan ma`lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, sayoz TV va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o`zining ijodiy qobiliyati, milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy maxsulotlar» iste`molchisiga aylanib qoladi. Bugungi globallashuv jarayoni iqtisodiy-texnik taraqqiyot, boshqarish tizimi, siyosiy- xuquqiy munosabatlar, turmush tarzigagina daxldor xodisa emas. Bu zamonaviy texnologiya uskunalarga asoslangan kuch, guruxlar manfaati nazaridan xilma-xil vositalar yordamida boshqa xalq va mamlakatlarga ma`naviy-ahloqiy ta`sir ko`rsatish, mafkuraviy ustivorlikka erishish imkoniyati hamdir. Iqtisodiy, moliyaviy “yordam”, “demokratiya” niqobi ostida ma`naviy-ruxiy ekspansiya uyushtirish, millatlarni mustaqilligi va o`zligiga taxdid ko`rsatish odatiy xolga aylanib bormoqda. Bu hol AQSh lik olim Frensis Fukiyamaning “G`arb tarixining zavol topishi” kitobida amerikalik siyosatchi Patrik Dj. B`yukenenning «G`arb xalokati” (Moskva, 2004 y.) asarida ham ta`kidlangan. Yoshlar, ularning ma`naviyati va axloqi uchun globallashuv jarayoni va ommaviy madaniyatning salbiy ta`siri va xatarli oqibatlari haqida Islom Karimov: «Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan xoli bo`lib tuyulgan shunday mafkuraviy ta`sir vositalari ham borki, ularga ko`pda etarlicha e`tibor beravermaymiz», televideniya orhali ko`plab namoyish etilayotgan jangarli filmlar, beparda asarlar yoshlar ruxiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, ularni o`zligidan, tarixidan, madaniyatidan, iymonidan judo etishga qaratilgan. Har qanday kasallikni oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil kilinadi. “Biz ham farzandlarimiz yuragida ona- Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror topdirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur 3 », deb ko`rsatadi. Demak, har bir inson, yosh yigit-qiz ikki yo`ldan birini tanlashi, yo iste`molchi tarzda oqim bilan suzmog`i, yoxud o`ziga, o`zligiga nisbatan talabchan bo`lib bu girdobdan chiqmog`i lozim. Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jixatdan nazoratga olish, bugungi odam ma`naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash)ga qarshi jiddiy to`siq qo`yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu masalani o`ta keskinligiga e`tiborni qaratish, mavjud muammolarning echimlarini belgilashda 1990 yillarda BMT Bosh Assambleyasi e`lon qilgan Madaniyatning umumjaxon o`n yilligi muxim bosqich bo`ldi. “O`n yillik”ning asosiy maqsadi-iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan xozirgi davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo`lib, bunda quyidagi vazifalarni xal etish ko`zda tutildi: a) taraqqiyot madaniyatning yuksalishiga xizmat qilishi, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorligi yo`llarini belgilash; b) madaniy o`ziga xoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish; v) individual va jamoa timsolida ijodiy potentsial va tashabbuskorlikni qo`llab-quvvatlash, g) xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Demak, birinchidan, Texnogen madaniyat – insoniyatni o`n asrlar mobaynida yashash tarzi, olamni tafsir mezoni bo`lib kelgan – qadimiy madaniyat (Misr, Yunoniston, Rumo-vizantiya) takomilida shakllangan, vujudga kelgan yangi davr – burjua munosabatlari davri-ijtimoiy ishlab chiqarish odamlar hayoti texnika asosiga qurilgan davr madaniyatidir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling