Ma`deniyat taniw uzb


Qadimgi Yunoniston madaniyati


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Qadimgi Yunoniston madaniyati 
Qadimgi Yunoniston madaniyati tarixi besh davrga bo`lib o`rganiladi: 


55 
1. Egey yoki Krit-miken davri (mil.ol. III-II ming yilliklar) madaniyati. 
2. Gomer davri (mil.ol. XI-IX asrlar) madaniyati. 
3. Arxaik davr (mil.ol. VIII-VI asrlar) madaniyati. 
4. Klassik davr (mil. ol. V-IV asrlar) madaniyati. 
5. Ellinistik davr (mil.ol.1V asrning II yarmi – mil. ol. I asrning o`rtasi) madaniyati.
Krit - miken davri eng qadimgi tsivilizatsiya davri deb ham yuritiladi. Bundan tashqari
dastlabki uch davr ko`pincha klassik davrgacha bo`lgan davr degan umumiy nom bilan aytiladi. 
Bunday holda Yunoniston madaniyati uchta asosiy davrga bo`linadi: klassik davrgacha bo`lgan 
davr, klassik davr, ellinstik davr.
Egey yoki Krit - miken davri 
XIX asrning 70 - yillarida nemis arxeologi Shliman Egey dengizi qirg`oqlarida qazuv ishlari 
olib bordi. Qazuv natijasida ettita shaharni aniqladi. Shxarlardan birida Shliman oltin xazinasini 
topdi. Bu xazina mil. ol. III ming yillikda yashagan shohga tegishli bo`lgan ekan. Bu shoh haqida 
Gomer «Iliada» dostonida shunday yozgan edi: 
Muqaddas Troya halok bo`lar, 
Priamning nayzabardor xalqi 
Troya bilan halokatga uchrar. 
Priam shahri oltin xazina egasi bo`lgan shohdan ming yil keyin barpo bo`lgan edi. 
Troyadan uchinchi ming yillikning o`rtalariga oid arxeologik qatlamlar topilgan. Shliman bu 
shahardan katta qabr ham topdi. Qabrga sharqona ko`rinishda, oltin bilan bezatilgan liboslar kiygan 
erkak va ayolning jasadlari dafn qilingan. Qabrda qurol ham bor edi. Antik san`atdan engsiz uzun 
kiyim (xiton) ma`lum ediyu ammo sharqona liboslar hali uchramagan edi. Bu topilmalardan, 
Yunonistonda boshqa xalq madaniyati ham bo`lgan, degan xulosa kelib chiqadi. Troyadan Yana 
qal`a, saroy, qabrlar ham topilgan. Bu singari osori atiqalar Mikendan va Yunonistonning boshqa 
shaharlaridan ilgari ham topilgan edi.
Yunoniston madaniyati–uzoq taraqqiyot mahsuli bo`lib, Sharq mamlakatlari Bilan Egey 
dengizi bo`ylarida joylashgan yunon qabilalari bilan Bolqon yarim orollarining janubi, Krit orollari 
va boshqa Egey dengizi orollari, Egey dengizining Osiyo qismi o`zaro munosabatlari natijasida 
paydo bulgan. Bu joylar Miken davlatlari deb nom olgan. Ikkinchi ming yillik oxirida Miken 
davlatlari Bolqon yarim orolining shimolidan bu erga kelib o`rnashgan va bu erdagi qabilalarga 
qarindosh bo`lgan yunon qabilalari tomonidan tor - mor qilindi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling