Ma`deniyat taniw uzb
Globallashuv jarayonining milliy madaniyatlar rivojiga ta`siri. Madaniyat ekologiyasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Globallashuv
- Mustaqillik negizi deb milliy ahloqqa
- : birinchidan
- : uchinchidan
- Ekologik madaniyat
Globallashuv jarayonining milliy madaniyatlar rivojiga ta`siri. Madaniyat ekologiyasi.
Ta`kidlanganidek. madaniyat, xususan milliy madaniyatlar rivoji o`bektiv jarayon. Bu jarayon o`z ichki qonuniyatlari asosida kechaveradi, Lekin, bu hodisa jamiyatdagi boshqa hodisalardan ayroholda emas, bog`liqliklikda, aloqadorlikda ruy beradi. Madaniyat tarraqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazayotgan bundan hodisa bugungi kunda globallashuv jarayonidir. Globallashuv (frantsuz Global - eng umumiy) atamasi birinchi bor 1983 yilda amerikalik olim T. Levitt tomonidan «Garvard biznes rev`yu” jurnalida Transmilliy korporatsiyalar (TIK) ishlab chiqaradigan mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni sifatida tilga olingan edi. Bu hodisani iqtisodchilar-moliyaviy globallashuv, TMK ning shakllanishi, jahon savdo aloqalarining mintaqalashuvi va jadallashuvi, siyosatchilar-transmilliylashuv jarayonini tezlashuvi dunyo mamlakatlarining o`zaro bog`liqligining kuchayishi sifatida talqin etsalar, sotsiologlar madaniyatinig unversallashuvi ta`sirida turli mamlakat va mintaqa halqlari turmush tarzini bir xillashuvi, deb izohlamoqdalar “Falsafa” qomusiy lug`atida-globallashuv - o`z ko`lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun er shariga, insoniyatga dahldor bo`lgan muammolardir, deb tavsiflanadi. 9 Bu avvallo, tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlar muvozanati buzilishi - yadro urushi xavfi, ozon muammosi ekologiya, aholining nazoratisiz migratsiyasi, xomashyo taqchilligi, ishsizlik, bedavo kasalliklarni ko`payishi, texnik falokatlar turli ko`rinishdagi zo`ravonlik va bosqinchilik, jinoyat va giyohvandlik, halqaro terrorizm, ma`naviy – axloqiy tubanlashuv, tanazzul ko`rinishlari. Bu muammolarni har biriga bugun umuminsoniyat, kelajak nazaridan qaramoq, umumiy manfaatlar yo`lida ularning echimini topmoq lozim bo`layapti. Keyin kech bo`ladi. O`z vaqtida Orolni qurishiga mintaqa muammosi, deb qaraldi va unga etarli e`tibor berilmadi. Bugun undan ko`tarilgan tuzlar Antiartidagacha etib bormoqda. Kurrai zamindagi o`rmon, yoqilg`i, ichimlik, suv zahiralari tejamsiz foydalanilsa qachongacha etadi? Xususan, insoniylik qiyofasidan chiqa boshlagan ma`naviy – axloqiy hayot ko`rinishlari: giyohvandlik, fohishabozlik, bir jinsdagi jinslar nikohi, odam savdosi, behayo va beparda yashash tarzi Odamzod taqdirining o`zini gumonlashtirib qo`ymoqda. Demak, globallashuv jarayoni – iqtisodiy – texnik taraqqiyot, boshqaruv tizimi, siyosiy – huquqiy qadriyatlar, turmush tarzining barcha jabhalarini qamrab olayotgan texnologik jarayongina emas, turli kuch guruhlar manfaati nazaridan, xilma- xil vositalar yordamida ma`naviy - axloqiy ta`sir, g`oyaviy ustvorlikka erishishga intilish hamdir. Bir millat, mamlakat erishgan yutuq kashfiyotlarga boshqalari ham kezi kelib erishishi, yohud uni jahoniy kadriyat tarzida o`zlashtirilishi tadrijiy xol. Lekin, u tabiiy, ijtimoiy ehtiyoj mezonida bo`lgani maqul va maqsadga muvofiq. G`azal – Sharq, bobolarimiz mulki bo`lganligi ayon. Ammo, bu bebaho mulk ta`siridan Geyne, Gyote, Pushkin, eseninlar chetda qolmadi. Bobomiz Beruniy, Gomer merosni, lotin falsafasi javohirlarini sanskritdek egalladi. Bu hali globallashuv emas edi. Ijtimoiy taraqqiyot ko`lamini Misr ehromlariga mengzasak, bugungi avlod uning eng yuqori bosqichlarida turibdi va turli mintaqalardagi xalqlarning siyosiy – huquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy, moddiy – texnik, madaniy – ma`naviy jihatlarida tafovutlardan ko`ra umumiy belgilar, tomonlar ustvorlik qilmoqda. Bu jarayon cheksiz, chegarasiz tarzda jadallashmoqda. Globallashuv uchun geografik, mintaqaviy, siyosiy – davlat sarhadlari mavjud emas. U rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni bir yo`sinda o`z girdobiga olaveradi. Biroq, uning oqibatlari, ta`sir ko`lami rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mintaqa, xalqlar uchun bir xil kechmaydi. Dunyoning 70 % xududida dollari aylanayotgan AQSh, yiliga yalpi ichki mahsulotni 11-13 % hajmida berayotgan Xitoy bilan endigina tsivilizatsiya yo`liga o`tgan Afrika, Lotin Amerikasi mamalakatlari uchun uning ta`siri, oqibatlari turlicha. Ayniqsa, hali o`zini o`nglab ulgurmagan – rivojlanayotgan 9 Фалсафа, қомусий луғат. Тошкент- 2004 йил, 95 бет 33 mamlakatlar uchun uning natijasi salbiyligi, shubhasiz. Moddiy – texnik yordam, molyaviy ko`mak, texnika va texnologiya yutuqlari, jahon tajribasidan foydalanish, bu mamlakatlarni rivojlanishiga madad – ijobiy hodisa. Tor manfaatlar negizidagi moddiy–texnik yordam va bitimlar kichik davlatlarni rivojlanishni oldingi saflarida borayotgan davlatlarga qaramlikka olib kelmasligi lozim. Bir tomonlama iqtisodiy ustunlik, harbiy-siyosiy zo`ravonlik (Afg`oniston va Iroqdagi “demokratik” tartiblar) millat ma`naviyati va madaniyatining emirilishi (Iroqdagi asriy obidalar, kutubxona, muzeylarni vayron etilishi, yodgorliklarni talon – taroj etilishi) tub joy aholi “milliyligi”ning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Afrika, Lotin Amerikasidagi qator malakatlarning teleradio dasturlari, kitob, gazeta nashrlari asosan xorij til va alifbosida yo`lga qo`yilgan. Mazkur yurt odamlari o`z milliy tili, udum – an`analaridan mahrumlik chegarasida. Bu degani – evropa ittifoqimi yohud boshqa biron-bir iqtisodiy – siyosiy uyushma milliyatga daxl etmasligi lozim. Ta`kidlaganidek, iqtisodiy – texnik xamkorlik, invistitsiyalar oz sonli millatlarning umumiy rivojiga turtki berar, ammo ma`naviy kemtiklikka yuz tutsa bu millatning o`zligini yo`qolishiga olib keladi. Ma`naviy qaramlik ertami – kech har qanday mustaqillikni yo`qqa chiqaradi. Yaponlarni yapon qilgan - bu o`zlarini tashqi ta`sir, tazyiqdan asray bilgani, Mustaqillik negizi deb milliy ahloqqa tayanganligi, yagona millat – Vatan tuyg`usidir. Jahonga dahldor bo`lishiga qaramay, hamon ularda milliy til, milliy ruhiyat, milliy madaniyat rusum–odatlari ustivor. Har qanday qadriyatga ular milliyat, milliy manfaat nazaridan yondashadilar. Ta`kidlash lozimki, Mustaqill O`zbekistonni dunyo hamjamiyati tan olibgina qolmay, ehtirom bilan uning tajribasidan ham foydalanmoqda. O`z vaqtida boshboshdoqlik bag`rida yashagan Rossiyada keyingi yillarda derjavnost`, dostatok, duxovnost` tushuncha, mezonlari faoliyatga asos qilib olindi. Bu degani, O`zbekitsonning kelajagi buyuk davlat, farovonlik, ma`naviy yuksalish yo`li tajribasidir. Yoxud ta`limning sifat tizimi bilan bog`liq islohotlarni ham yurtimiz birinchi bo`lib boshlab berdi. Xatto AQShda bu jarayon bizdan keyin boshlandi. Bugun uni Rossiya hayotga tadbiq etmoqda. Demak, siyosat, o`zaro hamkorlikda bir tomonlama emas, ikki, yohud ko`ptomonlama manfaatlar uyg`unligi bo`lmog`i lozim. Shundagina milliy ma`naviyat, madaniyat rahna ko`rmaydi. Ma`lumotlarga ko`ra aloqa vositasi sifatida nutq 500 ming yillardan buyon, yozuv 5 ming, kitob nashri 500 yil, teleko`rsatuvlar 60 yil, zamonaviy axborot vositalari 10-20 yildan buyon amal qilishiga qaramay, texnologik jarayon, ularni ta`sir imkoniyati va qamrovi jihatidan oldingi saflarga olib chiqdi. XX asr oxiri - XXI asr tom ma`noda axborot asri bo`lib qoldi. Aloqaning zamonaviy vositalari, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, elektron kutubxona, internet, kosmik aloqa tizimining texnik imkoniyatlari axborot almashinuvini tig`izlashtirib yubordi. Dunyoning istagan nuqtasidagi u yoki bu voqeani, holatni o`sha zahoti ko`rish, aytilgan gap nihoyalanmay eshitish mumkin bo`lib qoldi. Bu umuman yaxshi. Lekin, bu axborot kim tomonidan, qaysi maqsad va talqin ruhida berilayotibdi, u kimga qaratilgan, mo`ljallangan, qanday qabul qilinadi, bu ham ikkinchi darajali holat emas. Axborotlar ortida muayan xulosa, faoliyat yotadi. Abdulla Qahhor aytganlaridek: “So`rash uchun ham bilish kerak”. Teleradio axborotlari, internet xabarlarini pala- partish qabulqilmaslik lozim. Teleekranlarni to`ldirib, ekrandan chiqib ketayotgan zo`ravonlik, fahsh, mehr-muruvvatsizlikka yo`yilgan behayo, yalong`och filmlar, do`konlarda taxlanib yotgan videotasmalar ularga monand yartilayotgan kliplar odamlar ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi mumkin emas. “Hozir jahonning olis bir burchagida qandaydir bir voqea sodir bo`lsa, - degan edi I.A.Karimov, - zum o`tmay butun dunyoga ma`lum bo`ladi… Bizdan uzoq -uzoq mamlakatlar hududlarida ro`y berayotgan yaxshi va yomon ishlar, ularning ta`siri ham hayotimizga yashin tezligida bizdan so`rab netib o`tirmasdan kirib kelaveradi. Zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shunchalar tig`iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz berdi. Uning bizga aloqasi yo`q, deb beparvo o`tirib bo`lmaydi” 10 . Demak, globallashuv ob`ektiv jarayon. Uning ta`siri va oqibatlari u yoki bu mamalakatning rivojlanish darajasi, 10 И.А.Каримов, Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, митллатни-миллат қилишга хизмат этсин, Т.: 1998 й., 9- бет. 34 mafkuraviy muhofaza imkoniyatlari, imunitetiga bog`liq. Madaniyat ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy, siyosiy hayotda kechayotgan o`zgarish, talab, mezonlardan chetda qolmaydi. Bu o`zgarishlar jamiyatning g`oyaviy - siyosiy, diniy - axloqiy, ilmiy - falsafiy, badiiy - musiqiy hayotida, eng muhimi inson tarbiyasida o`z ifodasini topdi. Rivojlangan mamlakatlarda o`zlarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari bilan rivojlanayotgan mamlakatlar bozorini to`ldiribgina qolmay, geosiyosat yo`nalishida - bu millat, xalqlar ruhiyati, madaniyatiga ta`sir o`tkazishga, ularning turmush tarzini, ongi - shuuriga, ularning milliy-udum, an`analariga zid “g`oyalar”, “qadriyatlar”ni singdirishga harakat qilmoqda. Ma`lum ma`noda bunga erishmoqda ham. Vaholanki, har qanday milliy-madaniy taraqqiyotning o`zligi, o`ziga xosligi: tarixiy-vertikal rivojlanishi, meros, milliy qadriyatlarini asrab, uni umuminsoniy madaniyat negizida boyitib, avlodlarga qoldirish sanaladi. Firklar xulosasi shundaki, globallashuv ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib: birinchidan, u insoniyat taraqqiyotining avvalgi bochqichida ham lokal tarzda (Sharq va G`arb muloqoti: fan- texnika yutuqlari, ishlab chiqarish, me`morchilik tajribasi, siyosiy boshqaruv, qonunchilik malakasi, musavvirlik va musiqa v.b) amal qilgan ob`ektiv jarayon: ikkinchidan, u evolyutsion-tadrijiy kechadigan holat-insoniyat taraqqiyotining ilgargi bosqichlaridan (vertikal rivojlanish) turli mintaqalardagi (gorizantal muloqat) rivojlanish yutuqlarini davr, zamon ruhiga monand o`zlashtiradi, bu qadriyatlarni takomillashtiradi, boyitadi: uchinchidan mohiyatan, globallashuv- tabiiy, qonuniy jarayon, lekin muayan kuch (istilochilik), bosqinchilik (mustamlakachilik), zo`ravonlik (fashizm, terrorizm) ko`rinishlarida ham namoyon bo`lishi mumkin: Shubhasiz, bunda u ijobiy oqibat bilan yakunlanmaydi. I.A.Karimov aytganlaridek: «Haqiqatni anglash uchun dunyoda faqat bitta sinalgan uslub bor. Solishtirish kerak. Qiyoslash kerak”. Shu o`rinda o`quvchi «Ekologik madaniyat” bilan “Madaniyat ekologiyasi” tushunchalarini chalkashtirmasliklarini istar edik. “Ekologik madaniyat” - madaniyat hodisasining muhim elementi, jamiyat va madaniyat rivojlanishining asosiy shartlaridan biri va vositasi. Jamiyat tsivilizatsiya bosqichiga ko`tarilgan paytdan e`tiboran ekologik madaniyatga e`tibor kuchaydi. Inson tabiatni mafaatlari uchun o`zlashtirish va o`zgartirishi yo`lidan borar ekan, bu jarayon hamisha ijobiy oqibatlarga olib kelavermasligini anglay boshladi. Xomashyo olish, qurilish maqsadlarida tog`, dengiz va o`rmon zamonlaridagi behad o`zgarishlar (sug`orish tizimlari va sun`iy suv havzalarini yaratish, koinotni o`zlashtirish v.b.) salbiy oqibatlarni keltirib chiqara boshladi. Demak, “ekologik madaniyat”-“tabiat-jamiyat-inson” munosabatlarida tabiiy-jug`rofiy muhitni asrash, uning boyliklariga ongli, rejali yondashish, tabiatni axloqiy, huquqiy mezonlar asosida ijtimoiy-insoniy extiyoj nazaridan muhofaza etish, asrashdir. “Madaniyat ekologiyasi” “ekologik madaniyat”dan kengroq tushuncha. Bu, insoniyat, tsivilizatsiya tomonidan ming yillar mobaynida yaratilgan moddiy, ma`naviy boyliklar, qadriyatlarni tajavuzkor kuch, g`oya, tahdidlardan asrash, keyingi avlodlarga meros tarzda o`tkazishdir. Bu har bir davr, insoniyatni turli bosqichlarida erishilgan milliy mintaqaviy madaniyatlarining rivojlanish xususiyatlari, faoliyat usulllarini asrash demakdir. Madaniyatga taxdid, madaniyat tanazuli-insoniyat barqarorligi, mavjudligining fojiasidir. Jahon madaniyati mohiyati, shakllanishi, rivojlanishi, avloddan avlodga uzatilish jarayoni, funktsional maqsadi inson va uning faoliyati bilan bog`liq. U o`zining ifoda shakllari, tarmoqlari tiplariga qaramay yaxlit, bir butunlikda insoniyat madaniyati sifatida amal qiladi. U quyidan yuqoriga, oddiydan murakkab sari takomillashish jarayonini anglatadi. U makon va zamonda bir zayilda, bir nuqtada, bir maqomda turmaydi.Uning nafaqat mavjudlik elementlari, turlari, tiplari yonma-yon mavjud bo`lishi, yohud almashinishi mumkin. Qadimgi Yunoniston madaniyati bilan bir zamonda yashagan, ammo bir-biridan farqli boshqa mintaqa madaniyatlarini eslang. Yohud, hozirgi sharoitda dunyoning turli madaniyatlarni ko`z oldingizga keltiring. Bu madaniyatlarni rivojlanish darajasi, miqyosi, ta`sir ko`lami jihatidan yagona shaklga jamlash, bir maqomda baholash mumkin emas. Hamonki, madaniyat muttasil rivojlanishda ekan, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, davrlari (m: G`arbiy-Janubiy evropa, Shimoliy Afrikaga xos Qadimgi dunyo, O`rta asr madaniyatlari) barcha mintaqalarga bir xil mos kelavermaydi. Lekin u vaqt e`tibori bilan boshqa 35 makonda, masalan, evropa yohud Osiyoda albatta o`ziga xos takrorlanadi. Bir-biridan makon va zamonda muayan masofada bo`lgan ayrim xalqlarning tili, axloqi, dinida, madaniyat yaratilishining shakl va uslublarida o`xshash jihatlari ham bo`lishi mumkin. Demak, madaniyatlar o`z tiplari, shakllaridan qat`iy nazar shakllanishi, rivojlanishining tub tomirlari jihatidan (insonning tabiiy, sotsial ehtiyoji, maqsadga yo`naltirilgan faoliyati, o`zligini anglash) bir butunlikni-jahon madaniyatini, umuminsoniyt madaniy merosini yaratilish, takomillashish jarayonini anglatadi. Madaniyat taraqqiyoti to`ppa-to`g`ri yo`l emas. Uning tarmoqlari, shakllarida turli davrlarda, bosqichlarda turg`unlik, hatto tanazzul holatlari ham bo`ladi. Madaniyatda shakllanayotgan yangi elementlar eskisiga to`la muvofiq kelmasligi, yohud ma`naviy meros sifatida undan to`laqonli foydalanmasligi mumkin (eski mafkura jamiyatda yot konturkul`tura- nashavandlik v.b.) Jahon madaniyatiga xos xususiyat - hamisha tadrijiy holda quyidan yuqoriga rivojlanishdir. Qulay geografik iqlimiy sharoitga, iqtisodiy tizim ayrim xalq, mintaqa madaniyatlarini sur`atli rivojlanishini belgilasa, boshqa hududlarda aks holat madaniyat rivojini suslashtirishi ham mumkin. (ayniqsa, bu hududlar boshqa tsivilizatsiyalardan uzilib qolsa yohud tabiiy falokat, sotsial zug`um- fojealar girdobida qolsa). Madaniyatlar rivojlanishida tashqi ta`sir, yordam, boshqa madaniyatlar yutug`idan foydalanish muhim rol o`ynashi mumkin degan mulohazalarga (F.Grebner) L.Morgan, E.Taylor kabi qadimshunosliklar har bir madaniyat o`z ichki impulsi, imkoniyatlari asosida rivojlanadi, degan xulosani qarshi qo`yadilar. Bu ayni to`g`ri xulosa. Aks xolda madaniyatni faqat ayrim tanlangan, elatlar, qavmlar yaratadi va yaratgan degan bir tomonlama qarash yuzaga keladi. Bu esa jahon madaniyati mohiyati va qimmatiga ziddir. Har bir madaniyat jahon madaniyati guldastasida o`z rangi, bo`yiga ega bo`lgan xos madaniyat ( Dezami) u siz bejirim guldastasi bo`lishi mumki emas. Volter, Gerder nazarida jahon tarixi-madaniyatlar tarixi, demak. Yagona tarixsiz yaxlit jahon madaniyati ham bo`lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling