Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Skiflar madaniyati. Skiflar miloddan oldingi VII asrlarda tarix sahnasiga chiqdilar. Skiflar 
tarixi, ularning turmush tarzi, harbiy san`ati va boshqa ko`plab moddiy va ma`naviy hayotiga oid 
qarashlar turli–tumandir. Goh Janubiy Rossiya, goh Shimoliy Kavkaz, goh O`rta Osiyoga nisbat 
berilayotgan skiflarning turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar bugungi kunga kelib o`zgarib bormoqda. 
2
1952 йили А. Фармозов Боғчасарой яқинида ибтидоий одам яшаган манзил топди. Мустъер маданияти деган 
ном ўша жойнинг номидан олинган. 


38 
Bu xalq to`g`risida yunon tarixchisi Gerodot ba`zi afsonalarni keltiradi. Jumladan, quyidagi afsonaga 
murojaat etaylik: 
Gerakl Gerionning chorvasini haydab, o`sha paytda inson oyog`i etmagan yurtga borib 
qolgan ekan. (Hozir bu erlarda skiflar yashaydilar.) Gerion Pontadan uzoqda — Okean orolida, 
Gerakl Ustunlari ortidagi Gadirda istiqomat qilardi (bu orolni ellinlar Eritiya deb aytishadi). 
Ellinlar hikoya qilishlaricha, Kun chiqishdan boshlab butun er shari bo`ylab okean oqar 
ekan. Lekin o`zlari ham buni aniq isbotlay olmaydilar. Shunday qilib, Gerakl hozirda Skiflar 
mamlakati deb aytiladigan joyga o`sha yoqdan kelib qolgan ekan. U erda Gerakl bo`ron, sovuqqa 
duch kelib qolibdi. U otlarini o`tlatgani qo`yib yuboribdi va o`zi to`ng`iz terisiga o`ranib, uxlab 
qolibdi. Bu paytda uning otlari sirli ravishda g`oyib bo`libdi. 
Gerakl uyg`onib, otlarini izlashga tushibdi va butun mamlakatlarni kezib chiqibdi. Nihoyat, 
Gilay degan yurtga kelibdi. U erda bir g`or bor ekan. G`orda u yarmi ayol, yarmi ilon bo`lgan 
allaqanday jonzotga duch kelibdi. U jonzotning sag`risidan yuqori qismi — ayolga, pastki qismi — 
ilonga o`xshar ekan. Gerakl uni ko`rib, hayron bo`libdi. “Otlarimni yo`qotib qo`ydim, sen 
ko`rmadingmi?” deb Gerakl undan so`rabdi. Ayol–ilon: “Otlaring menda, men bilan ishqiy aloqa 
qilmaguningcha, otlaringni bermayman”, — debdi. Gerakl bunday mukofot evaziga o`sha ayol–ilon 
bilan qovushibdi. Lekin ayol–ilon Geraklni oldida uzoqroq ushlab turishni istab, otlarni qaytarib 
berishni orqaga suraveribdi. Gerakl esa otlarini olib, tezroq ketishni xohlar ekan. Oxiri, ayol 
otlarni Geraklga qaytarib beribdi va shunday debdi: “Bu otlar oldimga kelganda sen uchun 
ehtiyotlab saqladim. Sen otlaring evaziga menga haqini to`lading. Sendan uchta o`g`il ko`raman. 
Ayt–chi, bolalar ulg`ayganlarida, nima qilay: shu erda qoldiraymi — axir, bu mamlakatda bir 
o`zim hukmronlik qilaman — yoki sening yoningga yuboraymi?” Gerakl ayolning savoliga shunday 
javob beribdi: “O`g`illar ulg`ayganini o`zing bilganingdan keyin, yaxshisi, shunday qil: ulardan 
qaysi biri, senga ko`rsatganimday, kamonimni torta olsa va mana bu kamarni bog`lay olsa, 
o`shanisini shu erda qoldir. Mening aytganlarimni bajara olmaganlarini chekka joylarga jo`natib 
yubor. Agar shu aytganlarimni qilsang, ham o`zing xursand bo`lasan, ham mening istagimni 
bajargan bo`lasan”. 
Gerakl shu so`zlarni aytib, kamonidan bittasini (u har doim ikkita kamon olib yurar ekan) 
tortib ko`rsatibdi. So`ngra kamarni qanday bog`lashni ham ko`rsatib, kamon bilan kamarni ayolga 
beribdi. (Kamarning ilgagiga oltin kosacha osilgan ekan.) So`ng Gerakl o`z yo`liga ketibdi. Bolalar 
ulg`aygach, onasi ularga ism qo`yibdi. To`ng`ichiga — Agafris, o`rtanchasiga — Gilon, kenjasiga 
— Iskif deb ism qo`yibdi. So`ngra Geraklning bergan maslahatini amalga oshiribdi. Agafris bilan 
Gilon shartni bajara olmabdilar. Shuning uchun onasi ularni mamlakatdan chiqarib yuboribdi. 
Kichigi Skif esa shartni bajaribdi, shuning uchun mamlakatda qoldiribdi. Hamma skif shohlari 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling