Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Ikkinchidan, I.Karimov jahon amaliyoti va tafakkuri tahlili asosida, yangi tarixiy sharoit va 
xo`jalik tizimi sharoitida mutaxassis kadrlarning o`rni, ularni tayyorlash bilan bog`liq tavsiya va 
xulosalarni ishlab chiqdi. Zero, endilikda jamiyatni eski uslubda, ko`r-ko`rona ma`muriy-
buyruqbozlik asosida boshqarish mumkin emas edi, endi yangicha fikrlaydigan, o`zimiz va xorij 
mamlakatlarining rivojlanish tajribalarini tahlili asosida faoliyat ko`rsatadigan tashkilotchi, malakali 
mutaxassislar zarur edi. U Sharqona demokratiyaga tayangan milliy davlatchiligimizning muhim 
elementi, ifodasi bo`lishi kerak edi. Shu maqsadda Prezident tashabbusi bilan «Davlat va jamiyat 
qurilishi akademiyasi” tashkil etildi. Bu salohiyatli kadrlarni tayyorlashning eng maqbul va 
zamonaviy yo`li edi. I.Karimov Akademiya ochilishida bu o`quv yurtining maqsad, faoliyatini 
belgilab, “Biz oddiy xaqiqatni tushunib etishimiz kerak: bizning davlatimiz, jamiyatimizni birov 
chetdan kelib ko`rib bermaydi. U hayoti o`z Vatanining kelajagi bilan uzviy bog`liq bo`lgan biz 
o`zimiz, shu mamlakat farzandlari bunyod etamiz, ...Eng muhim tamoyil-biz barcha islohatlarni 
xayotga tatbiq etishda o`tishimizni teran his etib, xalqimizning ruhiyatini, uning tarixiy va 
milliy 
o`ziga xos jihatlarini, an`ana va urf-odatlarini... to`plagan fazilatlarni… inobatga olgan holda ish 
tutamiz”
4
deb, ta`kidlagan edilar. Bu ko`rsatma milliy madaniyatimiz rivojlanishining asosiy 
tamoyili bo`lib qoldi. 
Uchinchidan, boshqarish tizimining takomillashishi uchun faqat rahbar xodimlarni 
tayyorlashning o`zi kifoya emas. Bu jarayon samarali kechmog`i uchun ko`p tarmoqli, yangi 
xo`jalik tizimiga ko`psonli, malakali mutaxassislar talab etiladi. Shu ma`noda I.Karimovning milliy 
madaniyatni rivojlantirishdagi yana bir muhim tamoyili bu – uzluksiz ta`lim tizimi 
kontseptsiyasidir. O`z-o`zidan ravshanki, Ta`limning eski tizimio`zining shakli, mazmuni jihatidan 
2
И.Каримов Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.: 1995 йил, 112-113 бетлар. 
3
Ўша асар, 13-бет 
4
И.Каримов, Юксак малакали мутахассислар-тараққиёт омили, Т., 1995 й., 164 -бет. 


30 
mustaqillik ehtiyojlari va talablariga nomuvofiq kela boshladi. Ta`lim sifatini oshirish uchun uning 
har bir bosqichi vazifalari, tizimlari, me`yorlarini belgilab olish zarur edi. Bunda ta`lim tizimini 
milliylashtirish o`quv rejalari, dastur va darsliklarda milliy qadryatlarni singdirishga e`tibor - milliy 
tarbiyaning o`q ildizini tashkil etmog`i lozim edi. Bu nafaqat ma`naviy merosni tiklash ayni paytda 
uni yangi sharoitlarda takomillashtirish, tarbiyaning asosiy vositasiga aylantirishni anglatardi. Uni 
bunga ta`lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish bilangina erishish mumkin deb ko`rsatdi 
I.A.Karimov “Maqsad uni milliy mustaqillik asosida qaytadan tashkil etish va yangi milliy mazmun 
bilan boyitishdir”
5
. 1992 yilda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi”ning mohiyati shunga yo`naltirilgan. Uni amalga oshirishi tufayli-o`rta va oliy 
ta`limni uzluksizligiga erishildi, uning yangi shakllari - akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari 
faoliyat ko`rsata boshladi (Rossiyada bu tizimga endi o`ta boshlandi), ta`limni barcha bosqichlari, 
yo`nalishlari bo`yicha chuqurlashtirilgan dasturlar ishlab chiqildi, kadrlar malakasini oshirish, qayta 
tayyorlashning me`yorlari belgilab olindi. I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan bu jarayon 
endilikda milliy madaniyatning tiklanishi, rivojlanishining muhim omili sanaladi. “O`zbekiston 
Respublikasi xalq o`qituvchisi”, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar 
murabbiysi”, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi”, “O`zbekiston 
Respublikasi “Oliy ta`lim a`lochi” unvonlarining joriy etishi, “1-oktyabr` - O`qituvchilar va 
murabbiylar kuni” deb e`lon qilinishi – ta`lim xodimlariga ehtirom, ma`naviy rag`bat - yangi
qadriyatlar shakllanishining ifodasi bo`ldi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling