Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Ma`naviy madaniyat — aql-zakovatning shunchaki mahsuloti bo`lmay, balki insonlar 
o`rtasidagi ijodiy faoliyatga turtki beradigan munosabatni ham bildiradi. Shuningdek, ma`naviy 
madaniyat ta`lim va fan sohasiga oid ilmiy faoliyatni, axloqiy va estetik madaniyatni o`z ichiga 
oladi. Natijada ma`naviy madaniyat insonning layoqati va faoliyatining buyumlarda moddiylashgan 
shaklida, insoniyat tomonidan yaratilgan ma`naviy qadriyatlar (ilm, san`at, huquq, axloq qoidalari) 
shaklida mavjud bo`ladi. 
Madaniyatning quyidagi vazifalari bevosita shaxs faoliyati bilan bog`liq: 
Inkul`turatsiya. Inson, avvalo, o`z millatining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosni 
o`zlashtiradi, ya`ni inson madaniy qoida va mezonlarga moslashadi.
Individualizatsiya. Madaniyat ma`lum shaxslar qobiliyatini, iqtidorini, xususiyatini 


23 
jiddiy mukammallashtirishga mo`ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha madaniy doirada - 
(jamiyatda, insoniyat orasida) eng asosiy omil bo`lib, aniq shaxsning barkamollik darajasi, jamiyat 
bilan yoki butun insoniyat madaniyati bilan bog`liq bo`lishini bildiradi. 
Har qanday ma`naviy madaniyat jamiyatning tarkibiy qismi bo`lib, u insonning yashashi, 
faoliyatini, umuman, jamiyatdagi o`rnini belgilashga yordam beradi. Ma`naviy madaniyat mahsuli 
bo`lgan madaniy qadriyatlar inson uchun shaxsiy moxiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali 
boshqalar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o`rnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo`ladigan 
axloq mezonlari yaratilishida insonga yordam beradi. Shaxs bilan jamiyatning o`zaro munosabatlari 
turli tarixiy davrlarda turlicha bo`lgan, shunga qaramay, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini 
belgilaydi, ayni paytda shaxs madaniyati muayyan bir jamiyatning madaniy muhitida shakllanadi. 
Har bir jamiyat shaxs madaniyatini kamol toptirishda qadriyatlarini me`yorlashtiradi va shaxsning 
ma`naviy extiyojlarini ta`minlaydi. 
Inson ayni paytda ham tarixiy taraqqiyotning maxsuli, ham uning sub`ektidir. Ijtimoiy 
munosabatlar insonni ijtimoiy mavjudotga aylantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Inson ishlab 
chiqaruvchi kuch sifatida faqat buyumlar yaratib qolmay, balki o`zini, o`z shaxsiyatini ham 
shakllantiradi. Bu jarayonda inson o`zini takror ijod qiladi, shu jihatdan u ijtimoiy mavjudotdir. 
Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo`lmaganidek, jamiyat taraqqiyoti 
ham insonning amaliy faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. Jamiyat bilan shaxs o`rtasidagi munosabat 
bir-biriga bog`liq, bir-birini taqozo qiladigan munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar ta`sirida shaxs 
turmushining turli jihatlari paydo bo`ladi. Har bir shaxsda u mansub bo`lgan jamoaga, millatga, 
elatga, jamiyatga xos umumiy xususiyatlar va belgilar shakllanadi. 
Inson o`zi yashab turgan jamiyatning qonun-qoidalari, tartiblari, axloqiy, huquqiy 
mezonlariga amal qilmasligi yoxud jamiyatning muammolariga, qiyinchiliklariga befarq qarashi 
aslo mumkin emas. Har bir mamlakatning Konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan qonunlarga amal 
qilish, boshqa fuqarolarning qadr-qimmatini hurmat qilish, jamiyat manfaatlariga zid va nojo`ya 
harakatlarga murosasiz bo`lish, Vatanni himoya qilish kabi qator majburiyatlar shaxsning burchi va 
ma`suliyatidir. 
Shaxsning komillikka erishuvini ta`minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatini 
rivojlantirish, odamlarning siyosiy ongini oshirish, ahloqiy va nafosat tuyg`usini shakllantirish 
madaniyatning tarkibiy qismlaridir. Shaxs madaniyatining shakllanishida jamiyat madaniyatining 
quyidagi tizimlari axamiyatlidir: 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling