Ma`deniyat taniw uzb


Fenomen – ko`ga tashlanib turgan aniq holat yoxud kam uchraydigan hodisa. Ziyolilik


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Fenomen – ko`ga tashlanib turgan aniq holat yoxud kam uchraydigan hodisa.
Ziyolilikbilimlilikni anglatib, ijtimoiy tabaqa sifatida asosan aqliy mehnat bilan 
shug`ulanadigan xodimlar. 
 


19 
Ma`ruza – 2. MADANIY TARAQQIYOTNING ASOSIY QONUNIYATLARI 
 
 REJA 
5.
Moddiy va ma`naviy madaniyat – madaniyatning ikki sohasi. Ularning o`zaro 
bog`liqligi. 
6.
Jamiyat hayotida madaniyatning asosiy vazifalari. Madaniyatning asosiy tizimlari. 
7.
Madaniyat taraqqiyotida qadriyatlarning o`rni. 
8.
Vorisiylik, tadrijiylik – madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyati. 
 
Madaniy hodisa o`rganish jarayonida shubhasiz, ikki yo`nalishga duch kelamiz. Bu ikki 
yo`nalish – moddiy va ma`naviy madaniyatdan iboratdir. Madaniyatning bu ikki turi bir–biri bilan 
o`zaro aloqada bo`lib, bir–biriga ta`sir etadi va bir–birini taqozo qilib, taraqqiy etib boradi. Moddiy 
madaniyat ma`naviy madaniyatning hosilasi, ayni paytda ma`naviy madaniyat ham moddiy 
narsalarni – belgi tasvir, buyumlarning insoniyat rivojidagi vazifasini ko`rsatadi. Shuning uchun 
madaniyatshunosni faqat san`at olami – sur`at, arxitektura yoki haykaltaroshlik qiziqtirib qolmaydi, 
balki xalq raqslari, ko`ngilochar o`yin shakllari va ommaviy tomoshalar, an`ana va odatlar, ta`lim 
va fan sohalariga ham e`tibor qaratish lozim bo`ladi. Ana shundagina moddiy va ma`naviy 
madaniyatning bir–biri bilan o`zaro aloqadorligi va bu azaliy hodisa ekani ayon bo`ladi. Buni 
yanada yaxshiroq tasavvur qilish uchun tarixga murojaat etaylik.
Insoniyat taraqqiyotining boshlang`ich davrlarida moddiy hayot bilan ma`naviy hayot yaxlit 
birlikda namoyon bo`lgan. Ibtidoiy tuzum sharoitida har ikki turdagi madaniy jarayon alohida–
alohida rivojlanmagan, bir-biridan ajralmagan edi. Insoniyat hodisalar va buyumlarni bir xil
turg`un holda tushungan. Ibtidoiy davr odamining bu tarzda fikrlash jarayoni ayrim xalqlarni 
(masalan, italiyaliklarni) “Butun olam bir mamlakatdir” degan tasavvurga olib kelgan. Hodisa va 
buyumlarning bir xilligi va turg`unligini inson tabiatidagi o`xshashlikda kuzatish mumkin. Ibtidoiy 
davr sharoitida yashayotgan qabilalar hayotini kuzatayotgan olimlar, barcha yovvoyi qabilalar bir–
biriga o`xshaydi, degan xulosaga kelganlar. Masalan, muzey eksponatlaridagi dunyoning istalgan 
hududidan topilgan mehnat qurollari, insonning yashash sharoitiga xos buyumlar va boshpanalar bu 
fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi. Dunyoning istalgan muzeyi eksponatlaridan toshdan yasalgan 
bolta, cho`kich, pichoq, nayza va b. ish qurollarini topish mumkin.
Davrlar o`tib ma`naviy faoliyat moddiy madaniyatdan ajralib chiqdi. Ma`lum bir davrga xos 
ahloqiy mezonlar shakllandi, din, san`at, xuquq, siyosat, fan paydo bo`ldi, ma`lum doiradagi 
kishilar bu sohalar bilan shug`ullana boshladi. Qadimda “madaniyat“ termini faqat ma`naviy mada-
niyatni nazarda tutgan. Zotan, haqiqat, ezgulik, go`zallik hukmron bo`lmog`i lozim, degan qarashlar 
bo`lgan. Nafaqat O`rta Osiyoda, balki butun Sharqda bu g`oya va aqidalar madaniy hayotning asosi 
bo`lib xizmat qilgan.
Industrial jamiyat vujudga kelgach, texnika taraqqiyoti va texnologiyalar tezlik bilan 
almashinadigan bo`ldi. Bu esa insoniyat barcha moddiy madaniyatni o`rganishiga turtki bo`ldi. 
Insonlarning amaliy qayta o`zgartiruvchilik faoliyati yuzaga keldi. Aslida industrial jamiyat 
iqtisodiy va siyosiy inqilobning mahsuli. “Iqtisodiy inqilob“ termini ostida Angliyadan kelib 
chiqqan buyuk industrial inqilob nazarda tutiladi. “Siyosiy inqilob” ostida esa buyuk frantsuz 
inqilobini nazarda tutamiz. Har ikkalasi ham XV111 asrda paydo bo`ldi. Angliya mashinasozlik 
ishlab chiqarishida va yangi qonunchilikda peshqadam bo`ldi. Zavod va fabrikalarning kengayishi, 
ishlab chiqarish sharoitining yaxshilanishi, va odamlarning o`rtacha yoshi uzayishi natijasida 
industriallashtirish urbanizatsiyada olib keldi, ya`ni odamlar o`z xohish–istaklari bilan 
qishloqlardan shaharlarga oqib kela boshladilar. Buning natijasida esa shaharlar aholisi ko`paydi, 
ular qulay yashash sharoitiga, madaniy xizmatlar ko`rsatilishiga, yaxshi ta`lim olishga erishdilar. 
Albatta, bu tarzdagi madaniy hayot dunyoning turli mamlakatlarida har xil kechdi. O`rta 
Osiyo respublikalarida industrial jamiyat madaniyati X1X asr oxiri– XX asr boshlariga to`g`ri 
keladi. Rossiyada esa industrial jamiyat madaniyati ertaroq boshlandi.
XX1 asrga kelib texnologiyaning rivoji natijasida industrial jamiyat madaniyatidan axborot 
jamiyati madaniyatiga o`tish jadal tus oldi. Hozirgi jamiyatda axborot izlash, tahlil qilish va tatbiq 
etish – taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. Jumladan, AQSh va G`arbiy evropa mamlakatlari 
“axborot jamiyati”ga misol bo`la oladi. Bu mamlakatlarda ishchi kuchlarining 60 – 80 foizi 


20 
bevosita va bilvosita axborot yaratish, qayta ishlash va uzatish bilan band. Axborotning turli–tuman 
ko`rinishlari – internet, kabel` televideniesi, videodisk va uning bir qancha turlari insoniyatning 
madaniy hayoti darajasiga katta ijobiy ta`sir ko`rsatyapti. Insoniyat tarixiy taraqqiyot jarayonida 
asosan, moddiy madaniyatga ko`proq e`tibor qaratgan va madaniyatning bir qancha ko`rinishlarini 
bosib o`tgan. Moddiy madaniyatning bu ko`rinishlari quyidagilardir:

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling