Ma`deniyat taniw uzb


birinchidan, shaxs muayyan madaniy muhitda shakllanadi va o`sha madaniyatni  o`zlashtiradi; ikkinchidan


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

birinchidan, shaxs muayyan madaniy muhitda shakllanadi va o`sha madaniyatni 
o`zlashtiradi;
ikkinchidan, madaniy qadriyatlarning egasi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy 
muhitda faoliyat ko`rsatadi;
uchinchidan, madaniy ijodiyot sub`ekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi. 
Madaniyatli jamiyatning asosiy xususiyatlarini, madaniyatning mezon va mazmunini 
ziyolilar qatlami belgilaydi. Ziyolilik bu nafaqat keng bilimga ega bo`lishni, balki 
tashabbuskorlikni, mas`uliyatni, axloqiy-estetik tomondan shakllanishni bildiradi. Ziyolilar - aqliy 
mehnatning xilma-xil murakkab turlari bilan shug`ullanuvchi qatlamdir (fan va madaniyat 
xodimlari, o`qituvchilar, muhandis- texniklar, shifokorlar). 
Madaniyatlilik – kamtarlik, halollik, rostgo`ylik, saxovatpeshalik, insonparvarlik, yaxshilik, 
saxiylik kabi insoniy fazilatlarga ega bo`lish, axloqiy qoidalarga to`la amal qilish, o`z millati hamda 
boshqa xalqlarni hurmat qilishni o`zlashtirishdir.
etarli bilimga ega bo`lmagan holda barcha bilimlar va narsalar to`g`risida fikr bildiruvchi 
kishi yuzaki ishqiboz (diletant)dir. Yuzaki ishqibozlik madaniyatlilikning etishmovchilig belgisi 
bo`lib, chinakam madaniyatlilik va ziyolilikka aloqasi yo`qdir. 


16 
Tarbiyalilik ziyolilikning asosiy belgisi bo`lib, uning umumiy madaniy saviyasi ko`pincha 
nutqda aks etadi. Madaniy nutq, avvalo, «to`g`ri nutq» demakdir. Madaniyatli kishi ifodali va 
chiroyli nutq orqali o`z fikrini bayon qiladi. Ziyolining estetik didi baland bo`ladi. U san`at 
asarlarining go`zalligi tug`risidagina emas, balki kishilarning, tabiatning va jamiyatning go`zalligi 
haqida fikr yuritishga, qo`pollik va adolatsizlikka qarshi turib, uni bartaraf qilishga qodir bo`ladi. 
Hamma narsada me`yor va uyg`unlik tuyg`usi ziyolilikniig asosiy hususiyatidir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling