Mafkura deganda nimani tushunamiz?


Download 25.85 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi25.85 Kb.
#199027
1   2   3   4
Bog'liq
mafkura deganda nimani tushunamiz

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan M. ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir.

M.ning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan M.ga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura.


Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki "milliy" sifati "millat" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan "jamiyat" yoki "davlat" maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 12moddasida "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas", deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir (yana. q. Istiqlol mafkurasi).

Download 25.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling