«Mafkuraviy Immunitet» – Ma'naviyat Kushandasi "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatida «Mafkuraviy Immunitet»


Download 14.27 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi14.27 Kb.
#109820
Bog'liq
Maqola


«Mafkuraviy Immunitet» – Ma'naviyat Kushandasi

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatida «Mafkuraviy Immunitet» ning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'siri va "Ma'naviyat – jamiyat taraqqiyoti sifatida" mavzularida seminar tashkil etildi. Videokonferensiya tizimi orqali o'tkazilgan mazkur seminarda aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallaridan xodimlar ishtirok etdilar.

Seminarda ishtirok etgan Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti "Aniq fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Nodira Ahmedova mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi ishlarga to'xtalib, «Mafkuraviy Immunitet» ning kelib chiqishi va uning asosiy xususiyatlari, uni tarqatuvchi manba va vositalar tog'risida ma'lumot berdi.

Jahondagi har bir xalq va davlat o‘z yoshlarini milliy g‘oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o‘z kelajagini ta’minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O‘zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatdan kuchli, jismonan baquvvat, ma’nan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida urg‘u berib keladi. Ayrim davlatlar misolida amin bo'lyapmizki, ma'naviy hayotdagi inqiroz, tushkunlik sababli buzg'unchilik, axloqsizlik, tajovuzkorlik, vayronkor g'oyalar kabi holatlar namoyon bo'lib, tobora xatarli tus olmoqda. Zero, globallashuv jarayoni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, madaniyatlararo, insonlararo muloqot kengayib borayotgan bir pallada ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy-madaniy merosni asrab avaylash g'oyat muhim kasb etadi.



Xulosa o‘rnida aytish joizki, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni vatanga, ota-onaga, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirishda va nihoyat pirovard maqsadimiz bo‘lmish Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurishimizda milliy g‘oyaning o‘rni beqiyosdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov uqtirgani kabi, “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida Ona Vatanga, boy tariximizga, ota bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsinlar” - degan fikrni ilgari suradi.

Sh. Hoshimov
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling