Mafkuraviy jarayon
Takrorlash uchun savollar
Download 456 Kb.
|
mafkura va geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 6-mavzu: Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Reja
Takrorlash uchun savollar:
Tahdidli holat mamlakat taraqqiyi uchun qanday xavflarni vujudga keltiradi? Tahdidning siyosiy, ijtimoiy, geosiyosiy jihatlari qanday hurujlarda namoyon bo’ladi? O’zbekistonda xavf-xatar va tahdidni bartaraf etishning tajribasi qanday strategik omillar bilan belgilanadi? Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T. “O’zbekiston” 1997. 2. Karimov I.A. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin”, “Tafakkur” jurnali, 1998. 3. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, T. “Sharq”. 1998. 32-b. 4. Karimov I.A. “Hushyorlikka da’vat”. T. “O’zbekiston” 1999. 5. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T. “O’zbekiston” 2000. 6. Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”. “Fidokor” gazetasi. 2000 yil 8- iyun. 7. Temur tuzuklari. T. “G’. G’ulom” nomidagi nashriyot-matbba birlashmasi. 1991 yil. 8. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. “O’zbekiston” 2000. 9. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. T. “Sharq”. 1998. 32-b. 10. Paxrutdinov Sh. “Taraqqiyotga tahdid: nazariya va maliyot” T. “Akademiya”. 2006 yil. 6-mavzu: Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Reja: 1. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. Hozirgi davr va mafkuraviy poligonlar. 3. Mafkuraviy immunitet va mafkuraviy profilaktika. Hozirgi davr – dunyoda qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Insoniyat XX asr oxiriga kelib chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor millatchilik va shovinizm asosidagi mojarolar, ekologiya falokatlari, ma’naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi muammolar shular jumlasidandir. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi ham bir talay muammolarni keltirib chiqarmoqda. Butun yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-shubha yo’q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo’lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir davlat ichida, ikki davlat o’rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo’lishi mumkin edi. Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o’rta asrlardan boshlab yevropalaik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko’lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno tariqasida ro’y bergan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a davlatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o’rinli ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Urush qurollari takomillashib boraveradi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda turli mafkuraviy vositalar orqali dunyoda o’z ta’sir doirasini kengaytirib, insonlar qalbi va ongini zabt etishga, shu tariqa butun-butun xalqlar va davlatlarni o’z yo’rig’iga yuritishga intilayotgan kuchlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o’z maqsadlari yo’lida o’zgartirmoqchi bo’layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy shakllari va yo’nalishlari Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ko’rsatib berilgan. Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Buyuk davlatchilik shovinizmini, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo’ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta’riflash mumkin. Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida, balki uni o’rab turgan jug’rofiy-siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi”. Ko’rinib turibdiki, buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy xarakterga ega. Zero, u mohiyatiga ko’ra milliy tengsizlikni oqlash, targ’ib-tashviq qilish hamda himoya qilishning o’ziga xos shaklidir. Buyuk davlatchilik shovinizmining xavfi davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatining kattaligida emas, balki axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan taz’yiq ko’rsatish imkoniyatlarining kengligida, ular qo’lidagi g’oyaviy ta’sir ko’rsatish vosita va mexanizmlarining xilma-xilligida hamdir. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovetizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib ketmoqda. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o’xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog’liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan. Ammo, Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko’zini aylantirib, o’z umrini yashab bo’lgan g’oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo’l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so’z bilan aytganda, milliy o’zligimizni yo’qotishga qaratilgan intilish yotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilishga bo’layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g’oyasini birinchi o’ringa qo’yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg’unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo’l ochsa, buning nimasi yomon, degan savolni o’rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda, bu gap to’g’riga o’xshaydi. Bunday mafkura tarafdorlari o’z qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday “beozor” shaklda taqdim etishga harakat qiladilar. Ammo, jiddiy e’tibor beriladigan bo’lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat tuzishni ko’zlayotganlari ma’lum bo’ladi. Ikiinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to’g’ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu hol aynan millat sifatida o’zligimizni anglashga yo’l qo’ymasligini yashiradilar. Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqorolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda. Zero, ko’zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o’zida mujassamlashtirgan g’oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo’lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ko’ra ham muhim va dolzarbdir”. Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling