Mafkuraviy jarayon


Download 456 Kb.
bet15/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

Ijtimoiy xavf-xatar:

Zamon va makon nuqtai nazaridan doimiy, jamiyat faoliyati va rivojlanishiga salbiy ta’sir kuchiga ega, hadsiz-hududsiz substansional ijtimoiy-siyosiy hodisa. Uning salbiy ta’sir qilish qobiliyati jamiyat siyosiy va intellectual salohiyati darajasiga teskari proporsionaldir.

    1. Risk.

Inson tafakkuri, dunyoqarashi va kundalik amaliy faoliyati bilan bog’liq bevosita xatolar.

Tayanch tushunchalar:


Geosiyosat, Markaziy Osiyo, mafkuraviy siyosat, mafkuraviy ta’sir, mintaqaviy hamkorlik.Inson omili, taraqqiyot, “5 formatsiya” nazariyasi, yamgi davr, tarixiy davr, muammoli davlat, xavf-xatarlar, ijtimoiy xavf-xatar. Risk.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Hozirgi paytda geopolitik maqsadlar qanday namoyon bo’lmoqda?

  2. “Mafkuraviy siyosat” tushunchasining mazmun-mohiyati nimadan

  3. iborat?

  4. Mintaqamizga qanday tajovuzkor g’oyalar ta’sir ko’rsatmoqda?

  5. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun nimalarga e’tibor berish lozim?

  6. “Davr” va tahdid tushunchalarining mohiyati nimadan iborat?

  7. Hozirgi davr xususiyatlarini ta’riflab bering.

  8. Hozirgi davrda tobora kengayib borayotgan xavf-xatar va tahdidlarning sabablari nimada?

  9. Xavf-xatarning ijtimoiy voqeligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  10. Inson faoliyatida riskning kuchayishi deganda nimani tushunasiz?



5-mavzu: Geosiyosat va mafkuraviy poligonlar
Reja:
1. Geosiyosiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi omillar ichida mafkuraning o’rni.
2. Tahdidga javob berish muammosi.
3. Tahdidga javobning asosiy yo’nalishlari.

XXI asrda insoniyat ko’plab murakkab muammolarga duch kelmoqda. Ularni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifaga o’tgan asrda hal etilmay, uchinchi ming yillikka, bizga meros bo’lib o’tgan an’anaviy muammolarni, ikkinchi toifaga keyingi vaqtda mutlaqo yangi asosda vujudga kelgan tahdidlarni kiritish mumkin. President Islom Karimov ta’kidlaganidek, “afsuski, bu tahdidlarni oldindan ko’ra bilishga hamma vaqt ham muvaffaq bo’linmayotir. Ko’pincha ular kutilmaganda ro’y bermoqda”. Shunday ekan, mazkur masalaga jiddiy yondoshish, teran tahlil etish asosida uning yechimini topish zarur. Bu o’rinda insoniyat ushbu muammoni qay darajada anglab yetayotgani, tahdidlar qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini qay darajada tasavvur etayotgani muhim ahamiyat kasb etadi.


Tahdid va uning siyosiy jihatlari dunyo siyosatchilari, davlat va jamoat arboblari e’tiborini jalb etib kelmoqda. Bu o’rinda Reyshauer, Nibur, Xantington, Kissenjer (AQSH), Toynbi (Angliya), Turli (Fransiya), Moiseev (Rossiya) singari olimlarni, “Rim klubi” va Pagoush tinchlik harakati kabi tashkilotlar faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin.
O’zbekistonda esa muammoga, uning mazmun-mohiyatini anglashga bo’lgan qiziqish Prezident I.A.Karimovning mazkur masalaga oid bir necha asarlarining nashr etilishi, ularda ilgari surilgan g’oya va fikr-mulohazalarning jiddiy o’rganilishi hamda bu borada o’tkazilgan baxs-munozaralar bilan uzviy bog’liqdir. Sirasini aytganda “tahdid” tushunchasining o’zi ham bizning siyosiy leksikonimizga ilk bor Prezident I.A.Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentabrda Oliy Majlis sessiyasida so’zlagan nutqida kiritilgan edi. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining asarlarida mamlakatimizga huruj qilayotgan tahdid turlari, manbalari batafsil tahlil etilgan va ularni bartaraf qilish yo’l-yo’riqlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Insoniyat bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot tajribasi shundan guvohlik beradiki, mamlakat, jamiyat hayotiga nisbatan xavf-xatarlar ob’yektiv ravishda hamisha mavjud bo’ladi. Bu hol aslida insoniyat jamiyati taraqqiyoti xarakteridan hamda ijtimoiy xavf-xatarlar omilining ichki mohiyati bilan belgilanadi. Tahdidlar aksariyat hollarda turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarga e’tiborsizlik va ularning vaqtida hal etilmagani oqibatida vujudga keladi.
Shu bois xavf-xatar omiliga doimiy ravishda e’tibor qaratilgan, muntazam nazorat etib borilgan hollarda u jamiyat asoslariga jiddiy xavf tug’dirmaydi.
Tahdidga bevosita javob tariqasida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: umummilliy siyosiy yetakchi omili; zudlik bilan aniq siyosiy qaror qabul qilish; milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha zarur ishlarni zudlik bilan amalga oshirish; tahdid va unga qarshi chora-tadbirlar mohiyati va yo’nalishi haqida jahon hamjamiyatini ogoh qilish; hokimiyat organlari, muassasalari faoliyatining uyg’unlashuviga erishish; tahdidga qarshi umummilliy safarbarlikni ta’minlash; OAV orqali tahdidga oid haqqoniy axborot berib borish va uning millat taqdiri va istiqboliga qarshi qaratilganini targ’ib etish; xalqning siyosiy ongiga tayanish; umumxalq, umumdavlat birligini oshirish; tahdid va tahdidli holatga barham berish.
Tahdid – inson va jamiyat hayotiy faoliyatini qiyinlashtiradigan, uning barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmani zaiflashtirish, ya’ni davlatning konstitutsiyaviy asoslarini buzishga qaratilgan va salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy-siyosiy hodisadir.
Tahdid o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, uning shartli ravishda ijtimoiy va geosiyosiy jihatlarga ajratish mumkin.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling