Mafkuraviy jarayon


-mavzu: Markaziy Osiyodagi mafkuraviy jarayonlar


Download 456 Kb.
bet27/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

9-mavzu: Markaziy Osiyodagi mafkuraviy jarayonlar.

Reja:



  1. Hozirgi davrda xavf-xatar va tahdidlar kuchayishininng ob’yektiv va sub’yektiv sabablari.

  2. Xavf-xatarning ijtimoiy voqelik ekanligi

  3. Insoniyat faoliyatida “bevosita xavfning” kuchayishi.

Dunyo siyosatida ro’y berayotgan ulkan yangilanishlar ta’sirida olamni tushunish, idrok etish va unga munosabat ham o’zgarganligining guvohi bo’lib turibmiz. Mamlakatimizda ham inson haqidagi tasavvurlar o’zgarib bormoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bugungi kun kishilari kechagi kun odamlaridan tubdan farq qiladi. Milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, o’zligimizni anglay boshlaganimiz tufayli bugun har birimizning ongimizda, tafakkur tarzimizda muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Har bir fuqoroning o’ziga, ertangi kunga ishonchi ortib bormoqda.


Taraqqiyot jarayonida ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib, davlatimiz murakkab umumbashariy muloqot tizimiga uyg’unlashib borayotgan pallada rahbar kadrlar mas’uliyati kuchayib boradi. Mas’uliyatni his qilish esa, birinchi navbatda, davlat va umummilliy manfaatlar darajasida fikr qilish bilan uzviy bog’liqdir. Ona zaminga muhabbat, vatanparvarlik tuyg’usi elu yurtga tahdid solishi mumkin bo’lgan har qanday xavf-xatarni yengishning asosiy manbaidir. Shunday ekan, Vatan xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda, uning kuch-qudratini yanada oshirishda inson salohiyati, ya’ni inson omilining o’rni beqiyosdir. Davr inson dunyoqarashi va faoliyatida sifat jihatdan o’zgarish ro’y berishini, o’zligini anglab yetishini taqozo etmoqda. Darhaqiqat, inson aql-idroki, zakovati va salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam yaxlitligining birdan-bir omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Turli-tuman tahdidlarni bartaraf etish faqat va faqat inson zimmasiga tushmoqda. Shu bois jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin tutadigan bunyodkorlik ruhi bilan yo’g’rilgan, hayotimizni obod va farovon bo’lishiga xizmat qiladigan yangi ishlanmalar, taklif va tavsiyalar bugun har qachongidan ham zarurdir.
O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida insoniyat hayotida ro’y bergan muhim o’zgarishlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling