Mafkuraviy jarayon


A). Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish


Download 456 Kb.
bet17/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

A). Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish. Ma’lumki, zamonning shafqatsiz sinovlariga qarshi yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan javob bergan millat hech qachon zavolga yuz tutmagan. Chunki ana shu omil millatning zamon bilan hamnafasligini ta’minlagan, jamiyat hayotiga tahdidlar tug’ilgan vaziyatlarda o’ziga xos talqin vazifasini o’tagan.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Marifatparvarlik biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz. Yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muamoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi”.
Bu borada mamlakatimizda ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich hayotga joriy qilinayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. . Harbiy sohani mustahkamlash. O’zbekistonning mudofaa doktrinasi o’z hududini, davlat va xalqini tajovuzlardan himoya qilish konsepsiyasiga tayanadi. Shu o’rinda yurtimizda ixcham va yaxshi jihozlangan qurolli kuchlarni tashkil etishdan maqsad: 1. Davlat mustaqilligini saqlash; 2. Mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilish; 3. Aholining osuda hayotini ta’minlash. 4. Jamiyat xavfsizligini muhofaza qilish ekanligini har bir fuqaro yaxshi anglab olishi kerak. Bunday armiyaning tuzilishi mamlakatimizning tabiiy ehtiyoj va hayotiy manfaatlari bilan belgilanadi.

  2. Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash. O’zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi avvalo xususiy sektorni jadal rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiya mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali jamiyatning iqtisodiy qudratini ta’minlashni nazarda tutadi. Shuning uchun ham bugun fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.

  3. Moliyaviy barqarorlikka erishish. Bu umumiy harajat yalpi daromaddan oshib ketmasligi, byudjet kamomadi 35% dan, inflyatsiya darajasi esa 6-8% dan oshmasligini ta’minlash demakdir.

Mazkur omil jamiyat iqtisodiy qudratining oshishi, o’zini-o’zi muhofaza qilish imkoniyatining oshib borishiga xizmat qiladi.

Tayanch tushunchalar:


Tahdidning siyosiy jihatlari, tahdidning ijtimoiy jihatlari, geosiyosiy jihatlari, “tahdidbardoshlik”, “demokratiya tantanasi”, muammoli davlatlar, strategic omillar.



Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling