Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalga oshirilishi
Download 38.67 Kb.
|
. Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari
2.4“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalga oshirilishi.
Mavzuni yoritishda, avvallo, mamlakatda kuchli davlat barpo etilishi lozimligi haqida tushuncha berish kerak. Bunda bosh strategik maksad – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor Iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish haqida batasfsil ma’lumot beriladi. Ammo bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishning tayyor andozasi yo’k. Bu borada jahondagi eng rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko’r-ko’rona qo’llay olmaymiz. SHu sababli xalqimiz rivojlanishning o’zimizga mos – ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etuvchi yo’lni tanladi. Bu yo’l jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Siyosiy soxada – jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish: Birinchidan, mamlakat siyosiy hayotining barcha soxalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g’oyaning siyosiy soxadagi xususiyatlari mohiyati shularda namoyon buladi. O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o’z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, siyosiy va madaniy yetukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi. Demak, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o’stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-moxiyatini to’g’ri tushunib olish va uzlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Siyosiy madaniyat esa, bir tomondan, fukarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunlarga bo’ysunishidan boshlanadi. SHundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash tamoyili jamiyat xayotining asosiy mezoniga aylanadi. Lekin demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini “oxlokratiya” (oxlos – to’da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o’zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo’rin talablar qo’yishdan, tazyiq o’tkazishdan (Kirg’iziston misolida) farqlash kerak. Ikkinchidan, jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda chinakam ko’ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish. Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish. Demak, mustaqillik bu hukuq. Huquq esa – mas’uliyat ekanini anglash lozim. Turtinchidan, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyat doirasini kengaytirish, davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich ular zimmasiga yuklab borish. SHundagina “kuchli davlatdan – kuchli fuqaroliq jamiyati sari tamoyili amalga osha boradi. Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalq va jamiyat manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatan va xalqiga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish hamda yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish. Iqtisodiy sohada: Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib boilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish. Bu yo’lda amalga oshiriladigan vazifalar: Birinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini qisqartirish. Ikkinchidan, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish. Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni kengaytirish. To’rtinchidan, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taksimotida teng huquqli va o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga keng-ko’lamli integratsiyalashuvini kuchaytirish. Beshinchidan, Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, boy tabiiy zahiralarimiz, intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng foydalanish. Download 38.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling