Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari


Download 38.67 Kb.
bet2/5
Sana14.09.2023
Hajmi38.67 Kb.
#1678199
1   2   3   4   5
Bog'liq
. Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari

G’oya va mafkura o’zaro dialektik aloqadorlikda mavjud bo’ladi: g’oya mafkuraga asos bo’lsa, mafkura esa, o’z navbatida, muayyan g’oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
G’oya safarbar etuvchi ulug’vor fikr bo’lsa, mafkura esa ana shu ulug’vor g’oyalarni bir butun, yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi, harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g’oyalar tizimidir.


2-masala. Tarixiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 40 ming yillar muqaddam qadimgi ajdodlarimiz olamning, hayotning vujudga kelishi, mazmun-mohiyati to’g’risida mifologik (afsona, rivoyatlarga asoslangan) sodda dunyoqarashga ega bo’lganlar. Insoniyatning ibtidoiy davriga xos bo’lgan totemizm (o’simlik va hayvon turlariga sig’inish), animizm (ruh va jonlarga sig’inish), fetishizm (narsa, buyumlarga sig’inish) kabi mafkuraning ilk shakllari shundan dalolat beradi («Dinshunoslik» fani bu haqda batafsil ma’lumot beradi). Milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm singari diniy mafkuralar taraqqiyotning keyingi davrlarida paydo bo’ldi. Ular yuz yillar davomida davlat dini va mafkurasi sifatida yuqori mavqega ega bo’lib keldi. Davrlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan bo’lsa-da, insoniyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Miloddan avvalgi ming yillik davomida olamning paydo bo’lishi, inson va uning mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish kuchaydi. Buning natijasida falsafiy ta’limotlar muayyan tizim shaklini oldi.


Monizm butun mavjudotning asosini bitta mohiyat tashkil etadi, degan g’oyaga asoslansa, dualizm esa olam ham moddiy, ham ruhiy-ilohiy boshlang’ichga ega deb ta’lim beradi (bu asoslarning har ikkalasi ham teng huquqlidir). Qadimgi davr yunon faylasuflari Geraklit 530-470y. Efes shahrida tug’ilgan. U aytadiki dengiz suvi ba’zi bir tirik mavjudot uchun toza (Milet maktabi vakillari, Geraklit, Demokrit va b.) olamning boshlang’ich asosi sifatida suv, havo, apeyron, olov, atom kabilarni e’tirof etganlar. Plyuralizm, ya’ni olamning asosida ko’p narsalar yotishi haqidagi g’oyalar shu tariqa paydo bo’ldi.
Dunyodagi barcha mavjudot shu narsalardan paydo bo’lgan va oxir-oqibat yana shularga aylanadi, degan qarashlar g’oyaviy tizimlarning yanada shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi.
Ayniqsa ming yillikning o’rtalarida materializm va idealizm kabi o’zaro qarama-qarshi g’oyaviy tizimlarning vujudga kelishi falsafiy fikr taraqqiyotiga turtki bo’ldi. 


Download 38.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling