Magistratura bo’limi


investitsiyalar tarkibining о‘zgarishi kо‘rsatkichlari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

investitsiyalar tarkibining о‘zgarishi kо‘rsatkichlari

1

  



(foizda) 

 

Yillar 

Moliyalashtirish 

manbalari 

2005 

2006 

2007 

2008 

2009 

2010 

2011 

2012  2013 

Davlat byudjeti 

mablag‘lari 

12,7 


10,7 

9,0 


9,0 

8,1 


7,4 

5,1 


4,5 

4,8 


Xorijiy investitsiyalar 

19,2 


19,0 

22,8 


25,8 

32,4 


28,8 

25,3 


25,5 

23,2 


Korxonalar va aholi 

mablag‘lari 

60,3 

60,0 


59,0 

53,9 


46,9 

47,3 


49,0 

42,6 


46,6 

Boshqa manbalar  

7,8 

10,3 


9,2 

11,3 


12,6 

16,5 


20,6 

27,4 


25,4 

 

      


     Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar muhim investitsiya instituti hisoblanadi. 

Chunki  iqtisodiyotni  tarkibiy  qayta  qurish  va  modernizatsiya  qilish, 

korxonalarda  ishlab  chiqarishni  texnologiyalar  bilan  qayta  jihozlash  maqsadida 

qо‘yiladigan  investitsiyalarni  mablag‘lar  bilan  ta’minlashni  banklar  ishtirokisiz 

tasavvur  qilib  bо‘lmaydi.  Shunday  ekan,  2013  yilgi  Investitsiya  dasturida 

3236108  million  sо‘m  mablag‘  aynan  tijorat  banklari  tomonidan  kredit 

mablag‘lari  sifatida  yо‘naltirilishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Ushbu  raqam 

umumiy  markazlashmagan  investitsiyalarning  15,9  foizini  tashkil  etmoqda.     

                                                 

1

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  2012  yilning  asosiy  yakunlari  va  2013  yilda 



O‘zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  “Bosh  maqsadimiz  –  keng  ko‘lamli  islohotlar  va 

modernizatsiya  yo‘lini  qat’iyat  bilan  davom  ettirish”  mavzusidagi  ma’ruzasini  o‘rganish  bo‘yicha  o‘quv 

qo‘llanma. – T.: ―O‘qituvchi‖ NMIU. - 2013.–B.272. 

 



 

51 


 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘larini  investitsion  yо‘nalishida 

foydalanishda  mavjud  bо‘lgan    risklarni  kamaytirishda    quyidagilarga  e’tibor 

qaratish lozim:   

-  kredit  tashkilotining  faoliyat  olib  borish  bо‘yicha  lozim  bо‘lgan  kasbiy 

tajribaga egaligi; 

-  aktivlarning  minimal miqdori, tarkibi va  strukturasi bilan bog‘liq bо‘lgan 

kasbiy faoliyatning amalga oshirish tajribasiga ega ekanligi; 

-  kredit  tashkilotining  yoki  xо‘jalik    yurituvchi  sub’ektni    xususiy  

kapitalining  minimal miqdori; 

-  korporativ    qimmatli  qog‘ozlar  emitentlaring    rentabelliligi,  moliyaviy 

barqarorligi,  ish    yuritish  va  bozordagi  faolligi  hamda  amaldagi  

qonunchilik  va    Muvofiqlashtiruvchi  Kengash  tomonidan    belgilangan 

boshqa  talablar; 

      Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘laridan  investitsiya  va  kredit 

resurslari  sifatida  foydalanish  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan 

kelishilgan  holda  Xalq  banki  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘larini  moliyaviy  vositalarga  joylashtirish 

tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  O’zbekiston  Respublikasi 

Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Respublikamizda jamg‘arib boriladigan 

pensiya  badallarini  kirituvchilar  Xalq  banki  filialiga  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak.  

     Mijozning  oylik  ish  haqi  1  500  000  sо‘m,  shundan  1  000  000  sо‘mini 

jamg‘arib  boriladigan  pensiyaga  о‘tkazdi.  Jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

ta’minoti  tizimiga  ixtiyoriy  ravishda  о‘tkazilgan  summadan  daromad  solig‘i 

olinmaydi.  Bir  yildan  sо‘ng  mijoz  hisoblangan  foiz  bilan  birgalikda  jami  392 

337 sо‘m qо‘shimcha  daromad  kо‘radi.  

    O’zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  tо‘g‘risidagi  kodeksining 

179

2

-moddasiga  muvofiq,  Ish  beruvchi  yuridik  shaxslarning  mansabdor 



shaxslari  tomonidan  Xalq  banki  filialiga  fuqarolarni  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  tizimida  hisobga  olish  uchun  zarur  ma’lumotlarni,  fuqarolarning 




 

52 


 

shaxsiga oid  ma’lumotlar bilan  bog‘liq  о‘zgarishlar  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlarni 

qasddan  taqdim  etmaslik  yoki  notо‘g‘ri  ma’lumotlarni  taqdim  etganlik  xuddi 

shuningdek  hisoblab  chiqarilgan  va  kiritilgan  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

badallari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik – eng kam ish 

haqining  ikki  baravaridan  tо‘rt  baravarigacha  miqdorda  jarima  solishga  sabab 

bо‘ladi.  

     Fuqarolarning  shaxsiga  oid  ma’lumotlar  bilan  bog‘liq  barcha  о‘zgarishlar: 

mehnat  shartnomasi  tuzilganligi  yoki  bekor  qilinganligi,  pasportdagi 

ma’lumotlar  hamda  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlarini 

yuritish  uchun  zarur  boshqa  ma’lumotlar  о‘zgarganligi  tо‘g‘risida  xabar 

qilishlari  shart.  Ish  beruvchilar  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

hisobvaraqlariga  badallarni  о‘z  vaqtida  kiritishlari  hamda  fuqarolarga  hisoblab 

chiqarilgan  va  kiritilgan  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  badallari  tо‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni ularning talabiga muvofiq berishlari shart. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling