Magistratura bo’limi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

 

II BOB bо‘yicha xulosa 

Tadqiqotlar  natijasida    ikkinchi  bob    yuzsidan    quyidagi    xulosalar 

tayyorlandi: 

1.  Hozirgi  kunda  pensiya  va  nafaqa  tizimini  isloh  qilishning  muhimligi 

fuqarolarni  iqtisodiy  manfaatlariga  bevosita  bog‘liqligi  bilan  belgilanadi. 

Taqsimlanuvchi  pensiya  tizimida  ma’lum  yil  davomida  tо‘plangan 

majburiy  ajratmalar  joriy  davrdagi  pensionerlarga  tо‘lashga  sarflanadi. 

Shunday qilib, ishlab turgan fuqarolarning majburiy ajratmalari hisobidan 

keksa kishilarni pensiya xarajatlari moliyalashtirildi. 

2.  Har  bir  pensiya  tizimining  о‘ziga  xos  muhim  afzalliklari  mavjud. 

Taqsimlanuvchi  pensiya  tizimida  tо‘lanayotgan  pensiya  miqdori  moliya 

bozorining  holatiga  va  investitsion  faoliyatiga  bog‘liq  emas.  Jamg‘arib 

boriladigna pensiya tizimi esa tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsion faoliyati bilan 

bog‘liq bо‘lib, bunda  moliyaviy risklar  bо‘lishi mumkin. 

Pensiya jamg‘armasi: 



 

53 


 

a.  respublika  va  mahalliy  darajadagi  strategik  rejalarni,  ayniqsa 

aholini  ijtimoiy  qо‘llab-quvvatlashni  moliyalashtirishda  faol 

qatnashadi; 

b.  pensiya 

va 


bolalar 

nafaqasini 

tо‘lash 

hamda 


ularni 

moliyalashtirishni  amalga  oshirish  uchun  markazlashtirilgan  holda 

pul mablag‘larini jamlaydi; 

c.  о‘z-о‘zini  moliyalashtirish  printsiplari  va  tijorat  faoliyati  asosida 

jamg‘arma mablag‘lari miqdorini oshirish kabi vazifalarni bajaradi. 

3.  Pensiya  ta’minoti  tizimini  isloh    qilishdan  kо‘zlangan  asosiy    maqsadlar 

quyidagilardan iborat: 

–  bozor  iqtisodiyoti  tamoyillari  asosida  pensiya    ta’minotini 

modernizatsiyalash; 

–  Budjetdan    tashqari    Pensiya    jamg‘armasi    daromadlarini 

shakllantirish monitoringini kuchaytirish; 

–  pensiya    ta’minotini  zamonaviy  axborot  texnologiyalari    asosida 

boshqarish; 

3.Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti  tizimning  asosida  quyidagi 

tamoyilar yotadi: 

–  jamg‘ariladigan  asosga  о‘tgan  pensiya  tizimi  yalpi  milliy 

jamg‘arish hajmini oshiradi va investitsiyalar miqdorining о‘sishiga 

olib keladi; 

–  xususiy  boshqaruv  ostidagi  pensiya  tizimi  raqobat  va  siyosiy 

aralashuvdan  xoli  bо‘ladi,  davlat  pensiya  tizimiga  nisbatan  tez 

rivojlanadi; 

–  jamg‘ariladigan  pensiya  tizimi  demografik  muammolarga  bog‘liq 

bо‘lmaydi; 

–  jamg‘ariladigan  pensiya  tizimi  pensiyalar  miqdorini  insonning  ish 

haqiga  va  pensiya  jamg‘armalaridan  foydalanish  samaradorligiga 

bog‘liq ravishda rivojlantirish imkonini beradi. 




 

54 


 

4.  Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti  tizimi  mablag‘lari  fuqarolarni 

ixtiyoriy  pensiya  badallari  hisobiga  ham  shakllanadi.  Ixtiyoriy  pensiya 

badallarini  rag‘batlantirish  maqsadida,  mamlakatda  ish  haqi  miqdori 

oshirilgan vaqtda jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy 

tо‘langan badal summalarini mutanosib ravishda oshirib borish maqsadga 

muvofiq bо‘ladi. 

5.  Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  tashkiliy  jihatdan  murakkab  tizim 

hisoblanadi.  Aholini  mazkur  pensiya  tizimi  tо‘g‘risida  etarli  bilimga  ega 

bо‘lishi  uchun  ommaviy  axborot  vositalarida,  korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlarda    va  mahalla  fuqarolari  yig‘inlarida  tushuntirish  va  targ‘ibot 

ishlarini kuchaytirish lozim.  

6.  Fikrimizcha, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan shaxsiy hisob varaqlaridagi 

mablag‘larning  inflyatsiyadan  saqlanishi  va  uzluksiz  kо‘payib  borishini 

ta’minlanishi  bо‘yicha  Xalq  banki  ma’lumotlari  aholiga  doimiy  ravishda 

etkazilishi lozim.  

7.  Budjetdan  tashqari  Pensiya  Jamg‘armasi  tarkibidagi  boshqarmalar  va 

bо‘linmalar  о‘rtasida  elektron    hujjatlar  aylanishi  qattiq  himoyalangan 

axborot  tizimi ishlashi maksadga muvofiq bо‘ladi. 

 

 



 


 

55 


 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling