Magistratura bo’limi


III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA  IJTIMOIY HIMOYA  VA


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA  IJTIMOIY HIMOYA  VA 

PENSIYA TIZIMINI  RIVOJLANTIRISH  YO’LLARI 

1.Ijtimoiy himoya tizimi va pensiya ta’minotining xorijiy tajribalari 

      


Jahon  tajribasida  pensiya  ta’minotini  moliyalashtirish  mexanizmining  uch 

xil turi kо‘p uchraydi.  

1.  Barcha 

mamlakatlarda 

keng 

tarqalgan 



byudjet 

daromadlardan 

moliyalashtiriladigan davlat pensiya ta’minotini amalga oshirish. 

2.  Ixtiyoriy va majburiy shaxsiy jamg‘arma rejalarni amalga oshirish.  

3.  Iqtisodiy 

inqiroz, 

inflyatsiya, 

jamg‘armalarni 

yо‘qotishdan 

va 


jamg‘armani  qadrsizlanishga  olib  keladigan  investitsion  risklardan 

himoya qiladigan sug‘urta tizimini rivojlantirish. 

Zamonaviy pensiya tizimini tashkil etishda jahonga mashhur Germaniya va 

Chili modellari andoza sifatida tanlanmoqda. Pensiya ta’minotining ikki modeli 

taqsimot-tortiluvchan  va  kapitallashgan  modellaridir.  Mashhur  venger 

iqtisodchisi  Ya.Kornai  taqsimot  va  kapitallashgan  pensiya  tizimlari  о‘rtasidagi 

farq  mohiyatini  asoslab  berdi,  ular  о‘rtasidagi  farq  moliyalashtirish 

mexanizmida  yuzaga  chiqadi.  Taqsimot  modeli  pensionerlarni  hozirgi  vaqtda 

amalda  bо‘lgan  aholi-ning  iqtisodiy  faol  qatlami  hisobiga  ta’minlaydi.  Pensiya 

tizimining  kapitallashgan  modeli  taqsimotdan  farqli  ravishda  insonning  о‘z 

mehnati va pensiya jamg‘arilishi natijalari bilan uzviy bog‘liq. 

Germaniyada  taqsimot-tortiluvchan  pensiya  tizimi  1891  yilda  joriy 

qilingan,  о‘sha  davrdan  hozirgacha  uning  turli  kо‘rinishlari  Evropa 

mamlakatlarida, 

Vengriyada 

va 


MDH 

davlatlarida 

qо‘llanilmoqda. 

Germaniyaning  pensiya  tizimidagi  taqsimot-tortiluvchan  modeliga  kо‘ra 

aholining iqtisodiy faol qatlami tomonidan tо‘langan majburiy pensiya badallari 

hisobidan  pensiya  xarajatlari  shakllanadi  va  aholining  iqtisodiy  faol  qatlamlari 

о‘rtasida taqsimlanadi.  

Boshqacha  qilib  aytganda,  joriy  pensiya  xarajatlari  joriy  daromadlar 

hisobidan  qoplanadi.  Ushbu  tizim  avlodlar  birdamligi  asosida  qurilgan.  Bir 

avlod  ichida  esa,  daromadlar  aholining  alohida  ijtimoiy  guruhlari  о‘rtasida 




 

56 


 

tabaqalandi.  Germaniyada  tо‘lov  intizomini  rag‘batlantiruvchi  ball  tizimi 

taqsimot modelini tо‘ldiradi. 

Chili  modeli-kapitallashgan  model.  Ushbu  model  erkin  bozor  islohotlari 

doirasida  Chili  mutaxassislari  tomonidan  ishlab  chiqildi.  1981  yildan  mehnat 

munosabatlarida ishtirok etgan har bir kishi uchun davlat pensiya ta’minoti bilan 

bir vaqtning о‘zida ular xususiy pensiya fondlarining mijoziga aylandi.  

Kapitallashgan 

model 

mohiyati 



quyidagicha: 

pensiya 


badallarini 

investitsiya  qilishdan  va  tо‘plashdan  hosil  bо‘lgan  kapital  pensiya  xarajatlarini 

qoplashga  yо‘naltiriladi.  Pensiya  badallari  kapital  tо‘lovchining  shaxsiy 

hisobraqamida  hisobga  olib  boriladi.  Ushbu  hisobraqam  pensiya  fondlari  yoki 

pensiya kassalari, sug‘urta kassalari yoki banklar yuritadi.

  

Pensiya  mablag‘larini  tizimli  investitsiya  qilish  bilan  ushbu  institutlar 



investitsiya  daromadlariga  ega  bо‘ladi.  Kapital  yoki  yig‘ilgan pensiya  badallari 

summasi  ularni  investitsiya  qilishdan  olingan  daromad  pensiya  fondi  faoliyati 

xarajatlari,  natijasida  kapitallashgan  pensiyaning  moliyaviy  manbasidir. 

Avlodlar  birdamligi  asosida  qurilgan  taqsimot  modeli  va  kapitallashgan  model 

sug‘urta tamoyiliga asoslanadi. Kapitallashgan model «Chili modeli» nomi bilan 

xalqaro miqyosda mashhur bо‘ldi. 

    Kо‘pgina  mamlakatlar  bir  qator  pensiya  islohotlarini  amalga  oshirdilar. 

Chexiyada pensiya bilan ta’minlashni isloh qilishning asosiy yо‘nalishlari zararli 

va  og‘ir  mehnat uchun imtiyozlarni  bekor  qilish,  ish  yurituvchilarning  sug‘urta 

qilingan  badallariga qо‘shimcha  badallar  kiritish,  tо‘langan  badallar va  olingan 

pensiyalar  о‘rtasidagi  aloqani  kuchaytirish,  kо‘p  rejali  sug‘urta  tizimini 

rivojlantirish,  individual  pensiya  rejalari  imkoniyatlarini  kengaytirish,  pensiya 

yoshini erkaklar va ayollar uchun 2015-2020 yillarda 65 yoshgacha oshirishdan 

iborat.  

      Xorijiy  mamlakatlarda pensiyaga chiqish yoshi va mehnat pensiyasini olish 

uchun  talab  etiladigan  staj  quyidagi  10-jadvalda    aks  ettirilgan.  Davlatning 

byudjetdan tashqari fondlari moliya tizimining asosiy bо‘g‘ini hisoblanadi. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling