Magistratura bo’limi
Tadqiqot ishi tarkibining qisqacha tavsifi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
Tadqiqot ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishining hajmi 87
betdan iborat, tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan tashkil topgan. Tadqiqot ishining kirish qismida tadqiqot ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi berilgan, tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari, tadqiqot ishining ob’ekti va predmeti, tadqiqot ishining nazariy-amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda tadqiqot ishi tarkibining qisqacha tavsifi kо‘rsatilgan.
Tadqiqot ishining «O’zbekiston Respublikasida fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tizimining ahamiyati» nomli birinchi bobida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yoritib berilgan. Ijtimoiy himoya tizimida fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarining ahamiyati о‘rganilgan. Fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tizimining huquqiy asoslari kо‘rsatilgan. Tadqiqot ishining «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijtimoiy maqsad xarajatlarining tahlili» nomli ikkinchi bobida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi kо‘rsatilgan. O’zbekiston
10
Respublikasi Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari tahlil qilingan. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tahlil qilingan.
Tadqiqot ishining «O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya va pensiya tizimini rivojlantirish yо‘llari» nomli yakuniy bobda ijtimoiy himoya tizimi va pensiya ta’minotining xorijiy tajribalari kо‘rsatilgan. Aholini ijtimoiy himoyalashda ish haqini tо‘lash masalalari о‘rganilgan. O’zbekiston Respublikasida islohotlar asosida pensiya tizimini rivojlantirish yо‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot ishining yakunida O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimini rivojlantirish bо‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling