Magistratura bo’limi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
1.-jadval.
O’zbekistonda Yalpi ichki mahsulotning yillar davomida о‘sishi 1 . foizda Yillar Yapi ichki mahsulot 2000
103,8 2001
104,2 2002
104,0 2003
104,2 2004
107,7 2005
107,0 2006
107,3 2007
109,5 2008
109,0 2009
108,1 2010
108,5 2011
108,3 2012
108,2 2013
108,0
«Hozirgi iqtisodiy inqirozlar muvozanat buzilishi darajasida, tsikl fazalarining о‘zgarishida, о‘rtacha tebranishlar uzunligi, davlatning tsikllarni tartibga solishida qatnashishi va boshqalarda namoyon bо‘ladi. Iqtisodiy inqiroz butun iqtisodiyotga xо‘jalik faolligi keskin qisqarishining tarqalishi, bir necha oydan kо‘p muddatda davom etishi, ishlab chiqarish, ijtimoiy himoya, bandlik, real daromadlar, pensiya ta’minoti va boshqa kо‘rsatkichlarning pasayishida namoyon bо‘ladi» 2 . Evropa Ittifoqi tomonidan moliyaviy inqiroz keltirib 1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 2 Abulqosimov X.P. va boshqalar. Iqtisodiyot asoslari va O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar.-T.: Akademiya. 2011. –B.259-261.
15
chiqarayotgan turli oqibatlarni bartaraf etishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Gretsiyada ishlab chiqarishning pasayishi kuzatildi. Evrohududdagi YaIMning pasayishi 0,3 foizni, Evropa Ittifoqi bо‘yicha esa 0,2 foizni tashkil etdi Rivojlangan mamlakatlardagi YaIM о‘sish sur’atlaridagi beqarorlik hali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlari davom etayotganini kо‘rsatadi. Jahondagi etakchi mamlakatlar iqtisodiy о‘sish sur’atlarining beqarorligiga, bir tomondan, inqirozga qarshi kurashish choralari bо‘yicha davlatlar rahbarlari о‘rtasidagi о‘zaro yakdillikning yо‘qligi, iqtisodiy siyosatda uyg‘unlikka erishmaslik zamin yaratsa, boshqa tomondan, yirik iqtisodiѐtga ega bо‘lgan mamlakatlarning ichki siyosiy beqarorligi ham bunga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling