Magistratura bo’limi


I BOB.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA  FUQAROLARNI


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

I BOB.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA  FUQAROLARNI  

IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMINING   AHAMIYATI 

1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy  salohiyatining ijtimoiy himoya 

sohasiga ta’siri 

      


Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy  siyosati  jamiyat taraqqiyotini   ta’minlashga, 

moddiy va ma’naviy ne’matlarni  yaratish va  ularni  taqsimlash,  har bir  inson  

hayot  tarzini    yaxshilashga    yо‘naltirilgan    bо‘ladi.    Ijtimoiy-iqtisodiy    siyosat  

doirasida    rivojlanishning    asosiy  maqsadi    iktisodiyot,  bozor  tuzilmalar,  

pensiya tizimini  isloh qilish  bilan birga  о‘z fuqarolari   daromadlarini  oshirish,  

ularning turmush  darajasini   kо‘tarishdan iborat.  

      Ijtimoiy    sohaning    boshqarish  organlari    tizimi    ilmiy    usullarga    tayanib,  

о‘z  a’zolari    turmush  darajasini    oshirish    maqsadida    barcha  ijtimoiy  

jarayonlarga  kompleks  ta’sir  qilishni amalga oshiradi.  Fuqarolarning  ijtimoiy  

mavqei,  ularning  ijtimoiy    ehtiyojlari    qondirilishi,  aholi  turmush    darajasining  

uzluksiz  oshib  borishi,  bozor    munosabatlari,  ijtimoiy    guruhlarning  о‘zaro  

aloqalari    davlatning    xulq-atvor  me’yori    bо‘lib  qoldi.  Agar  oldimizda    milliy  

boylikni    kо‘payishini,    respublikaning  mustaqilligini,    aholining  munosib  

turmush  va ish sharoitlarini  ta’minlaydigan   qudratli,  barqaror  iqtisodiyotni  

barpo  etish    kabi    buyuk  vazifa    turganligini,  bunday  iqtisodiyot  O’zbekiston 

Respublikasi    Prezidenti  I.Karimov    aytganlaridek,  «…Strategik  maqsadimiz 

bо‘lgan  huquqiy demokratik  davlat va fuqarolik  jamiyatini  barpo  qilishning  

asosi»


1

  ekanligini    e’tiborga  olsak,  unda    iqtisodiy  -  ijtimoiy    boshqaruvdagi  

muammolar  naqadar kо‘pligi  va murakkabligi  yanada   ayon bо‘ladi.   Ijtimoiy  

boshqaruv    kо‘p  funktsiyali  bо‘lib,    ijtimoiy  soha    tuzilmasiga  mos  keladi, 

ijtimoiy  boshqaruv  quyidagi omillar  bilan tavsiflanadi: 

  aholi jon boshiga  tо‘g‘ri keluvchi daromad; 

                                                 

1

Karimov I.A. “Bosh  maqsadimiz-keng  ko‘lamli  islohotlar  va  modernizatsiya   yo‘lini  qat’iyat bilan  davom 



ettirish.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yilda    mamlakatimizni    ijtimoiy-iqtisodiy    rivojlantirish  

yakunlari    hamda    2013  yilga    mo‘ljallangan  iqtisodiy    dasturning  eng  muhim    ustuvor    yo‘nalishlariga  

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so‘zi. 2013 yil. 19 yanvar.   



 

12 


 

  himoyasiz  guruhlarni    ijtimoiy  qо‘llab-quvvatlash  (pensionerlar,  

bolalar,  nogironlar); 

  mehnat muhofazasi, ish haqi; 

  oilaviy daromad; 

  eng kam hayot darajasi; 

  iste’mol savati; 

  ish bilan bandlik; 

  mahsulotlar va xizmatlar  sohasi; 

  ta’lim tizimi; 

  tibbiy xizmat (ovqatlanish sifati); 

  jismoniy tarbiya va sportning  holati; 

  madaniy muhit (moddiy-texnika  bazasi). 

  ekologik holat (havo, atrof-muhit); 

  demografik  holat (tug‘ilish,  о‘lim,  umr kо‘rish); 

  shaxsiy xavfsizlik; 

  jinoyatchilik darajasi (jinoyatchilikka  qarshi kurash); 

  ijtimoiy aloqalar; 

  onalik va bolalikni saqlash. 

     “...Avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-

beri  saqlanib  qolayotgan  jiddiy  muammolarga  qaramasdan,  2012  yilda 

O’zbekiston  о‘z  iqtisodiyotini  barqaror  sur’atlar  bilan  rivojlantirishni  davom 

ettirdi,  aholi  turmush  darajasini  izchil  yuksaltirishni  ta’minladi,  dunyo 

bozoridagi о‘z pozitsiyasini mustahkamladi»

1

.

  



     Aholi  turmush darajasini  oshirishni   iqtisodiyot tarmoqlarini  rivojlantirish,   

korxonalarning  samaradorligini    oshirish  bilan  bog‘lab    о‘rganishda    mehnat 

unumdorligi  va ish haqi  tо‘lash  о‘rtasidagi   mutanosiblikka  e’tibor  qaratish  

muhim  ahamiyat  kasb etadi.   Mehnat unumdorligi – korxonadagi  ishlovchilar  

                                                 

1

Karimov  I  “Bosh  maqsadimiz-keng    ko‘lamli    islohotlar    va  modernizatsiya    yo‘lini    qat’iyat  bilan    davom 



ettirish.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yilda    mamlakatimizni    ijtimoiy-iqtisodiy    rivojlantirish  

yakunlari    hamda    2013  yilga    mo‘ljallangan  iqtisodiy    dasturning  eng  muhim    ustuvor    yo‘nalishlariga  

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so‘zi. 2013 yil. 19 yanvar.   



 

13 


 

mehnatining    samaradorligini    ifodalovchi    asosiy  kо‘rsatkich,  ish  haqi    esa  

aholi  daromadlarining  asosi, aholi  turmush  darajasini  belgilab  beruvchi  omil 

hisoblanadi. 

Mamlakatimizda 

olib 


borilayotgan 

 

ijtimoiy-iqtisodiy  



islohotlarning asosiy  maqsadi aholi  turmush darajasini  oshirish hisoblanadi. 

     O’zbekistonda  bugungi  kunda    aholi  turmush    darajasini    yanada  oshirish  

uchun  quyidagilarni amalga oshirish  zarur. 

1.  Aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan YaIM  ulushini yanada  kо‘paytirish. 

2.  Aholi real daromadlari  va bandlik  darajasini  oshirish. 

3.  Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini  takomillashtirish. 

4.  Aholining  uy-joy  bilan  ta’minlanish darajasini oshirish. 

5.  Ta’lim tizimini  yanada rivojlantirish. 

6.  Mehnat  sharoitini  yanada yaxshilanishiga erishish. 

7.  Ovqatlanish sifati va madaniyatini oshirish. 

8.  Tibbiy xizmat  sifatini  yanada yaxshilash. 

9.  Ayollar  va  erkaklar    tengligini    rag‘batlantirish  va  pensiya  ta’minotini 

yaxshilash. 

10. Onalar va bolalar sog‘lig‘ini yanada yaxshilash. 

11. Ekologik  barqarorlikni ta’minlash. 

12. Rivojlanish  maqsadida  global  hamkorlikni kuchaytirish. 

     Respublikamizda    keyingi  yillar  davomida  YaIMning  mutlaq  qiymatlardagi 

о‘sishi  barqaror  ravishda  yuksalib  kelmoqdaki,  bu  byudjet  xarajatlari  ijrosiga 

ijobiy  ta’sir  kо‘rsatmoqda.    Global  jahon  iqtisodiyotidagi  jiddiy  muammolar 

hamda ularning dunyodagi kо‘plab mamlakatlar qatorida bizning mamlakatimiz 

iqtisodiyotiga  ham  kо‘rsatayotgan  salbiy  ta’siriga  qaramasdan,  2013  yilda 

yuqori  va  barqaror  о‘sish  sur’atlarini  saqlab,  makroiqtisodiy  barqarorlik  va 

mutanosiblikni ta’minlaganimiz о‘ziga xos ijobiy kо‘rsatkich bо‘ldi.  

    Jadvaldan kо‘rinadiki, agar mamlakatimizda YaIMning о‘sish sur’atlari 2000-

2003 yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 

9-9,5  foiz  darajasida  kuzatilgan  bо‘lsa,  keyingi  yillarda  jahon  moliyaviy-

iqtisodiy  inqirozi  mazkur  kо‘rsatkichga  ham  о‘z  ta’sirini  kо‘rsatib,  о‘sish 



 

14 


 

sur’atlarida bir oz pasayish rо‘y berdi. Biroq, mamlakatimizda chuqur о‘ylangan 

holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan samarali iqtisodiy 

siyosat  natijasida  shakllangan  omillar  shunday  murakkab  sharoitda  ham  2012-

2013  yillarda  YaIMning  yuqori  va  barqaror  о‘sish  sur’atlarini  saqlab  qolishni 

ta’minlamoqda. Inqirozlar  bozor  muvozanati  va iktisodiy  mutanosibliklarning  

buzilishi    oqibatida    yuz  beradi.  Inqirozlar  yalpi  talab  va  yalpi  taklif,  ishlab 

chiqarish  bilan  iste’mol,  iste’mol    va  jamg‘arish,  daromadlar  va    xarajatlar  

о‘rtasidagi  muvozanat, mutanosiblikning  buzilishi  tufayli  yuz beradi. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling