Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
-MAVZU ILMIY TADQIQ JARAYONI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
5-MAVZU
ILMIY TADQIQ JARAYONI VA UNING TARKIBIY QISMLARI Reja: Tadqiqot manbai va tadqiqot predmeri. Tadqiqot mavzusi. Tadqiqotning tuzilishi. Tadqiqotning xulosasi. Tayanch tushunchalar: metodika, metod, metodologiya, ilmiy tadqiq metodologiyasi, ilmiy tadqiq, tadqiq manbai, tadqiqotchi dunyoqarashi, tadqiqiotchi mantiqi, metodologik adabiyotlar, bibliografik ko‘rsatkich, tanqidiy yondashish, ilmiy tadqiq jarayoni Ilmiy tadqiqning muhim tarkibiy qismlaridan biri tadqiq manbai (o‘rganish obyekti) va tadqiq predmeti. Tadqiq manbai deganda ilmiy tadqiqning voqelikda mavjud bo‘lgan, o‘rganilishi kerak bo‘lgan narsa-hodisa, ularning orasidagi munosabat – aloqalar, qonuniyatlarning xilma-xil ko‘rinishlarda, shakl va turlarda yuzaga chiqishi tushuniladi. Ilmiy tadqiqot oldiga nimani tavsiflash, aniqlash, sharhlash, ochish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha narsa tadqiq manbai. Tilshunoslik fanining tadqiq manbai inson tili, ya’ni fikrni shakllantirish va uni ifodalashning eng asosiy vositasi. Tilning tilshunoslik fanining asosiy tadqiq manbai ekanligi masalasi A.S.Chikobavaning “Проблема языка как предмета языкознания (На материале зарубежного языкознания) –М.: Учпедгиз, 1969. –179 стр.” o‘quv qo‘llanmasida butun murakkabligida qo‘yilgan. “Umumiy tilshunoslik” kursidan ma’lumki, til juda serqirra, ko‘p aspektli ijtimoiy-ruhiy-fiziologik hodisa va jarayon. Bu qirralarning har biri tadqiq predmeti. Shuning uchun tilshunoslikning butun tarixi davomida tilning alohida-alohida qirralarini o‘rganuvchi tilshunoslikning komparativistika, naturalizm, diaxronik (tarixiy) tilshunoslik, sinxronik (tavsifiy) tilshunoslik, strukturalizm, statistik lingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, areal lingvistika, lingvistik tipologiya, amaliy tilshunoslik kabi oqim (maktab, yo‘nalish)lari, tilning turli sath birliklarini o‘rganishga ixtisoslashgan fonetika, fonologiya, leksikologiya, leksikografiya, grammatika, morfemika, so‘z yasalishi (derivatsiya), uslubiyat (stilistika), semantika va h. kabi bo‘limlari yonma-yon yashab kelmoqda. Oqim – yo‘nalishlar yaxlitlik sifatida olingan serqirra tilning ayrim-ayrim qirralarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilsa, tilshunoslik bo‘limlari tilning turli xildagi (katta-kichiklikdagi) birliklarini o‘rganishga ixtisoslashgan. Tilshunoslikning barcha oqim va yo‘nalishlari fanimizning asosiy tadqiq manbai – til haqidagi bilimlarimizni (ayrim hollarda ayni bir narsa haqida bir yo‘nalishning hukmi ikkinchi oqim xulosasini inkor etsa-da,) muttasil to‘ldirib boradi. Shuning uchun lingvistik ilmiy tadqiqotlarda tadqiq manbai va tadqiq predmeti farqlanadi. Demak, umumiylik sifatida olingan tilshunoslikning tadqiq manbai ijtimoiy aloqa-aralashuv (fikrni shakllantirish, ifodalash va uqish)ning eng asosiy vositasi bo‘lmish til bo‘lsa, bu fanning har bir oqimida tadqiq predmeti o‘zgacha – shu tilning ayrim qirrasi. Shu bois tilshunoslikning har bir bo‘limining shu oqimlarga mos turlari (chunonchi, tarixiy fonetika, statik (tavsifiy) fonetika, psixolingvistik fonetika, tarixiy fonologiya, sinxronik fonologiya, tipologik fonetika va fonologiya va h. kabi yo‘nalishlari) mavjud. Har bir turning tadqiq predmeti o‘ziga xos bo‘lib, ikkinchisidan farq qiladi, har bir tur o‘ziga xos metodlardan foydalanadi. Shuning uchun tilning ma’lum bir birligini (hodisasini) o‘rganishga kirishgan tadqiqotchi tadqiq manbai va tadqiq predmetini aniq farqlashi lozim, tadqiq predmetiga mos ravishda tadqiq metodlarini tanlashi zarur. Chunonchi, fonologik-fonetik sathning bitta birligi bo‘lgan [a] fonemasiga tilshunos turli tomondan yondashadi va buni jadvalda quyidagicha berish mumkin: 1- jadval
Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling