Ilmiy xulosalar tadrijiyligi
Bandlarning ilmiy xulosalari
Bandlardan kattaroq tarkibiy qismlarning ilmiy xulosalari
Boblarning ilmiy xulosalari
Boblardan kattaroq tarkibiy qismlarning ilmiy xulosalari
Ish bo‘yicha umumiy ilmiy xulosalar
Xulosalar mana shu tarzda bosqichma-bosqich, biri ikkinchisini to‘ldirib kelgan taqdirdagina ilmiy tadqiqda yaxlitlik va izchillik saqlangan bo‘ladi. Bunday ilmiy xulosalar tizimiga ega bo‘lmagan ish mukammal ilmiy tadqiq emas, balki tartibsiz hodisalar tavsifidir, xolos.
Shuning uchun olimlar yozma ilmiy tadqiqotlarini o‘qish (o‘rganish)ni, odatda, ishning Kirish va Xulosa qismlari bilan tanishishdan boshlaydilar. Chunki, hozir ko‘rib o‘tganimizdek, Kirish qismida tadqiqotchining ilk tayanch nuqtalari, xulosasida esa ishning yakuni tavsiflanadi. Aytganimizdek, ikki nuqtadan faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin – Kirish bilan Xulosa tadqiqotchi yo‘lini belgilaydigan nuqtalardir va shu nuqtalar boshqa tadqiqotchiga ham tanish bo‘lsa, unda ishni tushunish va baholash oson ko‘chadi.
1- chizmadan ko‘rinib turibdiki, xulosalar bosqichlilik, uzviylik va davomiylikka ega bo‘lishi zarur va bu ilmiy ishning tuzilishi (strukturasi) bilan belgilanadi. Quyida shu masala xususida so‘z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |