Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
ILMIY TADQIQOTDA QISQARTMA, HAVOLA VA BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLARNI BERISH
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘K, MCH, ObK
ILMIY TADQIQOTDA QISQARTMA, HAVOLA VA BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLARNI BERISH
Reja: Tadqiqotga havola berish. Tadqiqotning adabiyotlar ro‘yxatini tuzish. Tayanch tushunchalar: qisqartma, shartli qisqartma, ismli qisqartma, raqamli qisqarma, aralash qisqartma, havola, havola o‘rinlari, ilmiy odob, plagiat, manba imlosi Dastlab shartli qisqartmalar haqida to‘xtalish lozim. Tadqiqotda juda ko‘p hollarda ayni bir manbani (ilmiy adabiyotni, tajriba-sinov ishlari natijalarini, ayrim tushuncha va atamalarni, hatto ta’rif va qonuniyatlarni) juda ko‘p marotaba, tez-tez takrorlab turishga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, “Abdulla Qodiriy asarlarida eskirgan so‘zlar” mavzusidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi bu adibning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”, “Juvonboz” kabi asarlarini o‘nlab marotaba tilga olishi, har bir fikrni asoslash uchun bu asarlardan yuzlab misollar keltirishi lozim. Bundan tashqari, tadqiqotchi eskirgan so‘zlar muammosini anchagina mufassal tahlil etgan, masalan, E.Begmatovning “O‘zbek tilining leksik qatlamlari”, E.Qilichevning “Badiiy tasvirning leksik vositalari” asarlari, Sh.Rahmatullayevning “ТoшДУ Илмий aсaрлaри. Янги сирa. 211-чиқиши. Филoлoгия. 24- китoб. Тoшкeнт, 1963” to‘plamida chiqqan “Arxaizm va istorizm” maqolasini, har xil lug‘atlarni – ikki jilddan iborat bo‘lgan “Ўзбeк тилининг изoҳли луғaти”ni, 4 jildli “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” va h. larni tez-tez takrorlab turishi lozim. Ilmiy ishda, ixchamlik va tejamkorlik nuqtayi nazaridan, unda tez-tez takrorlanib turuvchi manba va tushunchalarni tadqiqotchi, odatda, qisqartmalar (shartli qisqartmalar) bilan beradi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarda juda ko‘p hollarda chizmalar, diagrammalar, qonuniyatlarni ixcham va yorqin aks ettiruvchi formulalar, jadvallar keng qo‘llaniladi. Ularda ham, asosan, har xil shartli qisqartmalar qo‘llaniladi. Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qo‘llaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xil. Ularning birinchi turi ma’lum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilar. Kimyoda N (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada “+” (qo‘shish), “-” (ayirish), “” (ildiz), “ a2 ” (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), B (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidan. Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V – fe’l, Vtr – o‘timli fe’l, Vin – o‘timsiz fe’l, S – ega, P – kesim, PV – fe’l kesim, Pn – ot kesim. Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, “Tilshunoslikka kirish” o‘quv qo‘llanmalarida sharhlanadi. Muallif bunday qisqartmalardan foydalanganda qisqartmalarni olgan manbasini aniq ko‘rsatishi lozim. Chunonchi, M.Saidovaning tadqiqotida shunday jumlani o‘qiymiz: Modellarda biz “Русская грамматика. –Москва: Наука. 1980” kitobida berilgan shartli belgi va qisqartmalar tizimini to‘la-to‘kis saqlaymiz.1 Bunda tayanch manba ilmiy jamoatchilir orasida keng tarqalgan, har bir ilmiy kutubxonada osongina topiladigan bo‘lishi lozim. Ikkinchi turdagi qisqartmalar muallifning o‘zi tomonidan yaratiladi. Bunday qisqartmalar qulay va to‘liq sharhiga nima bilandir ishora qilib turadigan bo‘lishi zarur. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning yuqorida sanab o‘tilgan uch romanida eskirgan so‘zlarning qo‘llanilish muammosini o‘rganayotgan tadqiqotchi ularni RI (ya’ni birinchi roman), RII, RIII deb ham, A1, A2, A3, deb ham, oddiygina I, II, III sifatida ham shartli qisqartma sifatida berishi mumkin. Lekin bunday qisqartma noqulay. Kitobxonni qiynaydi. Bu romanlarni O‘K, MCH, ObK qisqartmalari bilan berish esa ancha qulay, chunki qisqartmada asarning to‘liq nomiga ishora mavjud. O‘K – “O‘tkan kunlar”, MCH – “Mehrobdan chayon” va h. Muallif o‘z ishida foydalangan qisqartmalar alohida asarlarda (dissertatsiya, monografiya, darslik va h.) ishning kirish qismidan oldin, mundarijadan keyin, ilmiy maqolalarda esa maqola oxirida maxsus sarlavha (foydalanilgan qisqartmalar) ostida to‘liq va aniq ochib berilishi shart. Endi ilmiy tadqiqda havolalar masalasiga to‘xtalinadi. Ilmiy tadqiqotning muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalar. Ilmiy havolalar tadqiqotchining qanday manbalarga tayanib tadqiqot olib borganligini ko‘rsatib turadi. Tadqiqotda havolalar, asosan, ikki turli. Bular: a) material, tadqiq hodisalariga, tajriba-sinov ishlariga havolalar; b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilarning fikrlariga havolalar. Istagan ilmiy tadqiqot hamisha faktlarga (faktik materialga) tayanadi. Bu faktik material tilshunoslik tadqiqotlarida tilning voqelanish ko‘rinishlari – nutqdan (jonli so‘zlashuv, sheva, yozuvchilarning asarlari va h.dan), o‘tkaziladigan tajriba-sinov natijalaridan, zarur holatda ilmiy tadqiqotlardan olinadi. Bularning barchasi tadqiqotchi va tadiqiqot uchun material manbai. Ilmiy ishda keltirilgan har bir faktik materialning qaysi manbadan olinganligi aniq (tadqiqotni o‘qiyotgan boshqa shaxs osonlikcha topa oladigan shaklda) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Material manbai, odatda, faktik material keltirilgach, qavslarda – juda ko‘p hollarda shartli qisqartmalar bilan beriladi. Chunonchi: Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling