Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi - tadqiqot, mushohada, rus. Диссертация, ing. Dissertation muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qo‘yiladigan asar.
Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi rus. Актуальность темы диссертации, ing. The relevance of the dissertation topic bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot uchun kerakli ekanligi bo‘lib, fanda ko‘pincha oldingi nazariy tasavvurlar doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) rus. Гипотеза, ing. Hypothesis oldindan o‘rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo‘ladigan nazariy taxmin.
Do'stlaringiz bilan baham: |