Tajriba ishi rus. Экспериментальная работа, ing. Experimental work birmuncha yuksak natijalarni olishni ko‘zlab jarayonga oldindan belgilangan o‘zgarishlar, innovatsiyalarni kiritish uslubi.
Tasniflash rus. Kлассификация, ing. Classification o‘rganiladigan obyektlar, faktlarni o‘rganishning nazariy uslubi; hodisalarni bir-biriga nisbatan tartibga solishga asoslanadi.
Umumlashtirish rus. Oбобщение, ing. Generalization muhim fikriy operatsiyalardan biri bo‘lib, uning natijasida obyektlar va ular munosabatlarining nisbatan barqaror xususiyatlari ajratiladi va qayd qilinadi.
Yangilik rus. Инновация, ing. Innovation fanning shu tarmog‘iga yoki umuman fanga ulush darajasi; natijalar har xil tusda bo‘lishi mumkin –natijalar yoki ularning bir qismi yangi bo‘lishi mumkin, shuningdek natijalarning katta qismi yangilik sifatida qayd qilinmasligi ham mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Do'stlaringiz bilan baham: |