Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet21/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

1) Asadov Y.M.;

2) Abdurahmonov G‘A.;

3) Abdullayev A.A. ;

4) Abdurahmonov G‘.K..;

  1. Abdusamadov S.U.;

  2. Abdullaev A.B.

bo‘lgan olti manba ro‘yxatda quyidagi tartibda joylashtiriladi:

1) Abdullaev A.A;

2) Abdullaev A.B;

3) Abdurahmonov G‘.A.;

4) Abdurahmonov G‘.K;

5) Abdusamadov S.U;

6) Asadov Y.M.

Manba mualliflari ikki va undan ortiq bo‘lsa, ularning barchasi manbada keltirilgan tartibda, bir-biridan vergul bilan ajratib beriladi va oxirida (agar ism bosh harfi nuqtasi bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi.



1. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh.

2. Koshg‘ariy Mahmud.
2. Muallif familiyasi (familiyalari) va ismlaridan keyin bosh harf bilan (qo‘shtirnoqsiz) maqola/ma’ruza/asar nomi kitobning muqovasi/mundarijasi asosida emas, balki birinchi titul varag‘i (zarvarag‘i/maqolaning boshlanishi) asosida to‘liq yoziladi:

1. Турсунoв У., Муxтoрoв Ж., Рaҳмaтуллaйeв Ш. Ҳoзирги ўзбeк aдaбий тили. Лeксикoлoгия. Фoнeтикa. Мoрфoлoгия.

2. Журавлев А.П., Пaвлик Т.А. Язык и компьютер. Книга для учащихся старших класов средней школы.

3. Нурмoнoв A. Мaҳмудxўжa Бeҳбудий вa ўзбeк тилшунoслиги мaсaлaлaри.

4. Шoaбдурaҳмooв Ш. Aнтрoпoнимик фoрмaтлaрнинг тaркибий-функциoнaл ривoжи ҳaқидa.

Asar nomi to‘liq (manba imlosi va tilida) keltirilgach, nuqta qo‘yiladi. Keyin

a) manba alohida kitob (risola) shaklida bosilgan bo‘lsa, nuqtalar bilan ajratilib bosilgan o‘rni ko‘rsatilib ikki nuqta bilan ajratiladi va nashriyoti, nuqtadan so‘ng yili, umumiy sahifalar miqdori ko‘rsatiladi.

1. Турсунoв У., Муxтoрoв Ж., Рaҳмaтуллaeв Ш. Ҳoзирги ўзбeк aдaбий тили. Лeксикoлoгия. Фoнeтикa. Мoрфoлoгия. –Тoшкeнт: Ўқитувчи. 1975. 228 б.

2. Журавлев А.П., Павлик Н.А. Язык и компьютер. Книга для учащихся старших класов средней школы. –Москва: Просве­ще­ние. 1989. 160 стр. .

Manba ilmiy maqola/tezis/axborot bo‘lsa, uni o‘z ichiga olgan kitob (jurnal, to‘plam va h. ) // belgisidan keyin berilib, uning nomi qo‘shtirnoqsiz va nashr joyi, yili, shu maqola egallagan betlari “ –B. ” belgisi bilan beriladi:



3. Nurmonov A. Mahmudxo‘ja Behbudiy va o‘zbek tilshunosligi masalalari // O‘zbek filologiyasi masalalari. Ilmiy maqolalar to‘plami. 3- chiqish. –Samarqand: SamDU nashriyoti. 2001. –B. 18–21.

4. Shoabduraxmonov Sh. Antroponimik formatlarning tarkibiy-funksional rivoji haqida // O‘zbek tili adabiyoti. 2003. 4- son. –Toshkent: Fan. –B. 20–25.

Manba sifatida mualliflari zarvaraqda ko‘rsatilmagan to‘plam, axborotnoma, monografiya va h. keltirilganda asarning mas’ul muharriri (yoki tahrir hay’ati), qavsda nashr etgan muassasasi ham ko‘rsatilishi zarur:

1) O‘zbek tili tarixi masalalari. Mas’ul muharrir prof. A.Rustamov. (O‘zb. FA. TAI. ) –Toshkent: Fan. 1977. –B.184.


  1. O‘zbek tili grammatikasi. 1- tom. Morfologiya. Mas’ul muharrirlar A.Abdurahmonov, Sh..Shoabdurahmonov, A.P.Hojiev. (O‘zb. FA TAI). -Toshkent: Fan. 1971. –612 b.

Joy nomi oldidan chiziqcha, undan keyin nashriyoti bo‘lsa, vergul va ikki nuqta, nashriyotsiz bo‘lsa, vergul va ikki nuqtadan keyin NS (nashriyotsiz) qisqartmasi qo‘yiladi. Moskva, Sankt-Petrburg va Toshkent kabi ayrim shaharlarini qisqartirib yozish qoidalashtirilgan. – M., – CPb., – T. tarzida.

Foydalanilgan manba maqola yoki tezis bo‘lmasa, oxirida manbaning umumiy sahifasi qoidaga muvofiq beriladi. Masalan, 365 b. (yoki –365 str.):



O‘zbek tili grammatikasi. 1-tom. Morfologiya. Mas’ul muharrirlar A.Abdurahmonov, Sh..Shoabdurahmonov, A.P.Hojiev. (O‘zb. FA TAI). – Toshkent: Fan. 1971. – 612 b.

Bibliografiya (Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati) ilmiy tadqiqning so‘nggi qismi bo‘lib, ilmiy tadqiq hajmi ichiga kiradi. Undan keyin ilmiy tadqiqotga, zarur bo‘lganda, har xil ilovalar beriladi.

Havolalarda keltirilgan adabiyotlarning manba tili va imlosida berilish zarurligini yana bir karra ta’kidlash foydadan xoli emas. Chunki xorijda e’lon qilingan ishlarni kirillcha harflar bilan berish, mualliflarining familiyasi va ismini o‘zbekcha o‘qilishi asosida ko‘rsatish kabi xatolar tez-tez uchrab turadi. Ishda manba imlosini saqlashga mutlaqo imkoniyat bo‘lmagan taqdirda (ieroglifik yoki boshqa bir nodir alifbodagi manbalar keltirilganda) manba oxirida qavs ichida izoh berilishi shart. Chunonchi:

Alqur’onul Karim. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniya nazorati tab’i. –T., 1375. 568 b. (Arab yozuvida)

Shu bois ushbu qo‘lanmada yuqorida o‘zbek tilidagi manbalar, masalan, ilmiy havolalarda bu yerda ketirilgan shaklda berilishi mumkin emas. Zarur bo‘lganda, izohlanishi shart:



O‘zbek tili grammatikasi. 1- tom. Morfologiya. Mas’ul muharrirlar A.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, A.P.Hojiev. (O‘zb. FA TAI). –T.: Fan. 1971. 612 b. (O‘zbek kirill alifbosida).

Quyida adabiyotlar ro‘yxatidan namuna beramiz.



Alohida nashrlar

  1. Асқарова М. Ҳозирги ўзбек тилида эргашиш формалари ва эргаш гаплар. –Т.: Фан, 1966. – 126 б.

  2. Аксаков К.С. Опыт русской грамматики. Ч.I. Вып. I. –М.: Наука, 1960. – 200 с.

  3. Зикриллаев Ғ. Истиқлол ва адабий тил. –Бухоро: НC, 1896. – 300 б.

  4. Сайфуллаева Р., Қурбонова М., Боқиева Г. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Т.: Университет, 2004. – 230 б.

Jurnal maqolalari

  1. Сайфуллаева Р., Абузалова М. Гапнинг энг кичик қурилиш қолиплари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1991. – № 5. –Б. 42–47.

  2. Нигматов Х.Г. Соотношение категорий падежа и принадлежности в языке тюркских памятников ХI–ХII вв. // Советская тюркология. – 1977. – № 4. – С. 16–24.

To‘plam maqolalari

  1. Панфилов В.З. К вопросу о соотношении языка и мышлении // Мышление и язык. Сб. ст. –М., 1957. –С. 11–47.

  2. Исломов И. Фразеологик бирикмаларнинг таснифига доир // Миллий истиқлол ва давлат тили. Мақ.тўп. –Қарши, 2004. –Б. 117–118.

  3. Тожиева Г. Полисемантик сўзларнинг лексикографик талқини // Ўзбек тилшунослигига оид тадқиқотлар. Маъруз.тўп. –Самарқанд, 2003. –Б. 100–102.

Taqrizlar

  1. Мирзаев М., Абдуллаев А., Киличев Э. С.Н.Ивановнинг «Турк тили грамматикаси» китобига тақриз // Ўзбек тили ва адабиёти. –1976. –Б. 113–117.

Dissertatsiyalar

  1. Садиков К. Категории падежа в узбекском языке: Дисс. ... канд. филол.наук. –Т., 1963. –150 с.

  2. Худойназаров И. Эргаш Жуманбулбул ўғли достонларидаги антропонимларнинг луғавий тизимдаги ўрни: Филол.фан.номз.дисс. –Т., 1998. –120.

Avtoreferatlar

  1. Халимов К. Категории принадлежности в узбекском языке: Автореф.дисс. ... канд. филол.наук. –Т., 1963. –20 с.

  2. Худойназаров И. Эргаш Жуманбулбул ўғли достонларидаги антропонимларнинг луғавий тизимдаги ўрни: Филол.фан.номз.дисс. ...автореф. –Т., 1998. –21 б.



Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling