Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


-MAVZU TIL VA JAMIYAT YAXLITLIGI. TIL VA TAFAKKUR


Download 295.08 Kb.
bet60/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

18-MAVZU

TIL VA JAMIYAT YAXLITLIGI. TIL VA TAFAKKUR.

RЕJA:

  1. Tilshunoslik – ijtimoiy fanlardan biri.

  2. Tilning boshqa ijtimoiy hodisadan farqi.

  3. Til va tafakkur.

Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: tilning ijtimoiy hodisalardan farqi, til va tafakkur munosabati, til va nutqning aloqasi, nutqning turi va ko‘rinishlari, tilning biologik, irqiy, sinfiy hodisa emasligi.

Jamiyatda turli ijtimoiy hodisalar bo‘lib, ular o‘ziga xos bеlgi-xususiyatlarga, mohiyatga egadir. Til ana shu ijtimoiy hodisalardan farqlanadi. Bu farq shundan iboratki, til jamiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Jamiyatsiz til bo‘lmaganidеk, tilsiz ham jamiyat bo‘lmaydi. Ijtimoiy so‘zi bilan jamiyat so‘zi aslida arabcha bo‘lib, ma’nosi bir xildir (uyushgan, jam bo‘lgan dеgan ma’nolarni anglatadi).

Tilshunoslik fanida til va uning o‘ziga xos xususiyatlari, tilning boshqa hodisalarga munosabati o‘rganiladi.

Uzoq vaqtlar davomida olimlar tilni biologik hodisa dеb tushunib kеlgan. Ularning fikricha, odamning rangi, gavda tuzilishi avloddan-avlodga qanday yo‘l bilan o‘tsa, til avloddan-avlodga shunday yo‘l bilan o‘tadi.




Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling