nisbatan betarqf bo 'lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida
etuvchi haqiqat yo'lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi,
fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Fanning uchinchi - institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga
urg'u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida
moddiylashtiradi. Utnuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi
bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura,
san’at va hokazolar ham bog‘liq.
Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy
tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a ’zolari о ‘rtasidagi o'zaro aloqalar
tizimini, m e’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n
minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut
sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX
asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi
bilan tenglashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |