Magistratura mutaxassisligi: Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 64.8 Kb.
|
Tashmamatova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: Ilm ancha yosh bo`lsa ham tez rivojlanmoqda. Sababi, pedagogik jarayonda uchraydigan konfliktning t6rlari anchagina. Konfliktlarning turlariga, mazmuniga qarab ayirib uni echish metodlari, usullari, amallari ham har xil bo`ladi. Kurs ishining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarga pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik haqida to’liq ma’lumot berish.
Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi mavzu, mundarija, kirish qismi, ikki bob, to’rt reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib jami 28 sahifadan iborat. Pedagogik konfliktlarning tuzilishi Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning etishmovchiligidir : bitta direktor lavozimiga ikkita o’rinbosarning da’vogarligi, do’konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o’rtasida bo’ladigan janjal. Resurslar tanqisligini kompensatsiya qilish ko’pincha yuzaga kelgan muammoni birdaniga hal qilishi mumkin. Kishilar kundalik hayotlarida to’qnash keladigan ko’p sonli muammolarni shu tariqa yo’q qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipik konfliktlar ob’ektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo’lgan transport va navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va tovar ta’minoti tanqisligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Ba’zan konfliktlar aniq ob’ektga ega bo’lmasligi mumkin, ya’ni ob’ekti bor konfliktlar bilan birga ob’ektsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda sub’ektlarning birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maksad-intilishlari istisno qilinadi. Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo’shni xonadonlarning birida uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qo’shnisi pianinoda mashq qila boshlaydi. Birinchi qo’shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga keladi. Bu konfliktda qo’shnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. YOki jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o’tkinchi bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir sub’ekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro’y beradi. SHuday qilib, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo’lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularning inobatga olmaslikning ilojisi yo’q. Faqat konfliktlarni boshqarish, ularni echimini topishga o’rganish darkor. Konfliktlar echimini quydagi guruhlarga ajratish mumkin: - tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko’ra ziddiyatning echimiga kelishish va to’xtatilishi. - konfliktning simmetrik echimining topilishi va to’xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi). - konfliktning asimmetrik hal bo’lishi (ziddiyatdan faqat bir tomon yutib chiqadi). - konfliktning bir katta nizoni keltirib chiqarishi; - konfliktning asta «o’chib», «so’nish» va yo’qolib borishi. YAshiringan formadagi konflikt tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarini o’zida to’plab borayotganligiga bog’liq. Agar bu holatlar ijobiy sensorlarga tayansa konflikt echimini topish uchun sharoit mavjud bo’ladi, agar ular salbiy sensorlarni kuchaytirib yuborsa, demak, konfliktning keskinlashib borayotganligini anglatadi. Shunday qilib, - konflikt yuzaga kelishi tabiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo’rqmaslik va dovdiramaslik lozim; - konfliktning sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish darkor; - konflikt manfaatlarning to’qnashuvi hisoblanadi; - konflikt echimini topish uchun tomonlarning ixtiyoriy sayi-harakatlari kerak; - har qanday konfliktning o’z echimi bor, uni topish kerak; - konflikt o’zidan-o’zi hal bo’ladigan jarayon emas, balki kattaroq nizolarga olib kelishi mumkin. - konflikt echimida ziddiyatning echimi qarama-qarshi odamga emas muammoga qaratilishi lozim. - konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi. - konfliktni har doim yoshlar ma’lum bir ilmga tayanib hal etish kerak. - konfliktni ijobiy xususiyatlari ko’ra olish kerak. - yoshlar konfliktning salbiy yoki ijobiy xususiyatlari tenglikda ko’ra olishi lozim. Download 64.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling