Magistratura talabasining ilmiy amaliyot (stajirovka) O‘tash bo‘yicha shartnomasi №


Download 31.7 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi31.7 Kb.
#1259532
1   2   3   4
Bog'liq
Магистрлар учун амалиёт шартнмомаси

STAJYORNING MAJBURIYATLARI:

4.1. Ilmiy amaliyot (stajirovka) davrida stajyor «Qabul qiluvchi tashkilot» belgilagan vaqtda belgilangan joyda bo‘lishi shart.
4.2. Ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash muddatida amaldagi mehnat qonunchiligi va qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalariga muvofiq ilmiy amaliyot (stajirovka) dasturi asosida o‘z faoliyatini yuritadi.
4.3.“Stajyor” ilmiy amaliyot (stajirovka)ni uzrli sabablar bilan o‘tay olmasligi ma’lum bo‘lgan taqdirda zudlik bilan “Jo‘natuvchi tomon”ni ilmiy amaliyot (stajirovka)ni o‘tay olmaslik sababini ko‘rsatgan holda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qiladi va tomonlar ilmiy amaliyot (stajirovka)ni muddatini o‘zgartirish yuzasidan ogohlantiriladi.
4.4.“Qabul qiluvchi tashkilot” Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning oxirgi kuni stajyorga amaliyot (stajirovka) bo‘yicha yakuniy hujjatlarni taqdim qiladi.
4.5. Ilmiy amaliyot (stajirovka) yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda stajyor “Jo‘natuvchi tomonga” ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha hujjatlarni va hisobotlarni taqdim qiladi.



  1. JO‘NATUVCHI TOMON”NING MAJBURIYATLARI:

5.1.Shartnomaning 2.1 bandiga muvofiq stajyorni Ilmiy amaliyot (stajirovka)ga jo‘natilishini ta’minlaydi.
5.2.Uch ish kunida shartnomaning 3.2.3 bandiga muvofiq qaror qabul qiladi va “Qabul qiluvchi tashkilot”ga xabar beradi.
5.3.Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni magistratura talabalariga doimiy berib boradi;
5.4.Magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘quv yilining birinchi oyidan Fanlar akademiyasining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilm-fan bilan tanishishi va o‘zlarining ilmiy qiziqishlariga mos mavzularni aniqlashi uchun yo‘naltiradi;
5.5.Oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar ilmiy amaliyot (stajirovka)larini ilmiy-tadqiqot muassalarida shartnoma asosida o‘tkazilishini hamda ilmiy amaliyot (stajirovka)ning reja-jadvali va dasturlari to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilaydi;
5.6.Magistratura talabalarning amaliyot (stajirovka)sini tashkil etish, mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi;
5.7. Ilmiy amaliyot (stajirovka)ni o‘tagan talabalarni o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so‘ng ilmiy-tadqiqot muassasalarining ehtiyojlari asosida ularni ishga yo‘naltirish vazifalarini yuklatadi.




  1. Download 31.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling