Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov


Download 85.44 Kb.
bet17/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
25.04.2022
Amaliyotning bugungi kuni Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari bilan ko’rishishdan boshlandi. Aktiv amaliyot davomida yuritilishi lozim bo`lgan hujjatlarning shakli va rasmiylashtirish qoidasi bilan yana bir bor chuqur tanishish maqsadida barchamiz yig`ilib amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. maslahat va tegishli o`rinlarda yordam olish maqsadida kafedrada hujjatlar ustida 2 soatlik ish olib bordik. Ustoz barchamizni yig`ib, hujjatlarni rasmiylashtirish qonun-qoidasi va yuritilish tartibi haqida tegishli ko`rsatmalarni berdilar va biz magistrantlar berilgan nazariy tavsiyalardan amaliyot davomida o`rinli foydalanishga harakat qilamiz. Turli konferensiyalarda ishtirok etish uchun maqola tayyorladik. Kafedramiz o‘qituvchisi Babayev Samandar Samiyevichning 3- bosqich talabalariga Hisoblash usullari fanidan “Parabolik tipdagi masalalarni taqribiy yechish.Ayirmali sxemalardagi turg’unlik va yaqinlashish orasidagi bog’lanish.” mavzusidagi ma`ruza mashg`ulotiga dars tahliliga kirdim.Dars amaliyotida fan o’qituvchisiga magistr yordam berishiga kelishib olindi. Ma’ruzaning zamonaviy texnologiyalar yordamida o’tilishi o’quvchilarga mavzuni tushunishda qulaylik tug’dirdi. Dars mazmunli, qisqa va lo’nda qilib tushuntirildi. Xulosa qilishda o’quvchilar fikrlarini aytib o’tdilar.
26.04.2022
Pedagogik amaliyot rahbarimizdan talabalarga mustaqil ta’lim berish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni bilib oldik.
Mustaqil ta'limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat ekan.
Mustaqil ta'lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga olar ekan.
27.04.2022
Amaliyotimizning bugungi kunida talabalar bilan suhbat olib bordik. Ularga magistraturada o’qish haqida taassurotlar uyg’otdik. Bakalavr talabalari bilan savol-javoblar qildik. Talabalarning qaysi fanlarni chuqur o’zlashtirishlari kerakligi haqida savollarga magistrlar tomonidan javob berildi. Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilafri bilan amaliyotimiz haqida suhbatlashdik. Kafedra o’qituvchilari magistrantlarni o’z darslari tahliliga taklif qildilar. Darsda qo’llaniladigan metodlar haqida tushuncha berdilar. Dissertatsiyamavzusi yuzasidan tushunmovchiliklar bo’yicha savol javob qildik. MD ning I bobini yakunladik.

Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling