Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Download 85.44 Kb.
bet2/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

8.02.2022
2022-yilning 16-fevralida Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. tomonidan barcha II bosqich magistrantlarga pedagogik amaliyot to`g`risida ko`rsatma berib, amaliyot davomida rasmiylashtirib borilishi kerak bo`lgan hujjatlar aytib o`tildi:

  • pedagogik amaliyot ish rejasi;

  • pedagogik amaliyot kundaligi;

  • pedagogik amaliyot davomida rasmiylashtirib boriladigan dars tahlillari;

  • amaliyotchi biriktirilgan guruh bilan ishlash jildi;

  • amaliyot davomida o`tkaziladigan ochiq darsni rasmiylashtirish;

  • pedagogik amaliyot oxirida rasmiylashtiriladigan hisobot.

Bularning barchasini amaliyot davomida avval qay tartibda amalga oshirilishini kuzatib, amaliyot rahbari bilan birgalikda bajarib borish vazifasi yuklatildi. Professor-o’qituvchilar tajribasini o’rganish va ilmiy ishning kirish qismini yozdim.
9.02.2022
Kafedra yig`ilishida ko`rib o`tilgan masala yuzasidan Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi Amaliy matematika (sohalar bo`yicha) yo`nalishi II bosqich magistrantlari quyidagicha 15 haftali pedagogik amaliyot o`tashlari belgilandi: Barcha magitrantlar o`zlari biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan birgalikda pedagogik amaliyot davomida olib boriladigan ishlar, yuritiladigan hujjatlar, o`rganilishi va kuzatilishi kerak bo`lgan vazifalarni belgilab olishdi.

10.02.2022
2022-yilning 18-fevralidan boshlab barcha magistrantlar bo`lim va kafedra tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida bevosita pedagogik amaliyotga kirishishdi. Avvalambor, ishni yuritiladigan rasmiy hujjatlarni o`rganishdan boshladik. Pedagogik amaliyot ish rejasini biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda tuzish asosiy vazifa sifasida belgilab olindi. Pedagogik amaliyot ish rejasi haftalik qilib tuzib chiqilsa yuritiladigan ishlar tizimli bo`lishini inobatga olgan holsa har bir haftalik qilib ish rejalar amaliyot rahbarlari boshchiligida tuzildi. Pedagogik amaliyot ish rejasiga har bir qilinadigan ishlar hafta kunlari kesimida joylashtirilib, barcha vazifalar amaliyot muddati bilan belgilab chiqildi. So`ngra har bir amaliyotchi magistrant o`z ish rejasiga muvofiq pedagogik amaliyotni o`tashga kirishdi.
11.02.2022
2022-yilning 19-fevralidan boshlab har kun 4 soat (2 juftlik) dars mashg`uloti kuzatilib, qolgan vaqt mobaynida guruh bilan ishlash jarayonida yuritiladigan hujjatlar bilan tanishish ishlari olib borildi. Har bir magistrant o`tilayotgan dars mashg`ulotlariga kirib kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni boshladi. Dars mashg`ulotida, asosan quyidagilarga:

  • mashg`ulot o`z vaqtida boshlanishi;

  • auditoriya mashg`ulot o`tishga tayyorligi;

  • jurnal belgilangan tartibda to`liq rasmiylashtirilganligi;

  • guruh davomati darajasi;

  • mashg`ulot bo`yicha chop etilgan o`quv-uslubiy majmuaning mavjudligi;

  • mashg`ulotning ishchi o`quv dasturi va taqvim rejasiga mosligi darajasi;

  • mashg`ulotning ilmiy darajasi;

  • talabalarning mashg`ulotni qabul qilish darajasi;

  • mashg`ulotda talabalarning faolligi darajasi;

  • mashg`ulot mavzusi bo`yicha adabiyotlar ro`yxatining mavjudligi;

  • mashg`ulotda axborot texnologiyalarni qo`llash darajasi;

  • mashg`ulotda yozuv doskasidan foydalanish darajasi;

  • mashg`ulotda pedagogik texnologiyalarni qo`llash darajasi

kabilarga e`tibor qaratish keraligi va rasmiylashtiriladigan dars tahlillari shu asnoda to`ldirilishi belgilab olindi.


Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling