Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov


Download 85.44 Kb.
bet3/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov

13.02.2022
Biz bugun Algoritmik tillar va dasturlash fanidan Qobilov K tomonidan o’tiladigan amaliy mashg’ulotiga tahlilga kirdik. Mashg’ulot davomida talabalarga nazariy qism vazifa qilib berilgan ekan va shu asosida ular laborotoriya mashg’ulotini bajardilar. So’ng 3- juftlikda esa biz Algoritm tillari va dasturlash Rustamo H tomonidan o’tiladigan amaliy mashg’ulot darsiga tahlilga kirdik.
Barcha pedagogik amaliyotchilar o`zlari biriktirilgan sinflarda bo`layotgan dars jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, kuzatilgan darslarni rasmiylashtirish uchun dars tahlillarini to`ldirishdi. Boshlangan amaliyotning qanday davom etayotganligi bilan tanishish maqsadida Amaliy matematika kafedrasi dotsentlari S.Babayev va J.Jumayevlar tomonidan barcha magistrantlarga yo`l-yo`riqlar va vaqtni to`g`ri taqsimlab, ish unumdorligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi.
14.02.2022
Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. tomonidan kafedraning barcha professor-o`qituvchilari va Amaliy matematika sohalar bo’yicha yo`nalishi II bosqich magistrantlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishdan ko`zlangan masala magistrantlarning pedagogik amaliyot davomida o`tkazishi kerak bo`lgan ochiq darslari mavzusi va vaqti belgilab olindi.
15.02.2022
2022-yilning fevral oyida Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. Amaliy matematika yo`nalishi II bosqich magistrantlari ochiq dars o`tkazilishi ish rejaga kiritilganligi tufayli ular aynan ochiq darsga qanday tayyorgarlik ko`rish va nimalarni e`tibordan chetda qoldirmaslik to`g`risida kafedraning professor-o`qituvchilari bilan fikr-mulohaza almashishdi. Barcha magistrantlar ham o`zlarining mavzularini ochiq dars sifatida o`tkazish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Universitetdagi Axborot texnologiyalari fakultetida darslar uch turga:

  • seminar (amaliy)

  • ma`ruza (nazariy)

  • laboratoriya (amaliy)

o`tkazilishini inobatga olgan holda ba`zi bir amaliyotchilarga seminar (amaliy) va loboratoriya (amaliy) dars mashg`ulotlari ba`zilariga esa ma`ruza (nazariy) dars mashg`ulotlari yuklatildi. So’ngra Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti Saidova N.S. tomonidan 1-1PMIK-18 va 1-2PMIK-18 guruhlar talabalariga ISpring Kneticsdan foydalanib 3d kitob yaratish mavzusida o’tiladigan maruzaga tahlilga kirdik.
Tyutorning hujjatlari bilan tanishdim va iqtidorli talabalar bilan tanishish va turli konferensiyalarda ishtirok etish uchun maqola tayyorladim;

Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling