Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Download 85,44 Kb.
bet4/23
Sana19.06.2023
Hajmi85,44 Kb.
#1614065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

16.02.2022
Biz bugun Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Babayev S.S ning Hisoblash tahlili fanidan mavzusidagi maruzalariga tahlilga kirdik. Dars jarayonida biz o’zimizga kerakli bo’lgan anchagina yangi ma’lumotlar va metodlarni o’rgandik. Biz magistrantlar o`tgan 10 kunlik pedagogik amaliyot davrida shuni angladikki, pedagogik amaliyot bizlarga universitetda olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o`rgatadi.

  • psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olingan bilimlarga tayangan holda magistrantlarning talabalar bilan individual xususiyatini hisobga olgan holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatadi;

  • talabalarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlaydi;

  • kafedra mudiri, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, fan o`qituvchilari, guruh rahbarlar va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilish va boshqalarni o`rgandik.

17.02.2022
2022-yilning 25-fevralida Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. tomonidan barcha II bosqich magistrantlarga pedagogik amaliyot davomida amaliyotchilarning huquqlari haqida ma`lumot berdilar. Pedagogik amaliyot Vazirlik tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasiga asosan ma`lum bir vaqt bo`yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar pedagogik amaliyot ko`rsatma va dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat`iy amal qilishi zarurligi aytib o`tildi.
Har bir amaliyotchi pedagogik amaliyotni belgilangan muddatda o`tishi lozimligi uqtirildi. Talaba amaliyot yakunida o`z hisobotini oliy ta`lim muassasasi tomonidan tuzilgan hay`at oldida himoya qilishi tushintirildi. Amaliyot natijasi magistraturani tugatishda va magistrlik dissertatsiyasi himoyasida, albatta, hisobga olinishi eslatib o`tildi.
18.02.2022
Amaliyot davomida bizga Qobulova Elnora guruh sardorlik qilib, barcha amaliyotchilarning davomatini ta`minlab, ularga bo`ladigan tadbirlarni va amaliyot davomidagi qo`shimcha ma`lumotlarni yetkazib turdi. Bajariladigan barcha pedagogik amaliyot davomidagi vazifalar ijrosini bajarishda magistrantlar amaliyot rahbarlari yordamida ishlashdi. Bir-birlari bilan fikr-mulohaza amlashishdi. Shu bilan bir qatorda professor-o`qituvchilarning seminar (amaliy) va ma`ruza (nazariy) darslari kuzatilib, tahlil qilinib, hujjatlari rasmiylashtirib borildi.. Rejaga asosan pedagogik amaliyot davomida kafedra o‘qituvchilarining bir qancha darslarni kuzatib, ularning dars berish usullarini tahlil qildik.


Download 85,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling