Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov


Download 85.44 Kb.
bet7/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov


27.02.2022
Bugungi amaliyotimizda biz ishchi o'quv reja mazmun mohiyatini o'rgandik. Namunaviy o'quv rejaga asosan ishchi o'quv rejalarda shakllantirilishi, ular
- umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negizida olingan bilimlarni to'ldirishi va rivojlantirishi;
- milliy istiqlol g'oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma'naviyat va demokratik madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e'tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi;
- ta'limning kimyo, biologiya, xalq an'analari, urf-odatlari bilan uzviy birligini, O'zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo'lishini ta'minlashi;
-insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi;
-ta'lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo'naltirilganligini ta'minlashi lozimligi tushuntirildi.


28.02.2022
Bugungi amaliyot mobaynida namunaviy o'quv dastur haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Fan dasturi me'yoriy hujjat sifatida Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim faoliyatining asosi bo'lib hisoblanadi. Unda o'quv fanlari bo'yicha talabalar tomonidan o'zlashtiriladigan asosiy bilim va zaruriy ko'nikmalar nazarda tutiladi. Fan dasturi ikki turga bo'linadi:
-Namunaviy o'quv dasturi
-Ishchi o'quv dasturi.
Namunaviy o'quv dasturi - o'quv rejadagi aniq fanlar bo'yicha davlat ta'lim standartlariga asosan tayanch OTMlarining tegishli kafedralari tomonidan ishlab chiqiladigan, o'quv materiallarni o'zlashtirishga va o'qitish mazmuniga qo'yiladigan majburiy talablarni o'z ichiga oladigan O'zbekiston tomonidan tuziladi. Namunaviy o'quv dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
•Kirish
•Asosiy qism
•Amaliy mashg'ulot mavzulari
•Seminar mavzulari
•Mustaqil ta'lim mavzulari
•Tavsiya etiladigan darsliklar va o'quv qo'llanmalar ro'yxati.
Davlat ta'lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ma'lum fanlardan chizma-hisob, kurs ishlari, loyihalari va ularning mavzu va yo'nalishlari ham keltirilishi mumkin.



Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling