Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Download 85,44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
1.03.2022
Men bugungi amaliyotimni kursdoshim Namozova Niginaning dars mashg’ulotini tahliliga kirishdan boshladim. Dars jarayoni juda qiziqarli bo’ldi chunki dars jarayonini noananaviy tarzda interfaol metodlari yordamida o’tildi. Pedagogik amaliyot davomida universitetda olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o`rgatadi. Psixologiya, pedagogika hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olingan bilimlarga tayangan holda magistrantlarning talabalar bilan individual xususiyatini hisobga olgan holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatadi. Talabalarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlaydi. Kafedra mudiri, fan o`qituvchilari, guruh rahbarlar va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilishni o`rgandik 2.03.2022 Bugun amaliyot davomida ishchi o'quv dasturi xususida ma'lumot oldik. Ishchi o'quv dasturi - OTMning magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o'quv rejadagi aniq bir fan bo'yicha o'quv dasturiga asosan professor-o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan, fanning mazmuniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o'qitish ketma-ketligiga rioya qilingan holda fanga ajratilgan soatlar aniq ko'rsatilgan me'yoriy hujjat hisoblanadi. Ishchi o'quv dasturi tegishli ta'lim standartlarini konkretlashtiradi, o'quv jarayonini uslubiy, informatsion va texnik jihatidan ta'minlanishini nazarda tutadi. OTMlarda talabalarni tayyorlash va o'qitish xususiyatlarini aks ettiradi. O'quv dasturi asosida tuzilgan ishchi o'quv dasturida aniq mavzular,ularga ajratilgan soatlar, mavzular bo'yicha qo'llaniluvchi didaktik va texnik vositalar, mavzular va bo'limlar bo'yicha bilimni nazorat qilish turlari hamda tegishli uslubiy tavsiyalar aniq ko'rsatiladi shuning uchun uning hajmi cheklanmaydi. Biz bugun kafedramiz o’qituvchisi A.Ergashevning Komyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo`nalishining web dasturlash fanidan o`tkazilgan maruzalariga tahlilga kirdik. 3.03.2022 Bugungi amaliyotimizda biz amaliyot davomida nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Amaliyot o'tishda: •amaliyot dasturida ko'zda tutilgan topshiriqlarni to'liq bajarish; •amaliyot ob'ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo'ysunish; •mehnat muhofazasi, havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o'rganishi va qat'iy rioya qilish; •bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu amaliyot ob'ektlari ishchilari qatori javobgarlik olish; •kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarish; •amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berish va amaliyot bo'yicha yakuniy hisobotni topshirish lozimligi tushuntirildi. Download 85,44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling