2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)



2§ MAKTAB KIMYO KURSINING TUZILISHI VA MAZMUNI. O‘QUV 
JARAYONINI REJALASHTIRISH. 
 
Reja: 
2.1. Maktab kimyo kursi bo‘yicha DTS va o‘quv dasturining tuzilish prinsiplari.
2.2. Kimyo fanining ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan dasturlari.
2.3. Nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan minimal va maksimal talablar.
2.4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan
sayohatlarning taxminiy joylari.
2.5. Pedagog o‘qituvchi ish faoliyati davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy – uslubiy, ma’naviy-
ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yuritadigan hujjatlari.
2.6. Maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni.
2.7. O‘rta maktab va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun mo‘ljallangan kimyo fani 
darsliklari, ularning tuzilishi, vazifasi.
2.8. O‘quv qo‘llanmalar, o‘quv ishini rejalashtirish, yillik reja tuzish. 
 
Maqsad: Talabalarni maktab kimyo kursining zamonaviy didaktik talablarga javob 
beradigan tuzilishi va mazmuni sistemasi bilan tanishtirish. Maktab kimyo kursining asosi 
dastur ekanligini ko‘rsatish. 
 
2.1. Maktab kimyo kursi bo‘yicha DTS va o‘quv dasturining tuzilish prinsiplari. 
 
Kimyo ta’limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta’minlash asosida, kimyo ta’limida 
«Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim 
nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, Respublikamizda kimyo sanoatining 
erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, tabiat va jamiatga kimyoviy ishlab 
chiqarishning ekologik ta’siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga 
qaratiladi. Bunda o‘quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko‘nikma va 
malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beraladi.
Kimyo ta’limi standarti quyidagi 3 ta bo‘limdan iborat: 
1) Kimyo ta’limi mazmuni negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar. 
2)Kimyo ta’limida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan standartning 
minimal talablari. 
3)Kimyo ta’limida o‘kuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan standartning 
maksimal talablari. 
«Kimyo ta’limi mazmuni negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar» bo‘limi o‘quvchilarga 
kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta’lim – tarbiya va o‘quvchilarda hosil qilinadigan 
amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Ikkinchi va uchunchi bo‘limda esa o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan 
talablar yoritiladi. 
O‘quvchilarga maksimal ball yoki baho qo‘yishda har ikkala, ya’ni minimal va maksimal 
tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta’limi standarti 
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini ifodalashga, kimyo ta’limi sifatini 
baholashda o‘lchov mezoni bo‘lib xizmat qilishiga imkon beradi.
Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat 
keskinlashib borayotgan paytda maktablarda Kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o‘qitish 
bir tomondan zaruriyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir. 
Maktabda kimyo ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish 
sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
kimyo fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish 
qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirish, ularda 


milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni 
davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar beriladi.
Tabiiyki, har qanday zamonaviy dastur kimyo fanida va kimyoviy ishlab chiqarishda 
erishilgan hamma yutuqlarni o‘zida aks ettira olmaydi. Demak, shunday ekan, kimyodan o‘quv 
dasturining asosiy vazifasi o‘qituvchiga ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida 
kimyoviy jarayonlarni boshqarish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va 
ulardan nafaqat sanoat, qishloq xo‘jaligi miqyosida, shuningdek, kundalik turmushda, oilada 
foydalanishning umumiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lishi kerak. Bunda 
ekologik e’tiqod ham o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. 
Ushbu dasturning mazmunini belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor berilgan: 
7-,8 va 9- sinflarda o‘rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o‘quvchilar 
atrofini o‘rab turgan muhitdagi hayot; turmush va ishlab chiqarish hamda o‘quvchilarning 
turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. 
O‘quv dasturi kimyo fanini o‘qitishda oddiydan murakkabga tomon tuzilgan bo‘lib, 
dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va 
qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati erishgan yutuqlar, 
tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o‘rni, ta’siri haqidagi bilimlarni berish va 
amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilgan. 
O‘quv dasturda o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya 
ishlariga, har bir mavzuga tegishli savol va topshiriqlarni yechishga katta ahamiyat beriladi, 
tegishli bo‘limlar tugatilgandan so‘ng olingan nazariy bilimlar test sinovlarini bajarish orqali 
mustahkamlab boriladi. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling