2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

Mazmunning bir butunlik mezoni. O‘quv predmeti kimyo fanining asosiy 
yo‘nalishlarini aks ettirish kerak. Zamonaviy kimyoviy tadqiqotlar to‘rtta asosiy yo‘nalishda olib 
borilyapti - davriylik, moddalar tuzilishi, kimyoviy kinetika va kimyoviy termodinamika. 


Ilmiy hamma e’tirof qilgan mezon. O‘quvchilar bilan munozaralar olib borish mumkin, 
lekin ular fan asoslariga kirish kerak emas . 
Ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan mezon. Ilmiy bilimlarni keng foydalanishini ko‘rsatadi. 
Energiya saqlanish va davriy qonunlar shunga asoslanib maktab dasturiga kiritilgan. 
O‘quvchilarning yoshiga xos bo‘lgan mezoni soddalik prinsipiga asoslangan. 
Vaqtga xos bo‘lgan mezon kimyo o‘rganishga ajratilgan vaqtdir. 
Maktab sharoitlariga mos keladigan mezon. Vaqtni ko‘p oladigan qimmatbaxo 
tajribalar maktab dasturiga kiritilishi tavsiya etilmaydi. Agar biror mavzuni o‘qitishda 
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kerak bo‘lsa, unda bu ishni olib borish va keyin shu mavzuni 
dasturga kiritish kerak. 
Xalqaro standartlarga mos keladigan mezon. Maktab o‘quv dasturlari xalqaro 
namunalarga mos kelishi kerak.
Maktabda o‘qitiladigan fanning har biri uchta asosiy vazifani: 
a) O‘quvchilarga shu fan asoslari yuzasidan ta’lim berish; 
b) ta’limning mazmuni orqali bolalarga tarbiya berish; 
v) hamma vositalardan foydalanib ularning shaxsini rivojlantirish vazifalarini 
bajarish maqsadida o‘qitilishi lozimligi hayot taqozosidan kelib chiqadi. 
Maktabda kimyo o‘qitishning ta’lim vazifasi – o‘quvchilarni: kimyo fanini o‘rganishga 
kirishguncha boshqa fanlardan olgan bilimlarini va hayot tajribalariga tayangan holda eng 
muhim kimyoviy tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, kimyoviy til bilan tanishtirish, shu 
bilimlarga suyangan holda ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, xususan, o‘quvchi 
tarbiyalanayotgan viloyat va tumanlarda xalq xo‘jaligini oqilona kimyolashtirishning asosiy 
yo‘nalishlariga doir bilimlarni berish, kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslariga oid 
bilimlarning amaliy tadbiqi va O‘zbekistonda kimyoviy ishlab-chiqarishni rivojlantirish va unga 
inson omilining ta’siri haqida hayotiy tajribalar bilan mutassil tanishtirib borishdan iborat. 
Maktabda kimyo o‘qitishning tarbiyaviy vazifasi o‘quvchilarda dastlab mehnatga ongli 
ehtiyoj sezish, o‘z xalqining tarixan shakllangan an’analariga sodiq bo‘lish, insonlar qadriga 
yetish, shu orqali vatanparvar inson bo‘lib yetishish, yashab turgan muhitini e’zozlash, mahalliy 
sharoitda mavjud bo‘lgan tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish, xalq mulkini o‘z 
mulkidek saqlash, kelajakda o‘z vatani va xalqiga sadoqat bilan hizmat qilish, shuningdek 
kimyoviy bilimlar asosida ekologik e’tiqodni hosil qilish istaklarini tarbiyalashdan iborat. 
Maktabda kimyo o‘qitishning o‘quvchi shaxsini kamol toptirishdagi vazifasi dastlab, 
ularda bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi. Buning uchun 
ularda mehnat qilish, o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarda 
darsda qo‘llanilayotgan moddalar, turli xil boshqa jihozlar bilan ishlash ko‘nikmasini 
shakllantirish, ular bilan ishlashda mehnat xavfsizligini o‘rganish, ularga qat’iy amal qilish, 
tabiatda, maktab kimyo xonasida, ishlab chiqarishda va kundalik hayotda kuzatilayotgan 
hodisalarning kimyoviy mohiyatini tahlil qilish, moddalar va hodisalar o‘rtasidagi uzviy, tabiiy 
bog‘lanishlarni taqqoslash bilan aniqlash, mulohazalarini o‘zaro o‘rtoqlashish va yozib borish, 
ularni umumlashtirish yo‘li bilan tegishli mustaqil xulosalar chiqarishga doir o‘quv va 
ko‘nikmalarni tarbiyalash zarur bo‘ladi.
Kimyo o‘qitish jarayonida, qolaversa o‘quvchilarni darsliklar, qo‘llanmalar, ilmiy-
ommabop adabiyotlar, gazeta va jurnallar, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinayotgan 
kimyoviy mazmundagi ilmiy maqolalarni sinchkovlik bilan o‘qish, tinglash, mulohaza qilish, shu 
orqali kimyo fani va undagi yutuqlarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanish darajasi ortib 
borayotganligidan xabardor bo‘lishga o‘rgatish, eng muhimi, inson zakovatining uzluksiz 
taraqqiyoti, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli insonning tabiat sirlarini chuqurroq o‘rganib 
borishi hayotiy zaruriyat ekanligi, mamlakatimiz va ayrim hamdo‘stlik mamlakatlarida fan va 
texnikani rivojlantirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechish kaliti ekanligini his 
etish ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kimyo fanining asosiy uslubiy hujjati - dastur hisoblanib, unda maktabda ta’lim berish 
mazmuni va strukturasi belgilangan bo‘ladi. 


Maktab dasturi - o‘qituvchi faqat ayrim hollardagina emas, balki doimo,har bir mavzuni 
o‘rganish bo‘yicha ishchi reja tuzayotganda murojaat etishi zarur bo‘lgan xujjatdir. O‘qituvchi 
bu xujjat asosida har bir dars maqsad va vazifalarini aniqlaydi, o‘quvchilarning bilimini va 
ko‘nikmalarining sifatini analiz qiladi. Dastur talabini bajarishda o‘qituvchining tashabbusi va 
ijodiy yondoshishiga qarshilik qilinmaydi.
Masalan: o‘qituvchi har bir mavzuni o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdorini o‘zgartirish 
huquqiga ega, bundan tashqari u ba’zi masalalarning dolzarblik darajasini, o‘rganish izchilligini 
ham o‘zgartirishi mumkin.
Lekin bu o‘zgartirishlar umumiy berilgan jami soat hajmidan farq qilmasligi lozim. 
Ayniqsa, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qitish va tarbiyalashning turli usul va 
uslublarni tadbiq etishda, dasturda ko‘rsatilgan eksperimental qismini amalga oshirishda katta 
imkoniyatlar beriladi.
Ta’lim sohasidagi islohat o‘qituvchilarga, o‘quv-tarbiya jarayoniga nisbatan bo‘lgan 
munosabatlarni o‘zgartirishni taqozo etadi.
O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini tashkil etish va unga 
rahbarlik qilishdan iboratdir.
O‘qituvchi ayniqsa dasturda belgilangan har bir sinf o‘quvchilarining bilim va 
ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarga alohida e’tibor qaratishi lozim. Bu talablarga rioya etish 
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tashkillashni yengillashtiradi, 
o‘quvchilarni darsda va uy vazifalarini bajarishda ortiqcha ovoragarchilikdan saqlaydi, o‘z 
faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Dastur bilan sistemali ravishda ishlash 
o‘qituvchiga har xil faoliyat turlarini - darsga tayyorgarlik ko‘rish, tajribalar o‘tkazish, amaliy 
mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalarida samarali foydalanishga yordam beradi. O‘quv-tarbiya 
vazifalari o‘quvchilarning kimyoning asosiy tushunchalari, ilmiy dalillar, qonunlar, nazariya va 
ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishlari jarayonida hal etib boriladi.
Hozir amalda bo‘lgan o‘quv rejaga muvofiq maktabda VII, VIII va IX sinflarda 
anorganik kimyo, eski tizim bo‘yicha X va XI sinflarda organik kimyo, XI sinfda umumiy kimyo 
asoslari o‘rganiladi.
Kimyodan dasturni bilish dunyoqarash nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan g‘oyalar va 
ayrim qoidalarning, moddalar xossasining tarkibi va tuzilishiga bog‘liqligini, moddalarning 
xossalariga qarab ishlatilishini, anorganik va organik moddalarning moddiy birligini, bilish 
jarayonining tobora chuqurroq mohiyatga qarab borishini, moddalarning o‘zgarishi tabiat 
qonunlarining ta’siriga bog‘liqligini, moddalarning miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlarga 
o‘tish va ziddiyatlarning hal etilishini, ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida kimyoning rivojlanishi, 
yangi materiallar yaratishda, tabiatni muhofaza qilish, xom ashyoni tejash va xalq xo‘jaligini 
kimyolashtirishda kimyoni roli ortib borayotganligini tushunib olishga imkon beradi.
O‘quvchilarni politexnik jihatdan tayyorlash maqsadida dastur kimyoviy ishlab 
chiqarishlar va ular rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari: xom ashyoning yangi manbalarini 
o‘zlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni kam bosqichli, chiqindisiz, katta quvvatli 
apparatlarni joriy etish, avtomatlashgan boshqarish va texnika vositalaridan foydalanish bilan 
tanishtirish imkonini beradi. O‘quvchilar tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha aniq tadbirlar haqida 
ma’lumot oladilar. Moddalarning ishlab chiqarilishi va ishlatilishini o‘rganish jarayonida 
o‘quvchilar mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyotida erishilgan yutuqlar rivojlangan mamlakat 
qurishda katta samara berishini tushunib yetadilar. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash 
maqsadida kimyoviy ishlab chiqarishlarda apparatchi, operator, laborant kasblariga tavsif 
beriladi. Kimyodan dasturda o‘quv yillari bo‘yicha o‘quv mavzulari aniqlangan va ularning har 
biri uchun o‘rganilishi lozim bo‘lgan savollar, xisoblash uchun masalalar tiplari, kimyoviy 
tajribalar keltirilgan.
Dasturda o‘qitish uslubidan tavsiyalar beriladi, predmetlararo bog‘lanishlar ko‘rsatiladi, 
o‘quvchilarning bilim va o‘quvlari, hamda ularni baholash uchun talablar keltiriladi. Vaqtning 
mavzular bo‘yicha taqsimlanishi taxminiydir. O‘qituvchi sharoitga qarab, o‘rganishga ajratilgan 
vaqtga asosli o‘zgartirish kiritishi, shuningdek, ko‘riladigan masalalarning izchilligini o‘quv 


mavzusi davomida o‘zgartirishi mumkin. Shuni hisobga olib, har qaysi sinfda 2 - 4 soat rezerv 
vaqt beriladi. Kimyo sanoatiga va boshqa sanoat korxonalariga qilinadigan o‘quv sayohatlarini 
kursning tegishli mavzularini o‘rganishga ajratilgan vaqt hisobiga o‘tkazish mumkin. Biror 
obyektga ko‘pchilik predmetlar bo‘yicha kompleks sayohat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar 
davriy jadvali va davriy qonuni, atomlarning tuzilishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari
kimyoviy bog‘lanishlar to‘g‘risidagi ta’limot tashkil etadi. Shuning uchun kursni o‘rganish uch 
bosqichga bo‘linadi. O‘quvchilar dastlab davriy qonunni tushunish uchun zarur bo‘lgan 
kimyoning asosiy tushunchalarini bilib oladilar. So‘ngra D.I.Mendeleyevning kimyoviy 
elementlar davriy jadvali va davriy qonuni, atomlarning tuzilishi, kimyoviy bog‘larning elektron 
tabiati bilan tanishadilar. Shundan so‘ng ayrim guruhlardagi tipik kimyoviy elementlarni, 
ularning eng muhim birikmalarini o‘rganadilar. O‘rganilgan moddalarning ishlab chiqarishdagi 
va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan tanishadilar. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling