2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Kimyo bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

Kimyo bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar
1. Nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar. 
2. Amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar. 
3. Kimyoviy tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar. 
4. Kimyoviy tajribaning bajarilishiga bo‘lgan talablar. 
5. Hisoblash uchun berilgan masalalarni yechishga bo‘lgan talablar. 
Kimyoviy tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar 
7 – sinf o‘quvchilari uchun: Elementlarning kimyoviy belgilarini (eng kami 26 ta) 
to‘g‘ri yoza olish, nomini lotincha, ruscha, o‘zbekcha atay bilish, nisbiy atom massasi, nisbiy 
molekulyar massa, mol tushunchalarini bilish. Murakkab moddalarning formulalarini, ularning 
tarkibini tashkil qilgan elementlarning valentliklari (oksidlanish darajalari) ga asosan to‘g‘ri yoza 
olish va nomini atay bilish. Anorganik birikmalarning asosiy sinflariga mansub bo‘lgan oksidlar, 
asoslar, kislotalar, tuzlarning tarkiban farqini mukammal ajrata bilish, ularning nomlarini to‘g‘ri 
atash. Anorganik birikmalarning asosiy sinflarga orasidagi ginetik bog‘lanishni isbotlovchi 
tajribaviy massalarning sxemalarini to‘g‘ri o‘qiy bilish va batartib amalga oshirish. Reaksiya 
tenglamalarini yozish va koeffisentlarini to‘g‘ri qo‘yish. 
8 – sinf o‘quvchilari uchun: Davr, kichik davr, katta davr, toq qator, juft qator, guruh 
guruhcha, s, r, d elektronlar pog‘onasi deb ataluvchi tushunchalarni mustahkam egallash. 
Elementlarning davriy sistemasi jadvallar egallagan joyini to‘g‘ri aniqlay bilish shunga 
muvofiq, ayrim elementlar atomlaridagi elektronlarning elektron pog‘onalarida joylashish 
tartibini to‘g‘ri yoza bilish, ayrim elementlarning birikmalaridagi oksidlanish darajalarini to‘g‘ri 
aniqlash, har bir birikmada musbat va manfiy zaryadlarning soni teng bo‘lishi shartligini bilish


bu tenglik bo‘lmaganda boshqa toifadagi zarrachalar (zaryadlangan atomlar yoki atomlar guruhi) 
mavjud bo‘lishini, ular o‘z navbatida neytral atom va elektroneytral molekulalardan keskin farq 
qilishini tushunish,oksidlanish – qaytarilish reaksiyalar tenglamalarini yoza bilish va bu 
jarayondagi yelektron balansini hisoblash, oksidlanish, qaytarilish, oksidlovchi, qaytaruvchi 
tushunchalarini puxta o‘zlashtirib olish. Gazlarning zichligi, nisbiy zichligi, mol hajmi, bosim, 
harorat, normal sharoit tushunchalarini to‘g‘ri qo‘llay bilish. 
Tuzlar, ishqorlar, kislotalar formulalaridagi elementlar orasidagi kimyoviy 
bog‘lanishning tabiatini hisobga olgan holda ular molekulasining dissotsiyalanish tenglamalarini 
yozish, elektrolitlar, eritmalari orasida boradigan almashinish reaksiyalarining to‘liq va 
qisqartirilgan tenglamalarini tuza bilish, darslikda keltirilgan shakllar va tasvirlarni o‘qib to‘g‘ri 
talaffuz qilish. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling