2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

8 – sinf o‘quvchilari uchun: Kimyoviy ishlab chiqarishda mahsulotning nazariy olinishi 
mumkin bo‘lganiga nisbatan massa miqdorini aniqlash. Reaksiya uchun olingan moddalarda 
keraksiz jinslar bo‘lgan sharoitda ularning ma’lum miqdoridan olinadigan mahsulot miqdorini 
aniqlash, qotishmalar tarkibidagi oziq elementlarning miqdoriga asoslanib ma’lum maydonga 
solinadigan, ma’lum miqdor eritma tayyorlash uchun mineral o‘g‘itlar va insektisidlar miqdorini 
hisoblashlarini tuzish va ular bo‘yicha hisoblashlar olib borishda ushbu qonunni tatbiq eta bilish. 
8 – sinf o‘quvchilari uchun: D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va kimyoviy elementlar 
davriy sistemasi jadvalining mazmuni va mohiyatini mustahkam bilish. 
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi jadvalida keltirilgan har bir belgi va raqamlarning 
mohiyatini tushunib olish, dastlabki to‘rtta davrdagi atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi, 
ularning elektron bilan to‘lish tartibini mustahkam egallash va shu orqali elementlar tik qatorida 
ularning asosiy va qo‘shimcha guruhlariga bo‘linishining mohiyatini tushunib olish. 
Har bir element joylashgan davr, guruh, elementning tartib soni va nisbiy atom massasiga 
qarab unga oddiy modda sifatida, birikmalarning xossasi (uning birikmalaridagi elementlar 
o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kimyoviy bog‘lanishning tabiati,oksidlanish darajasi) haqida ta’rif 
bera bilish, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari, turli kristall panjaralar, izotoplar haqida 
bilimlarni egallab olish. 
D.I.Mendeleyevning Davriy qonuni va kimyoviy elementlarning davriy sistemasi asosida 
moddalar va kimyoviy elementlarning moddiy birligini, miqdor o‘zgarishlarning sifat 
o‘zgarishlarga o‘tishini tushuntirib yetish va ularni aniq misollarda tushuntirib bera olish, davriy 
qonun misolida nazariy bilimlarni inson to‘plagan amaliy bilimlar bilan umumlashmasa va 
o‘rganilmagan bilimlarning asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab beruvchi imkoniyatlarni 
idrok etish, davriy qonun kimyo fanining taraqqiyoti va kimyoviy ishlab chiqarishning 
rivojlanishiga qanday ta’sir qilganligini tushuntirib yetish. 
Elektrolitik dissosiyalanish nazariyasining ma’nosini bilish. «Elektrolit» va 
«Elektrolitmas» tushunchalarining ma’nosini bilish. 
Elektrolit eritmalar orasida boradigan almashinish reaksiyalarning oxirigacha borish 
shartlarini, ion almashinish reksiyalari, ularning to‘liq va qisqartirilgan ionli tenglamalarini ifoda 
etishni bilish. 
Kimyoviy elementlarning davriy sistema jadvalida tutgan o‘rniga muvofiq ularning erkin 
holdagi xossalari, birikmalaridagi boshqa elementlar bilan bog‘lanish tabiati, oksidlari va 
gidrooksidlarning asosli, amfoter yoki kislotali xossalariga ega bo‘lishini ta’riflab berish. 
Kimyoviy reaksiyalar paytida amal qiladigan qonuniyatlar, kimyoviy reaksiyaning 
tezligiga ta’sir qiluvchi omillar va reaksiya tezligini boshqarish va ularni maqsadga muvofiq 
tomonga yo‘naltirish imkoniyatlari, buni amalga oshirishda ishchilarning kasbiy mahoratlari 
darajasining katta o‘rin tutushini tushunib yetish. 
Kimyo fani va kimyoviy ishlab chiqarishning birligini aniq misollarda tushuntirib bera 
olish. Bunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini maqsadga muvofiq rivojlantirishga imkon 
beradigan xossalariga ega bo‘lgan mahsulotlarni olish kimyoviy izlanishlarining asosiy 
ma’nosini tashkil etishni tushunib yetish. 
IX sinf o‘quvchilari uchun: Anorganik va organik moddalar asosiy sinflarni orasidagi 
genetik bog‘lanishni, shu orqali moddiy dunyodagi narsalar va hodisalar orasidagi dialektik 
bog‘lanishni tushunib yetish.
Mustaqil davlatlar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorliksiz xalq xo‘jaligini rivojlantirib 
bo‘lmasligi, tabiiy boyliklaridan tejab foydalanish, atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish 
ishlari ham muhim ekanligini tushunib yetish. 



Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling