2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Pedagog o‘qituvchi ish faoliyati davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy – uslubiy
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
4.5. Pedagog o‘qituvchi ish faoliyati davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy – uslubiy,
ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yuritadigan hujjatlari. Kasb – hunar kollejlarida fanlardan nazariy darslarni o‘tishda 1. Perspektiv mavzular rejasi 2. Kundalik dars rejasi 3. Dars konspekti 4.Nazariy darslarni hisobga olib borish jurnallaridan muntazam foydalaniladi. Perspektiv mavzular rejasi o‘quv materialini to‘g‘ri taqsimlashda ayni fanni boshqa fanlar va ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘lashda, darsga kerakli o‘quv materiallari va jihozlarni tayyorlashda yordam beradi, o‘qish jarayonining samaradorligini oshirish sharoitini yaratish imkonini beradi. Perspektiv mavzular rejasining asosini mavzular bo‘yicha darslar tizimi tashkil etadi. Mazkur rejani o‘qituvchi fanning o‘quv rejasi va dasturiga asosan darslar boshlangunicha tuzadi va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: -mashg‘ulot o‘quv ishlarini bajarish uchun tashkiliy qism; -darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlashi; -fanlararo va fan ichidagi bog‘lanishlarni belgilash; -tarbiyaviy ishni perspektiv reja bilan bog‘lab olib borish; -ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘lanish; -ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar va ta’limning texnik vositalarini belgilash; -uyga topshiriq; -ma’lumotnoma va metodik adabiyotlar. Rejaning komponentlari o‘quv fani va mavzu materialining mazmuni, bilim yurtining o‘quv moddiy bazasi, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab aniqlanadi. Perspektiv mavzular rejasi metodika kengashida ko‘rib chiqiladi. Perspektiv mavzular rejasi takroran foydalanadigan hujjat bo‘lib, unga muntazam ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib boriladi. N. M. Belousova 1-jadvaldagi perspektiv mavzular rejasini tavsiya etadi (1-jadval). Rejaning bo‘limlari quyidagicha to‘ldiriladi: 1. Darsning tartib nomeri kasr sifatida – suratga darslarning mavzu bo‘yicha va maxrajga fan bo‘yicha tartib nomerlari yoziladi. Masalan, 3/20, bunda 3-mavzu bo‘yicha va 20-fan bo‘yicha tartibi. 2. Mavzu, darsning asosiy masalalari. Mavzu yozilgandan keyin, darsning asosiy savollari yoziladi, lekin dasturning hammasini yozish shart emas. 3. O‘quv ishini tashkil etish shakli. Ta’limning tashkiliy shaklini o‘quv-tarbiya maqsadlariga qarab va o‘qitish metodlari hamda o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. 4. O‘quvchilarning mustaqil ishi. Bunda ularning kitob, jadval, topshiriq, kinofilm, diafilm plakat va hokazolar bilan shug‘ullanishi ifodalanadi. 5. Kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasi bilan bog‘lanishi. Bu bo‘limni to‘ldirishda kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasidan foydalaniladi hamda bog‘lanish har bir dars uchun emas, balki bir mavzu uchun yoziladi. 6. Fanlararo va fan ichidagi bog‘lanishlar. Bu bo‘limda o‘rganilayotgan fanning umumta’limiy, umumtexnik va boshqa maxsus fanlar bilan bog‘lanishlari ko‘rsatiladi. 7. O‘qitishning texnik vositalari, ko‘rgazmali qurol va qo‘llanmalar. 8. Amaliy ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘lanishi. Bu bo‘limda o‘rganilayotgan o‘quv materialini ishlab chiqarish ta’limida bajariladigan topshiriqlar bilan bog‘lanishi ko‘rsatiladi. 9. Uyga topshiriq. Mustaqil ishlashda foydalaniladigan adabiyotlarning nomlari, nashriyotlari, chiqqan yillari, qaysi betlaridan foydalanish kerakligi ifodalanadi. Har bir o‘qituvchining qo‘lida bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan dars tahlili daftari bo‘lishi lozim. Ko‘p yillik pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, agar o‘qituvchi tahlil uchun bir necha yilga mo‘ljallangan qalin daftar yoki jurnal yurgazsa avvalgi yillardaga ayrim ma’lumotlar eskirishi natijasida o‘qituvchini chalg‘itishi mumkin. Dars kuzatuvi va uni tahlil etish ijodiy va uzluksiz takomillashib boradigan jarayon bo‘lgani uchun har o‘quv yilga mo‘ljallangan tahlil daftari alohida papkaga solinib, yig‘ib borilishi va ma’lum chorak va yillar oralig‘ida ilmiy- metodik jihatdan tahlil etilib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ilmiy-metodik hujjatlar davlat ta’lim standartlari(DTS) bilan dastur, darslik, o‘quv- metodik majmualardir. Bir soatlik dars loyihasini yangi pedagogik texnologiyalar tatbiqi asosida tayyorlagan o‘qituvchi hech qachon yutqazmaydi. Kasb faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni yengib o‘ta oladi. O‘qituvchi shunchaki yuklama bajarish bilan cheklanmaydi. Uning ijodkorlik faoliyati moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib, pedagogik mahorati takomillashib boradi. Yana bir zarur jihat, o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda qanday ko‘rsatmali materiallardan foydalanishni aniq bilish lozim. Ko‘rsatmalilik - didaktikaning oltin qoidasi deyiladi. Har doim o‘qituvchi darsdan kamida bir kun avval ko‘rsatmali materiallarni o‘tayotgan fani uchun ajratilgan kabinetga hozirlab videoproyektorda ekranga chiqarib,ko‘rsatib qo‘ygani ma’qul. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rayotgan jarayonda uyga beriladigan vazifani ham alohida hisobga olmog‘i lozim. Chunki uyga vazifa o‘quvchini (talabani) mustaqil ta’limini belgilab, o‘qituvchi tomonidan darsda o‘tilgan materialni takrorlashdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim. O‘quvchini (talabani) ijodiy izlanishga undovchi muammoli savollar, topshiriqlar va qiyosiy-tahliliy materiallardan iborat bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘qituvchining ilmiy – metodik ishlari: - fan uchun o‘quv dasturi, tematik ish rejasi, dars konspektlari, o‘z ustida ishlash daftari, ta’limning meyoriy hujjatlari, ko‘rgazmali qurollar ro‘yxati yozilgan daftar; -ko‘rgazmali qurollar jamg‘armasi, reaktivlar va asbob – uskunalar ro‘yxati va ularning mavjudlik holati; -sinflar bo‘yicha laboratoriya ishlari va amaliy ishlarning uslubiy materiallari; -o‘qituvchining dars tahlili daftari; -o‘qituvchining kimyo fani bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish daftari; -kimyodan tayyorlagan test varianlari savoli, kimyodan o‘tkazilgan sinfdan tashqari ishlarning rasmiy hujjatlari; -kimyodan to‘garak burchagi, jurnali, ish rejalari; -choraklik, yarim yillik, yillik, yozma ishlar, o‘tkazilgan olimpiada natijalari; -qoloq o‘kuvchilar bilan ishlash daftari; -sinf rahbarining sinf majlis rejasi, tarbiyaviy soat va tarbiyaviy ish rejasi, sinf majlis va ota – onalar majlisi qarori, sinf papkasi, o‘quvchilar bilan suhbat daftari va hakozalar. Download 220.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling