2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
III bosqichda D. I. Mendeleyevning davriy jadvalining guruhlar bo‘yicha eng tipik
elementlar o‘qitiladi. IV bosqichda A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida organik moddalar ko‘rib chiqiladi. “Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalar” mavzusi VII sinfning nazariy bazasidir. Aynan shu mavzuda atom-molekulyar ta’limot o‘rganiladi. Keyingi mavzu “Kislorod. Oksidlar. Yonish” o‘quvchilarga tabiatshunoslikdan tanish bo‘lib, bu mavzu davriy qonunni tushunishga zarur. Bu mavzuda atom-molekulyar ta’limotning mavqei aniqlashadi, oksidlar haqida tushuncha kiritiladi, birikish va parchalaniladi. Bundan tashqari o‘quvchilar aniq element va oddiy modda haqidagi sistematik bilimlarini atom-molekulyar darajasida bilib oladilar va aniq reja bo‘yicha oddiy moddani tavsiflashga o‘rganadilar. Elementlarning vodorod birikmalari to‘g‘risida tasavvurni o‘quvchilarga “Vodorod. Kislotalar. Tuzlar” mavzusi beradi. Oksidlanish jarayoniga qarshi bo‘lgan qaytarilish jarayoni to‘g‘risida, almashinish reaksiya haqida tushunchalar shakllanib, o‘rin olishi reaksiya tushunchasi mustahkamlanadi. Ikki mavzuning mantiqiy davomi bo‘lgan “Suv. Eritmalar. Asoslar” mavzusida suv murakkab modda ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Eritmalar bo‘limida esa suv erituvchi sifatida ishlatilishi hamda asoslar tushunchasi beriladi. “Anorganik moddalarning asosiy sinflari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish” mavzusi genetik bog‘lanish nuqtai nazaridan juda muhim va alohida o‘rin tutadi. Yuqorida ko‘rsatilgan mavzular davriy qonunni ongli ravishda tushunish uchun kerak. Kimyoning asosiy kursi “D. M. Mendeleyevning davriy qonuniy va elementlarning davriy jadvali” mavzui bilan boshlanadi. Bu mavzuda atomning tuzilishi ham ko‘rib chiqiladi. Keyingi “Kimyoviy bog‘ va modda tuzilishi” mavzusi nafaqat VIII sinf, balki butun anorganik kimyoning asosidir. Bu mavzularga asosiy ahamiyat berilib, ketidan faqat dalilik materiallar o‘rganiladi: “Galogenlar”, “Kislorod gruppachasi”. Ushbu mavzularni o‘quvchilar deduktiv o‘rganadilar, chunki ular katta va jiddiy bazaga egadirlar. Dalilik mavzularni o‘qitishdan maqsad - D. M. Mendeleyevning davriy qonunni mumkin qadar to‘la, chuqur va aniq bilishdir. Shuningdek, davriy jadval o‘rta maktabda kimyoni o‘qitishda ham maqsad, ham vositasidir. Download 220.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling