2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
VIII sinf kimyo kursi “Kimyoviy reaksiyalarning asosiy qonuniyatlari. Sulfat kislotaning
ishlab chiqarishi” mavzusi bilan tugallanadi. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar kimyoviy kinetika va termodinamikalarning ayrim nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kimyoviy reaksiya haqidagi tushuncha ham ancha boyitiladi. IX sinfda o‘quvchilar uchun yangi elektrolitik dissotsilanish nazariyasi tushunchasi kiritilib, qolgan mavzular davriy qonun va elementlar davriy jadvali hamda elektrolitik dissotsilanish nazariyalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi: “Azot gruppachasi”, “Uglerod gruppachasi”, “Metallarning umumiy xossalari”, “Bosh va yonaki gruppachalar metallari”, “Metallurgiya”. “Metallurgiya” mavzui o‘quvchilarga politexnik ta’lim berishi va kimyoviy ishlab chiqarish tushunchasini kengaytirish uchun alohida o‘rin tutgan. IX sinf kimyo kursini o‘quvchilar “Anorganik kimyo” va “Organik kimyo” kursi bo‘yicha olgan bilimlarni umumlashtirish mavzusi bilan tugatishadi. Organik kimyo kursida organik moddalarning uchta katta guruhi o‘rganiladi: uglevodorodlar, kislorodtutgan va azottutgan organik moddalar. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi mavzusida A.M.Butlerov nazariyasining asosiy holatlari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarda izomerlar haqida tushunchaning shakllanishi aynan shu mavzuda boshlanadi. To‘yingan uglevodorodlar mavzusida organik moddalarning oddiylari o‘rganilib, ularning misolida eng muhim bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarda shakllanib boradi: gibridlanish, fazoviy va elektron tuzilish, o‘rin olish reaksiyalarning erkin radikalli mexanizmi, gomologlar. O‘quvchilar organik kimyoda alohida o‘rin tutgan sistematik nomenklatura bilan shu mavzuda tanishadilar. Kovalent bog‘lanish tushunchasiga To‘yinmagan uglevodorodlar mavzusida aniqlik kiritiladi. Birinchi bor σ - va π -bog‘ tushunchalari kiritiladi, gomolog, izomer, gibridlanish tushunchalari rivojlanib boradi. Bu mavzuda etilen, diyen, atsetilen qatoridagi uglevodorodlar o‘rganiladi. Uglevodorodlarni o‘rganish- organik kimyo kursining keyingi mavzularni o‘qitishda asos bo‘ladi. Kislorodtutgan organik birikmalar to‘rtta mavzu bilan ko‘rsatilgan: Spirtlar va fenollar, Aldegidlar va karbon kislotalar, Murakkab efirlar. Yog‘lar. Uglevodlar. IX sinfda organik kimyoning davomi bo‘lgan "Azot tutgan organik birikmalar" biologiya kursi bilan fanlararo bog‘lanib o‘qitiladi. Organik birikmalarning bu bo‘limida "Aminlar. Aminokislotalar. Azot tuggan geterosiklik birikmalar" va "Oqsillar. Nuklein kislotalar" mavzulari o‘tiladi. IX sinf o‘quvchilari uchun "Umumiy kimyo asoslari" kursining o‘qitish maqsadi - ularning anorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirishdir. Download 220.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling