2.4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan
sayohatlarning taxminiy joylari.
7- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar.
O‘lkashunoslik muzeylari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi kimyo
laboratoriyalari. dorixona, xo‘jalik mollari magazini, suv tozalash inshootlari, foydali qazilmalar
qazib olinadigan konlar va o‘qituvchi lozim topgan boshqa joylar.
8- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar.
Oltingugurt, ko‘mir va boshqa foydali tabiiy qazilmalar olinadigan joylar, sanoat
miqyosida kislorod, oltingugurt, azot olinadigan korxonalar, sulfat kislota, mineral o‘g‘itlar
ishlab chiqaradigan zavodlar, mineral o‘g‘itlar omborlari, mahalliy o‘g‘it va ularning mineral
o‘g‘itlar bilan aralashmasini tayyorlash joylari, xo‘jalik mollari magazini, dorixonalar.
9- SINF Sayohat o‘tkazish mumkin bo‘lgan taxminiy joylar.
Uglerod (II)-oksid va karbonat kislota hamda eng muhim karbonatlar olinadigan, shisha
va sement ishlab chiqariladigan, beton va temir-beton keramik plita, quruq yoqilg‘i, rezina
naylar ishlab chiqariladigan, soda ishlab chiqarish, cho‘yan va po‘lat qotishmalari ishlab
chiqariladigan korxonalarga, cho‘yan va po‘lat qotishmalaridan tayyor detallar ishlab
chiqariladigan ustaxonalar, neftni haydash va krekinglash, sun’iy va sintetik tolalar, sun’iy
charm, plastmassalar ishlab chiqaradigan zavodlar va h.k.
O‘quv sayohatlari.
Sayohatlar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog‘laydi:
o‘quvchilarga moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish jarayonlarini
ajratilgan holda emas, balki o‘zaro bog‘liq holda ko‘rsatadi.
O‘qituvchi o‘quv sayohatini har qaysi sinfda maktabdan uzoq bo‘lmagan atigi 1-2
oboyektda o‘tkazadi. Bu zavod, fabrika, jamoa xo‘jaligi va kichikroq laboratoriya ham bo‘lishi
mumkin.
"Kompleks" sayohatlar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan birgalikda
o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |