2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
6 - daraja. «Kimyoviy reaksiya» tushunchasining keyingi rivojlanishi organik kimyoda
amalga oshiriladi. Bunda kimyoviy reaksiyalarning sinflanishi bo‘yicha tushunchalar to‘ldiriladi, kengaytiriladi va yangi reaksiya tipi izomeriyalanish reaksiyasi kiritiladi. O‘rin olish reaksiyalari alkanlarni galogenlanishi anorganik kimyodagi kabi yangi oddiy va yangi murakkab modda hosil bo‘lishi bilan emas, balki yangi ikkita murakkab modda hosil bo‘lishi bilan borishi, oksidlanish reaksiyasi (yonish) - parchalanish tarzida borishi tushuntirilib boriladi. Birikish reaksiyasi organik kimyoda butun bir tushunchalar tizimini o‘z ichiga oladi: gidrogenlanish, gidratlanish, polimerlanish, fotosintez va boshqalar. Ajralish reaksiyasi o‘ziga: kreking, riforming, degidrogenlanish kabi tushunchalar tizimini mujassamlashtirgan. Reaksiyaning borish mexanizmi bo‘yicha ham yangi tushunchalar: erkin radikallar mexanizmi bo‘yicha o‘rin olish va polimerlanish reaksiyalari, ionli mexanizm bo‘yicha birikish reaksiyalari o‘rganiladi. 7 - daraja. XI sinfda kimyoviy reaksiyalar mavzusida kimyoviy reaksiyalar to‘g‘risidagi tushunchalar tizimi anorganik va organik kimyo bo‘yicha umumlashtiriladi. O‘quvchilardagi kimyoviy reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning miqdorlari, reaksiya mexanizmini, borish sharoitlari bo‘yicha tavsiflashga oid bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Ta’lim islohatiga muvofiq, maktabda ta’limning politexnik yo‘nalishga bo‘lgan talabni orttirish, kimyoviy ishlab chiqarish masalalarini o‘rganishga alohida e’tibor bilan qarash zarur. Kimyoviy ishlab chiqarishni o‘rganishdan maqsad-o‘quvchilarga fan yutuqlarini amalda qanday qo‘llanilishi, kimyo fanining taraqqiyotidagi va sanoatdagi harakatlanuvchi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat. Kimyoviy ishlab chiqarish materiallarini o‘rganishda kimyoni boshqa predmetlar bilan ichki va tashqi aloqalarini yoritib berish oson kechadi. Fizika bilan apparatlarni o‘rganishda, biologiya bilan qishloq xo‘jaligini kimyolashtirilishida, matematika bilan texnologik rejim tanlashda va boshqalar. Bunda kimyoning sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi, kishilar ehtyojini qondirishdagi ko‘pgina ko‘rgazmaliklaridan foydalanish mumkin. Kimyoviy ishlab chiqarishlar haqidagi aniq tushunchalarni bir butun tizim sifatida shakllantirib borilishida, sabab-oqibat aloqalarini buzmaslik muhimdir. Masalan: texnologik rejim uni qulaylashtirishda foydalaniladigan kimyoviy reaksiyalardan avval, apparatlar konstruksiyasi texnologik rejim va texnika xavfsizligi talablari avval o‘rganilmasligi kerak. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan har bir tushunchalar tizimi, 8 sinfdan boshlab, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganishda rivojlantirilib, mustahkamlab boriladi. Shu nuqtai nazardan moddaga - xom ashyo va sanoat mahsuloti sifatida, kimyoviy reaksiyalarga texnologik jarayonlar sifatida, yangicha qarash yuzaga keladi. Ularning qonuniyatlari texnologik rejimni va apparatlar konstruksiyasini ishlab chiqarish uchun asos sifatida o‘rganiladi. Tushunchalar tizimida: ishlab chiqarishni qulaylashtirish, ishlab chiqarish energetikasi, xom ashyo va undan foydalanish muammolari, texnika xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi, ishchi kasblari haqidagi tamoman yangi tushunchalar paydo bo‘ladi. Bu tushunchalarni kimyoviy ishab chiqarish materiallarini o‘rganishda yaxshiroq shakllantirish mumkin. Masalan: har qanday ishlab chiqarish uchun xom ashyo muammosini hal qilishda jamiyatning talabidan kelib chiqib, ilmiy yondoshgan holda yagona an’anaga rioya qilinadi, ya’ni xom ashyodan iloji boricha to‘laroq ishlab chiqarish chiqindisi boshqa ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiluvchi, chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkillash, mahsulot sifatini va hajmini orttirish uchun xom ashyoni boyitish, oziq-ovqat xom-ashyosini nooziq ovqat xom ashyosi bilan almashtirish va hokazo. Xom ashyo muammolari to‘g‘risidagi tushunchalar ishlab chiqarishning boshqa tushunchalari kabi ma’lum davomiylikda, bir-birini boyitgan holda o‘rgatilib boriladi. Ishlab chiqarish haqidagi tushunchalar shunday rivojlantiriladi. Ishlab chiqarish mahsulotlari va ularning xossalari odatda nisbatan ularni ishlab chiqarishni o‘rganishdan avvalroq ko‘rib chiqiladi. Avval olingan bilimlar bunda manba hisoblanadi. Ishlab chiqarishning nazariy asoslarini o‘rganish kimyoviy reaksiyalar va ularning qonuniyatlari to‘g‘risidagi bilimlar ham shunday ahamiyatga ega. Kimyoviy reaksiyalarning o‘ziga xosligi ishlab chiqarishning texnologik rejimini belgilab beradi. Maktabda bu termin qo‘llanilmasada, biroq ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganishda, u noaniq shaklda gavdalanadi: jarayonlarning tezligiga ta’sir etuvchi omillarning o‘ziga xosligida, mahsulot unumi va sifatida, jarayon rejimiga ta’sir etuvchi turli omillarda (bosim, harorat, moddalar konsentrsiyasi, katalizator va b). Sanalgan omillardan jarayon uchun eng qulay sharoitni yaratish zaruriy mahsulotni yuqori sifat bilan maksimal miqdorda ishlab chiqarishga olib keladi. «Kimyoviy reaksiya» va «kimyoviy jarayon» terminlarining farqiga to‘xtalish zarur. Keyingi tushuncha avvalgisidan kengroqdir. Kimyoviy jarayon deganda - reaksiya uchun olingan dastlabki reagentlarni reaksiya zonasiga olib kirish va reaksiya mahsulotlarini reaksiya zonasidan olib chiqish tushuniladi. Kimyoviy reaksiya deganda uni qulay sharoitlarda o‘tkazish tushuniladi. Shu yerda jarayonning energetik muammolari: energiya manbalari, ortiqcha energiyani ushlab qolish, uni iqtisod qilish va boshqalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish texnologiyasining muhim elementi - jarayonlar boradigan apparatlar hisoblanadi. Ko‘pgina ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan va umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan ba’zi apparatlarni bir tomonlama o‘rganiladi. Bu o‘quvchilarda politexnik bilimlarni shakllantirsh uchun berilgan ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash va umumlashtirish imkonini beradi. Boshqa tomondan apparatlar haqidagi ma’lumotlarni fanlararo bog‘lanishidan kelib chiqib, to‘g‘ri tanlay olish lozim. Masalan: sulfat kislota ishlab chiqarishda oltingugurt (4) oksidni katalizator ishtirokida oksidlab, oltinguturt (6) oksidga aylantirishda, ko‘pgina ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan kontakt apparatidan foydalaniladi. Katalizatorlar zaharlanmasligi uchun gazlar fizikaviy jarayonlarda qo‘llaniladigan, ishlash prinsipi o‘xshash bo‘lgan elektrofiltrdan o‘tkazilib, zaharlardan tozalanadi. Apparatlarning materiallarini va konstruksiyalarini o‘rganishda sanoat rivojlanishining an’anaviy asoslarini: ishlab chiqarishning unumdorligi va apparat quvvatini oshirish, mehnatni mexanizasiyalashtirish, zararli jarayonlar boradigan sexlarda kishilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va uzoqdan turib boshqarishni yo‘lga qo‘yish, davriy jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Texnika xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi haqidagi tushunchalarni shakllantirish o‘quvchilarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Inson va atrof-muhitni, tabiatni asrash, ularga nisbatan g‘amxo‘rlik, mehnat sharoitlarini yaxshilash haqida barcha korxonalarni hujjatlarida belgilanganligi aytib o‘tiladi. Texnika xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi haqida o‘qituvchi gapirganda, u ishchilarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aniq tadbirlarni: apparatlarning mustahkamligini (germetikligi), sexlarni yaxshi shamollatish sharoitlarini, mexanik shikastlanishdan saqlanish xavfsizligi ta’minlanganligi, yong‘in va kuyishdan, zaharlanishdan saqlanish vositalari bilan ta’minlanganligi, doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish, sanatoriya va profilaktoriyalarda dam olishning tashkillanganligini aytib berishi lozim. Bundan tashqari, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqarishni tozalash inshoatlari bilan jihozlanganligi, keng xuquqga ega bo‘lgan doimiy maxsus sanitariya nazoratining o‘rnatilishi va boshqalar bilan ta’minlanganligi ta’kidlanadi. Bularning barchasi tabiatni asrashga doir ta’limning keng doirasini tashkillaydi. Asosiy diqqat chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkillash orqali atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratiladi. Maktab kimyo kursida o‘rganish uchun qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish (mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish), metallurgiya (cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish), neft kimyosi (neftni va uning mahsulotlarini qayta ishlash), anorganik sintez (sulfat kislota va ammiak ishlab chiqarish), organik sintez (spirtlar, yuqori molekulyar birikmalar, sintetik yuvish vositalari) sohasidagi muhim yo‘nalishlar olingan. Download 220.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling