9 – sinf o‘quvchilari uchun. Tuzlar, ishqorlar, kislotalar formulalaridagi elementlar
orasidagi kimyoviy bog‘lanishning tabiatini hisobga olgan holda ular molekulasining
dissotsiyalanish tenglamalarini yozish, elektrolitlar, eritmalari orasida boradigan almashinish,
reaksiyalarining to‘liq va qisqartirilgan tenglamalarini tuza bilish, darslikda keltirilgan shakllar
va tasvirlarni o‘qib to‘g‘ri talaffuz qilish,har bir atamaning ma’nosini bilish.
Amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talablar
7 – sinf o‘quvchilari uchun: O‘rganilgan oddiy va murakkab moddalar (kislorod,
vodorod, suv, oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar) ning tarkibini, xossalari, tabiatda tarqalishi va
ishlatilishini bilish.
O‘rganilgan moddalarning tarkibi va xossalarini taqqoslashni, kuzatilgan tajribalar
natijalarini mustaqil tahlil qilishni yozib borishga odatlanish.
O‘rganilgan nazariya va qonunlar asosida kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari
orasidagi ginetik bog‘lanishga oid bilimlar asosida ularni biridan ikkinchisini hosil qilishning
imkoni bor usullarini bilish har bir kimyoviy reaksiyaning amaliy ahamiyatini, uning kechish
sharoitlarini va boshqarish imkoniyatlarini dastur hajmida bilish.
8 – sinf o‘quvchilari uchun: Oltingugurt, oltingugurtning vodorodli va metallar bilan
birikmalari, oltingugurt oksidlari, sulfat kislota va uning tuzlarining, azot, ammiak, nitrat kislota
va nitratlarning eng muhim xossalari va ishlatilishini, eng muhim mineral o‘g‘itlar, sulfat kislota,
ammiak ishlab chiqarish asosida yotadigan kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari va
ularning amaliy tadbiqini bilish.
O‘rganilgan nazariy qonunlar asosida moddalarning tuzilishi, xossalari va ishlatilishi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni, moddalarning tarkibi va tuzilishiga asoslanib ularning
xossalari haqida deduktiv xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirishni bilish o‘quvchilarni
egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |